Ызбек диалектологияси


Tovushlarning orttirilishi



Yüklə 441,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/75
tarix26.04.2023
ölçüsü441,53 Kb.
#107062
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75
ozbek dialektologiyasi

Tovushlarning orttirilishi
So’z boshida tovush orttiriladi (proteza): oromal, istekon, oroza;
So’z o’rtasida tovush orttiriladi. Bu hodisa epinteza deyiladi: aql-aqil, shifr-shipir,
novmert-nomard, duvchar-duchor, doim-doyimo.
Epinteza
. So’z oxirida undosh yoki unli orttiriladi: disk-diska, serpey-sarpo, otpusk-
otpuska, quday-quda kabi.
Tovushlarning ma’no almashishi(meteteza).
So’z tarkibida yonma-yon kelgan undosh tovushlarning o’rin almashishi metateza
deyiladi. Masalan, duyno-dunyo, aynalma-aylanma, surpa-supra, turpoe-tuproq,
dunele-dolene, qumusqa-qumursqa kabi.
Sandxi holatida tovushlarning o’zgarishi.
Maxsus pauza bilan talaffuz etilmaydigan ikki so’zning tutashgan joyida vujudga
keladigan fonetik hodisalardir: mag’am berme- magam berma, nomo’nen,bereken
kabi.
So’z boshida tushsa prokopa. So’z o’rtasida tushsa sinkopa: shker, xna.
So’z oxirida tushsa(apakopa): jup, tur.
Singarmonizm unlilarning garmoniyasi (uyg’unlashishi)dir. Bu hodisa 2 xil
ko’rinishda bo’ladi:
1)lingval garmoniya (unlilarning qattiq va yumshoqligiga ko’ra garmoniyasi,
ohangdoshligi);
2)labial garmoniya (unlilarning lablanishva lablanmasligiga ko’ra garmoniyasi,
ohangdoshligi.


51
Unlilarning lingval garmoniyasi o’zbek shevalarida turli ko’rinishga egadir.
Singarmonizmli y-lovchi va j-lovchi shevalarda lingval singarmonizm qonuni
izchillik bilan saqlangan. Bu qonunning mohiyati shundaki, bir so’z sostavidagi
barcha unlilar (qisman undoshlar ham) bir xil: oldingi qator yoki orqa qator bo’lishi
shart, ya’ni ba’zi so’zlarda faqat oldingi qator unlilargina (i,u,e.e,e,o) ishtirok qiladi.
Bunday so’zlarda til orqa undoshlardan faqat sayoz til orqa (k, g) tovushlarigina
kelishi mumkin.
Aksincha, boshqa so’zlarda faqat til orqa unlilari (o’, u,o,a,e), til orqa
undoshlaridan esa chuqur til orqa undoshlargina (q,g’,h) ishtirok etishi mumkin.
So’z o’zak – negizlarining bu ikki xil kategoriyasi bo’linishiga ko’ra, ularga
qo’shiladigan affikslar ham o’sha so’z sostavidagi tovushlarga moslashadi va ular
ham ikki qatorga (oldingi va orqa qator) bo’linadi. Misollar: a)oldingi qator
tovushlarga ega bo’lgan so’zlar (o’zak-negiz va affikslar): yigitler, tezrek, esh:egimdi
< eshshegimdi, jl.djeshirgen,yl. Erkekler, eskerlerge, jl.ektingnermi? yl. este:gine,
jl.uchev, djiberish kerek, kelesi…
B)orqa qator tovushlarga ega bo’lgan so’zlar (o’zak-negiz va affikslar): qavo’ndo’,
dlaga, qo’ldo’lar, jl.sholardo’ng aldo’ga, qoyumdo’,alganlar-algannar, avcho’lar…
Singarmonizmli shevalarda singarmonizm qonunidan chetga chiqish tubandagi
o’rinlarda uchraydi:
1)talaffuzi buzilgan so’zlarda: chaynek-cheynek-choynek-cheynъk, kembeg’al…
J-lovchi shevalarda kishilik olmoshi sen so’zi jo’nalish kelishigi qo’shimchasini
olganda, singarmonizm qonuniga bo’ysunmaydi: sen-segan-sagan;
B) ba’zi yuklamalar, ko’makchi fe’llar va affikslar singormonistik juftlarga ega, shu
sababli ularning yoki old qator, yoki orqa qator variantlari qo’llaniladi, masalan:
A)-go yuklamasi: jl.bizga barado’ diydi-go, b’lmadi-go, oldi-go.
B) -de –de yuklamasi:keldi-de,
V) eken, emes ko’makchi fe’llari: barekenyog’eken, turganeken< turgon-eken, apketeeken < alo’p ketken-eken, djaman emes<
djaman emes< yamaneme.
G)-g’ay (qolmoq fe’lidan affikslashgan): qereg’ayso’n< qere galso’n, ketegaysam<
kete qalsam.
d)-to’gan -dugon affikslari:jl. keleto’gan, oleto’gan, bereto’gan, keteto’gan
Qorabuloq. Keledugon, beredugon, aladugon, qo’ladugon.
So’z o’zaklaridagi unli tovushlarning undosh tovushlar bilan kombinatsiyasi
natijasida o’zgarishi ham singarmonizm qonunining buzilishiga sabab bo’ladi.
Misollar: djay-djey, ayt-eyt.
Ba’zi y-lovchi shevalarda, masalan, Andijon shevasida va qurama shevalarining
ayrim gruppalarida, lingval-singarmonizm qonunining qisqarib borishi, ya’ni yuqori
ko’tarilish kontrast juft unlilarning birlashish hollari uchraydi. Boshqacha qilib
aytganda, bu shevalarda (i) va (o’) tovushlari Toshkent-Farg’ona tipidpgi y-lovchi
shevalar, shuningdek, o’zbek adabiy tilidagi kabi birgina indifferent (ъ) fonemasiga
aylangan.
Andijon shevasi vokalizmidagi konvergentsiya protsessii yuqori ko’tarilishdagi
unlilarga, ya’ni faqat bir fonema (i va o’ o’rniga ‘ fonemasi) gagina xosdir. Bu unli
tovushlarning singormonistik jufti qisqarib borayotganini ko’rsatadi.


52
Bu fonetik hodisa (ya’ni singarmonizm) o’zbek adabiy tiliga asos bo’lgan yetakchi
o’zbek shevalarida asosan uchramaydi. Shuning uchun bu shevalar singarmonizmsiz
shevalar sanaladi, chunki ularda unlilarning singormonistik almashishi va so’z o’zak-
negizlarrining printsipial ravishda old va orqa qatorga bo’linishi yo’q.
Singarmonizm y-lovchi shevalarning a-lovchi gruppalari va j-lovchi shevalar lingval
singarmonizm qonuning uchrashiga ko’ra alohida o’rin tutadi. Bu shevalarda
o’zakdagi unli tovush doimiy ravishda affiksdagi unli tovushga ozmi ko’pmi ta’sir
ko’rsatadi unli tovush lab garmoniyasi o’zbek shevalarida so’zlarning ikkinchi va
undan keyingi bo’g’inlarda yuz beradi.
1) birinchi bo’g’inda: orun, -ottuz, oyun, kunduz, djulduz, tong’uz,
2)uchinchi bo’g’inda: kuchugungni, djuzugum.

Yüklə 441,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə