Ызбек диалектологияси



Yüklə 441,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/75
tarix26.04.2023
ölçüsü441,53 Kb.
#107062
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75
ozbek dialektologiyasi

O’zlashgan qatlam.
O’zlashgan qatlam nafaqat adabiy tilda, balki lahjalarda ham
anchagina bo’lib, ba’zan ularni aniq qaysi qatlamga tegishliligini aniqlash ham qiyin.
Hozirgi o’zbek adabiy tili va shahar guruh shevalarida shunday o’zlashgan so’zlar
mavjudki, ular xuddi o’z qatlamiday bo’lib ketgan. Masalan, məl (Toshkent,
Farg’ona), adabiy imloda mol (arabcha), mъxnet (Toshkent) adabiy imloda mehnat
(arabcha), g’em(Toshkent), g’am(Farg’ona) (arabcha), zerъl (Toshkent) adabiy
imloda zarur(arabcha), əzъz(Toshkent, Farg’ona), adabiy imloda
aziz(arabcha),ъnag’əm(Toshkent), adabiy imloda in’om (arabcha), juvop (Toshkent,
Farg’ona) adabiy imloda javob (arabcha), qъmat (Toshkent), adabiy imloda qimmat
(arabcha), nəxt (Toshkent), adabiy imloda naqd (arabcha) , dərəx (Toshkent) , daraq-
darax (Andijon, Farg’ona) , adabiy imloda daraxt (tojikcha) tez (Toshkent, Andijon,
Farg’ona), adabiy imloda tez (tojikcha) bechərə (Toshkent) adabiy imloda bechora


42
(tojikcha), shəhər - shəər-shə:r (Toshkent), adabiy imloda shahar (tojikcha ), dos
(Toshkent), adabiy imloda do’st (tojikcha) nərx (Toshkent),nəx (Andijon), adabiy
imloda narx (tojikcha).
O’zbek xalqi tojik xalqi bilan juda uzoq vaqtdan buyon yaqin munosabatda
bo’lganligi sababli o’zbek tiliga tojik tilidan juda ko’p so’zlar o’zlashgan. Shahar
guruh shevalarda ism guruhida va ravish turkumida arabcha so’zlar anchagina.
Masalan: Toshkent shevasida əvəz (adabiy imloda ovoz) əyne (adabiy imloda oyna ),
əgə (adabiy imloda ogoh) ərəm (adabiy imloda orom) ,ərzъ (adabiy imloda orzu),
əptəv (adabiy imloda oftob) va boshqalar.
Shevalar bir-biri bilan nafaqat fonetik, morfologik, balki leksik jihatidan ham
ba’zan farqlanadi. Qiyoslang:
Toshkent shevasida Samarqand shevasida Farg’ona shevasida
chəqələ: chaqaloq buvək
much(ъ)chə musъcha mъsъəchə
gərъmdorъ qalampur qalampъr
o’gъr o’g’ur kelъ

Yüklə 441,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə