Islom diniga doir manba va adabiyotlar


SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83
3-мавзу маърузаси

135
SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI
Kitobat san’atidagi keyingi rivojlanish davri Eronda xu-
laguylar (halokuiy) davri, 1295-yilda G‘ozonxonning (1295–
1304) islom dinini qabul qilishidan keyingi davrga taqaladi. 
Bu davrda yaratilgan qo‘lyozmalar mamluklarning madaniy 
markazlari Qohira va Damashqqa xos qo‘lyozmalar bilan 
raqobatlasha olgan. Mo‘g‘ullar bosqini davrida siyosiy, ijti-
moiy-iqtisodiy va madaniy hayotning barcha sohalariga yet-
kazilgan ulkan talafot bir tomondan hunarmandlarning turli 
mintaqalarga qochishiga, san’atning kengroq hududlarga tar-
qalishiga olib kelgan bo‘lsa, boshqa tomondan Mo‘g‘ul imperi-
yasining boshqa bir chekkasidagi Xitoy san’ati bilan to‘g‘ridan 
to‘g‘ri yaqin aloqalar kuchayishini ta’minlaydi. G‘ozonxon 
hamda Uljoytuxon (1304–1316) hukmronligi davrida xula-
guylar davlati vaziri – tabib, ilohiyotchi va tarixchi Rashi-
diddin (vafoti 1318-y.) Xitoy fani, yozuvi, tarixshunosligi va 
tasviriy san’atidan juda hayratga tushadi. Bu vaqtgacha islom 
olamida asosan grek faylasu
fl
arining astronomiya, botanika 
va tibbiyotga oid ilmiy asarlarida tasvirlar aks ettirilgan. 
Rashididdinning vazirlik davrida Mo‘g‘ullar davlati markaz-
larida tasvirlarga boy tarixiy kitoblarga talabning ortishi
matnga tarixiy voqealar tasvirlarini ilova qilishga qiziqish-
ning kuchayishi kuzatiladi. Yirik hajmdagi dostonlar Xitoy 
tasviriy san’atiga xos suratlar bilan uyg‘unlashtirilgan, ham 
yuqoridan, ham yon tomondan aniq aks ettirilgan dramatik 
tasvirlar bilan boyitilgan.
Xulaguylar davlati qulagandan so‘ng (1335) jaloyiriylardan 
(1340–1410) Sulton Shayx Uvaysxon (1356–1375) va G‘iyosiddin 
Sulton Ahmadxon (1382–1386) davrida Tabriz va Bag‘dod sha-
harlarida kitobat san’ati rivojiga e’tibor beriladi.
Amir Temur va temuriylar davrida kitobat san’ati-

Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə