Ызбек диалектологияси


Fonetik hodisalar: Singarmonizm. Assimilyatsiya, dissimilyatsiya, metateza va



Yüklə 441,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/75
tarix26.04.2023
ölçüsü441,53 Kb.
#107062
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75
ozbek dialektologiyasi

Fonetik hodisalar: Singarmonizm. Assimilyatsiya, dissimilyatsiya, metateza va
boshqalar haqida ma’lumot.
O’qituvchining maqsadi:
Shevalardagi fonetik hodisalar va ularning tiplari.
Singarmonizm qonuniyati, uning turkiy tillararo urchishi va zaiflasha borishi
sabablari; singarmonizmning boshqa til oilalarida uchramasligi; singarmonizmning
tarixan qo’llanishi, tiplari haqida talabalar fikrini chuqurlashtirish.
Identiv o’quv maqsad:
3.1.O’zbek xalq shevalarida assimilyatsiya, dissimilyatsiya, metateza, spirantizatsiya,
sandxi kabi fonetik hodisalarning borligini biladi.
3.2.Singarmonizm qonunining faqat turkiy tillargagina xos ekanligini uning lab va
tanglay garmoniyasi orqali isbotlaydi.
3.3.Fonetik hodisalarning xalq shevalari va adabiy norma talaffuziga xos hodisa
ekanligini adabiy til bilan qiyoslash orqali aniqlaydi.
Talaffuzningsodda va yengil bo’lishi bir qancha usullarga – unli va undosh
tovushlarning har xil kombinator va pozitsion o’zgarishlariga bog’liq. Bu
o’zgarishlar so’z formalarining tortilishi (qisqarishi)ga, assimilyatsiya,
dissimilyatsiya, metateza hodisalarining vujudga kelishiga sabab bo’ladi.
Assimilyatsiya.
Nutqda tovushlarning kombinator o’zgarishlari orasida eng ko’p
uchraydigan fonetik hodisalardan biri assimilyatsiyadir. Sheva vakillari nutqida unli
tovushlar ayniqsa undosh tovushlar assimilyatsiyasi ko’p uchraydi.
Assimilyatsiya tovushlar o’xshashligi demakdir. Assimilyatsiya 2 xil bo’ladi.
1)progressiv assimilyatsiya – keyingi tovushning o’zidan oldingi kelgan tovushga
o’xshashligidir: qushshъ, geppъ.
2)regressiv assimilyatsiya – uning aksi bo’lib, oldingi tovush o’zidan keyingi
tovushga o’xshashligidir: beddъ, (berdi), chussa (tushsa), bъnime (bir nima).
Assimilyatsiya o’xshaatish darajasiga ko’ra to’liq va to’liqsiz bo’lishi mumkin.
Agar ikki har xil tovush assimilyatsiya natijasida bir xil bo’lib, bir-biriga o’xshasa
to’liq assimilyatsiya deyiladi: ko’zni>ko’zzi, boshni>boshi.
Agar ikkala tovush, bir-biriga qismangina o’xshasa, masalan, jarangli va
jarangsizligiga ko’ra o’xshasa to’liqsiz assimilyatsiya deyiladi: qochdъ - qochtъ>
qoshtъ, ochdi-ochtъ>oshtъ kabi.
Progressiv assimilyatsiya hodisasiga singarmonizm ham ta’lluqlidir.
Undoshlar asssimilyatsiyasi barchsa o’zbek shevalarida mavjud, biroq uning
tarqalish doirasi bir xil emas. Ba’zi shevalarda assimilyatsiya hodisasi ko’p,
ba’zilarida kam uchraydi. Ayniqsa, y-lovchi shahar shevalarida Namangan va
Toshkent va turk-borlos tipli qishloq shevalarda unli va undosh tovushlar
assimilyatsiyasi juda kam uchraydi.

Yüklə 441,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə