Ызбек диалектологияси



Yüklə 441,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/75
tarix26.04.2023
ölçüsü441,53 Kb.
#107062
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75
ozbek dialektologiyasi

Dissimilyatsiya.
Bu assimilyatsiyaga qarama-qarshi bo’lgan fonetik hodisadir.
O’zbek tili va uning shevalarida dissimilyatsiya hodisasi assimilyatsiya kabi keng
tarqalgan emas. Xalq shevalarida odatda sonor tovushlarga ega bo’lgan so’zlar
dissimilyatsiyaga uchraydi. M.zarar>zerel, devor>devol kabi.


50
Akkomodatsiya
. Unli va undosh tovushlar o’rtasida vujudga keladiganfonetik
hodisa bo’lib, bir tovush talaffuzining ikkinchi tovush talaffuziga moslashishidir.
Hozirgi o’zbek adabiy tilidagi i, u, uindifferent unlilari til orqa undoshlar bilan (k, g,
sayoz til orqa va q, g’, x chuqur til orqa) moslashadi: kъyъm kъ:ъm, irg’ib> kabi.
Spirantizatsiya.
Bu hodisa biror portlovchi undosh tovushning portlovchilik
xususiyatini yo’qotib, sirg’aluvchi tovushga o’tishidir: jolbars-jolvars,
yubordi>juverdъ kabi.
Eliziya
. Unli va undosh tovushlarning tushib qolish hodisasi bo’lib, tubandagi
holatlarda uchraydi:
1) so’zning o’zak-negizida : xardor2) so’zning o’zak - negiziga qo’shimchalar qo’shilganda: ballar (bolalar)
3)o’zak-negiz yoki affiks boshidagi undosh tovushlar tushib qoladi: haydaymo’z
aydaymo’s, ukuk < xuquq, shishe< ishe, she: erkabi.
4)arab tilidan kirgan «ayn» va «xamza» ko’pincha nolga teng bo’ladi: melim, taso’r,
in`om kabi.
5)O’zak-negiz oxirida undosh tovushlar tushib qoladi: guno-gunoh, su-suv, kichi-
kichik, balan-baland, pas-past, taro’-tariq kabi.
So’z formalarining torayishi
. Bu xususiyat talaffuzni maksimal darajada
ixchamlashtiradi. Bunda bir bo’g’in va bo’g’inlardagi unli va undosh tovushlar
tushirilib talaffuz qilinadi. Bu protsess so’zning o’zak-negizida, o’zak bilan affiks
chegarasida, ikki so’zning qo’shilgan joyida yuz beradi: nima-ne, nima ish bilan –ne
ishinen, jude-je, qo’lo’p-qo’p, olib kel-epke, qaytayin, bolamakon, bota, natayin kabi.

Yüklə 441,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə