Ызбек диалектологияси


Lab undoshlari: [p], [b], [f], [v], [m]



Yüklə 441,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/75
tarix26.04.2023
ölçüsü441,53 Kb.
#107062
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75
ozbek dialektologiyasi

Lab undoshlari: [p], [b], [f], [v], [m].
36-@. [p] fonemasi. Lab-lab, portlovchi, jarangsiz [p] undoshi barcha o’zbek
shevalarida so’zlarning barcha bo’g’inida uchraydi. Misollar: yl. Toshk. pexte. tepe,
pendje; Farg. chop, shapolog, sogyaptъ;
J-lovchi shevalarda [p] tovushi intervokal holatda, ba’zan esa so’z oxirida
jaranglashadi va bu tovush [b] va [p] tovushlari o’rtasidagi yarim jarangli portlovchi
tovush kabi eshitiladi. Ba’zan shevalarda [p] o’rniga [b] qo’llanadi. [p] fonemasi
barcha o’zbek shevalarida va o’zbek adabiy tilida [b] tovushining so’z oxirida
jarangsizlashishiga moyil bo’lishi, ya’ni[b p] holati mavjud. [p] fonemasi barcha
o’zbek shevalarida keng tarqalgan y-lovchi shahar shevalarida tubandagi o’rinlarda
keladi:a) so’z oxiridagi [b] o’rnida kelъp-kelib, kъtop-kitob, esvop-asbob…
37-@ .[b] fonemasi. Lab-lab [b] undoshini talaffuz qilganimizda tovush paychalari
birmuncha titraydi.Bu xususiyatga ko’ra [b] tovushi [p] tovushidan farq qiladi.
J-lovchi shevalarda asosan jarangsizlashgan [b] yoki eshitilishi jihatdan [b] va [p ]
tovushlari oralig’ida turgan [b] tovushi bor va bu tovush so’zlarning barcha


48
o’rinlarida kela oladi: jl. Biydey-buvday, bato’r, bey, toyga berado’, ishimiz qargacha
berado’,mala basamo’z…
[b ] tovushining talaffuzida portlash birmuncha kuchli bo’lishi bilan j-lovchi
shevalar o’zbek adabiy tilidan va y-lovchi shevalardan farq qiladi. Shu sababli y-
lovchi shevalarda [b] tovushi portlovchi va sirg’aluvchi tovushlar o’rtasida tebranib,
oraliq holatda bo’ladi.
39-@. [v] fonemasi. Bu fonema boshqa turkiy tillardagi kabi sirg’aluvchi , lab-lab
undosh tovushdir. Shevalararo [v] tovushining sifat jahatdan ikki tipini uchratish
mumkin;
1.Tipik turkiy, lab-lab [b ] tovushi. Bu tovush j-lovchi singarmonizmni saqlagan
va y-lovchi shevalarda uchrab, bo’g’in hosil qilmaydigan [u] kabi talaffuz qilinadi.
Ingliz tilidagi [W] tovushi talaffuzini qiyos qiling.
2 y-lovchi shevalarda faqat so’z boshida lab-lab [v] va lab-tish [v] tovushlari
o’rtasidagi oraliq tovushi uchraydi. Bu tendentsiya, ya’ni tipik turkiy lab-lab [v]
tovushning indifferent tovush bilan alamashinishi shahar shevalarigagina xos.
40-@G’. [m] tovushi. fonemasi. Bu tovush lab-lab portlovchi undosh bo’lib , burun
rezonansi bilan talaffuz etiladi. So’zlarning barcha bo’g’inlarida keladi.

Yüklə 441,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə