Ызбек диалектологияси



Yüklə 441,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/75
tarix26.04.2023
ölçüsü441,53 Kb.
#107062
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   75
ozbek dialektologiyasi

Nazorat topshiriqlari:
1.1. O’zbek tili dialektlararo farqlanuvchi ko’p shevali til ekanligi lingvistik
adabiyotlar orqali o’rganib, xulosa chiqarish.
1.2. Qorluq, qipchoq, va o’g’uz lahjalari o’rtasidagi farqli tomonlarini yozma bayon
qilish.
1.3. Toshkent, Samarqand-Buxoro, Xorazm-o’g’iz, qipchoq tip shevalarining
unlilarini aks ettiruvchi ko’rgazmalar tayyorlash.
2- asosiy savol
O’zbek shevalarining konsonantizmi. Qorluq, qipchoq va o’g’iz lahjalari
undoshlariga umumiy tavsif.
O’qituvchining maqsadi
:O’zbek xalq shevalaridagi undosh tovushlarning
shevalararo farq qilishi, ulardan qaysi birining adabiy normaga yaqinligi,
undoshlarning lahjalararo qo’llanish xususiyatlarini talabalarga ko’rgazmalilik orqali
yetkazish. Sheva, jonli til va adabiy til haqidagi tasavvurlarini chuqurlashtirish.


47
Identiv o’quv maqsad:
2.1. Undosh tovushlarning shevalararo farq qiluvchi o’ziga xos tomonlarini farqlaydi.
2.2. O’zbek xalq shevalaridagi undosh tovushlarning adabiy til bilan taqqoslaydi.
2.3. O’zbek tilining uch komponenti: Qorluq, qipchoq, o’g’uz lahjalaridan iborat
ekanligi xususida chuqur tasavvurga ega bo’ladi.
Bir – biridan printsipial farq qiladigan undosh fonemalarning miqdori va ularning
sifat jihatdan xarakteristikasiga ko’ra y-lovchi shevalar o’zbek adabiy tiliga
birmuncha yaqin turadi…
Lekin Toshkent tipli y-lovchi shevalarda mavjud bo’lmagan, j-lovchi va
singormanizmli shevalarda mavjud bo’lgan [x] fonemasi bundan mustasnodir.
Janubiy Xorazm shevalaridagi [k.g] undoshlari ham birmuncha o’ziga xos
xususiyatlarga ega. Til orqa [n] tovushi ham shevalararo bir xil emas.
Barcha j-lovchi shevalardagi undosh fonemalar sistemasini deyarli bir xil.
Chuqur til orqa [x] tovushining sifat jihatdan xarakteristika va bu tovushning mavjud
bo’lish-bo’lmasligi bilan j-lovchi shevalar bir-biridan farq qiladi. Konsonantizm
jihatdan j-lovchi shevalar qipchoq gruppasidagi turkiy tillarga, xususan qozoq,
qirg’iz, qoraqalpoq tillariga yaqin turadi.
[y] fonemasi y-lovchi shevalarga nisbatan j-lovchi shevalarda kam qo’llaniladi,
chunki bu shevalarda qadimgi turkiy [y] lovushi so’z boshida [j] bilan almashadi.
O’zbek adabiy tili barcha shevalardan ayrim fonemalarga [f, j, k] egaligi bilan farq
qiladi. Bulardan [f] fonemasi faqat Samarqand – Buxoro shevalardagina mavjud.
[f] fonemasi ba’zan tarixan qabul qilingan so’zlarda uchrasa, barcha sheva vakillari
talaffuzida [p] fonemasiga aylanadi, shuningdek, ruscha [j] tovushi ham,
asosan [j] (dj) tarzida talaffuz qlinadi. O’zbek shevalarida quyidagi undosh tovushlar
bor:
1. Lab undoshlari: p, b, (f), v, m.
2. Til oldi undoshlari: t, d, s, z, ch, (j), sh, j, n, l.
3. Til o’rta: y
4. Til orqa: k, g, n, q, g’, x.
5. Bo’g’iz undoshi: h.

Yüklə 441,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə