Islom diniga doir manba va adabiyotlar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83
3-мавзу маърузаси

122
MANBAShUNOSLIK
“Kitab bayon vahm ul-mo‘tazila” (“Mu’tazila g‘avg‘olari va un-
dan qo‘rqmaslik haqidagi kitob bayoni”), “Kitab Ta’vilot al-
qur’on” (“Qur’on ta’vili kitobi”).
Hoji Xalifaning (1609–1659) “Kashf az-zunun an-asomil 
kutub va-l-funun” (“Kitob va fanlar nomlari haqidagi shub-
halarni bartaraf etish kitobi”) kitobida e’tirof etilishicha, Abu 
Mansur al-Moturidiyning “Ma’axiz ash-shari’a” (“Shariat 
asoslari sarasi”), “Kitab al-jadal” (“Dialektika haqida kitob”) 
kabi asarlari ham bo‘lgan. Bulardan tashqari al-Moturidiy-
ning “Kitab al-usul” (“Diniy-ta’limot usuli kitobi”) asari ham 
ma’lum.
Abu Mansur al-Moturidiyning ko‘p asarlari bizgacha yetib 
kelmagan, yetib kelganlari ham asosan xorijiy mamlakatlar ku-
tubxona va qo‘lyozma fondlarida saqlanadi.
Al-Moturidiyning islom olamida juda nozik hisoblangan 
“Kitab Tavhid” asari bizning davrimizga yetib kelgan va u 
1970-yilda Fathulloh Xulif tomonidan Bayrutda nashr etilgan.
Al-Moturidiyning yana bir asari “Ta’vilot ahl as-sunna” yoki 
“Ta’vilot al-Qur’on” deb nomlanadi. Al-Moturidiy bu asarida 
sunniy aqidadagi (ta’vilda) zid qarashlarni rad qilishga hara-
kat qiladi va Abu Hanifaning qarashlariga suyangan holda ish 
ko‘radi.
Bu asar qo‘lyozmasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar aka-
demiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik 
instituti fondida saqlanadi. “Ta’vilot”ning birinchi jildi Qohi-
rada 1971-yilda Ibrohim Avadayn va as-Sayd Avadaynlar to-
monidan nashr etilgan.
Al-Moturidiyning shu asari tarix jarayonida ko‘p allomalar 
asarlariga asos solgan, ular ijodiga turtki bo‘lgan. Shulardan 
biri Alovuddin Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad as-Samar-
qandiyning sharhidir. Asar “Sharh ta’vilot ahli as-sunna” deb 
nomlanib, yuqorida zikr etilgan institut fondida bu asarning 
ikkita nusxasi saqlanadi.



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə