Islom diniga doir manba va adabiyotlar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   83
3-мавзу маърузаси

138
mANBAShUNOSLIK
bilan Boysunqur mirzoga ustalar faoliyati bo‘yicha axborot 
berib turgan. Ulardan birining sanasi 830/1427-yil bo‘lib, Tur-
kiyadagi To‘pqopi saroyida saqlanadi va kutubxonada faoliyat 
yuritgan kitobat san’ati ustalaridan 25 tasining nomi keltiriladi.
Hirot kutubxonasida 1429–1431-yillar mobaynida badiiy ji-
hatdan yuksak darajada bajarilgan ko‘plab qo‘lyozmalar yara-
tilgan bo‘lib, Boysunqur mirzo vafotidan so‘ng kutubxona katta 
o‘g‘li Alouddavla ixtiyoriga o‘tadi. 1447-yil Shohrux vafot et-
gach, Mirzo Ulug‘bek ustalarning bir qismini Hirotga xos ijodiy 
uslublarni davom ettirish uchun Samarqandga olib keladi. Bi-
roq 1449-yilda Mirzo Ulug‘bek o‘limidan so‘ng ustaxona ishi 
barham topadi.
Hirotdagi temuriylar kitobat san’ati Sulton Husayn Boyqa-
ro va uning vaziri Alisher Navoiy (1441–1501) yashagan davr-
da yanada yuksak rivoj topdi. Xuroson, ayniqsa, Hirot olim-
lar, betakror ijodkorlar bilan gavjum bo‘lgan va har bir kishi 
muayyan hunarmandchilik bilan shug‘ullangan. Dastlab Mav-
lono Fasihiddin sohibdor Husayn Boyqaro kutubxonasi 
ning 
boshqaruvchisi bo‘lgan. Mavlono Hoji Muhammad naqqosh 
(vafoti 1507- y.) avval Husayn Boyqaro, so‘ng 1499-yilgacha 
Alisher Navoiy kutubxonasida boshqaruvchilik qilgan, un-
dan so‘ng Alisher Navoiyning kutubxonasini Xondamir (vafoti 
taxm. 942/1535–1536-y.) boshqargan. Mavlono Hoji Muham-
mad 1498-yil Hirotni tark etib, Balxda Badiuzzamon kutub-
xonasiga rahbarlik qilgan. O‘rta asrlarning buyuk san’atkori, 
miniatyura san’atining vakili Kamoliddin Behzod (1456–1537) 
dastlab 1500-yili Husayn Bayqaro saroyidagi kutubxonaga
keyinchalik, Hirotdan Tabrizga ketgach, shoh Ismoil I (1502–
1524) kutubxonasini boshqargan.
Saroy kutubxonalaridan tashqari, so‘
fi
ylar xonaqohini ham 
kitoblar yaratiladigan muassasa sifatida keltirish mumkin. 
Muhammad Porso nomi bilan mashhur so‘
fi
y Muhammad ibn 
Muhammad ibn Mahmud al-Ho
fi
z al-Buxoriy (1345–1420) XV 



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə