Ызбек диалектологияси



Yüklə 441,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/75
tarix26.04.2023
ölçüsü441,53 Kb.
#107062
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   75
ozbek dialektologiyasi

Identiv o’quv maqsad:
1.1.O’zbek tilining shevalararo farqli xususiyatlarini bilib oladi.
1.2.O’zbek shevalarining bir-biridan farq qiluvchi leksik xususiyatlarini misollar
orqali isbotlaydi.
1.3.Shevalararo leksik farqlar xaritasini tuzadi.
1.4.Xalq shevalaridan misollar yig’adi va adabiy til bilan solishtiradi.
Har bir til va dialekt leksik sostavi asosini hayotiy zarur tushunchalar asosi
bo’lgan yangi so’zlar yasash uchun baza bo’ladigan, davrlar mobaynida turg’un va
yashovchan bo’lgan, shu til egalarining barchasi uchun umumiy bo’lgan so’zlar
tashkil etadi. Bularga o’zbek tilidagi tabiat hodisalari va mavjudotlar:chaqmoq, yer
suv, yomg’ir, shamol, qor; harakat holatni ifodalovchi uxlamoq, yurmoq, ichmoq;
qarindoshlikni bildiruvchi: ota, ona, qiz, o’g’il, aka; umumiste’molga oid va boshqa
so’zlar kiradi. Bu so’zlar o’zbek tilida so’zlashuvchi kollektiv uchun umumiy
bo’lganidek, shevalar uchun ham, adabiy til uchun ham umumiydir.
Ma’lumki, o’zbek shevalari leksik sostavida umumxalq tiliga xos bo’lgan umumiy
leksik qatlam va shevalarga xos bo’lgan leksik qatlam mavjud.


55
O’zbek xalq shevalari leksik sostavida (Toshkent. Edesh / edog’, yovuq (uzoq-
yevuq), um-(umsinmoq); Xorazm arna, yap; Namangan yar kabi) adabiy tilda shaklan
o’zgargan yoki adabiy til taraqqiyoti davomida undan allaqachonlar chiqib ketgan
ayrim so’zlar mavjud. Bunday so’zlarni o’rganish til tarixi, shuningdek, adabiy til
tarixi uchun muhimdir. Bundan tashqarii,o’zbek xalq shevalari leksik sostavida ayrim
shevalarning (yoki lahjalarning) (Toshkent. Dj’lle qurmese); Xorazm: xokkъ-Υokky :
Farg’ona:chymegerъ...kabi) o’zigagina xos bo’lgan so’zlar ham bor. Bu so’zlar faqat
shu sheva yoki shu shevaga kiradigan shevalar gruppasi (lahja) uchun umumiy
bo’lib, boshqa shevalarda va shuningdek, adabiy tilda yo’q yoki shunday tushuncha
anglatadigan boshqa so’z orqali ifodalanadi.. Bunday so’zlarni to’plash va o’rganish
sheva xususiyatlarini qayd etish uchun, hozirgi zamon o’zbek adabiy tilini boyitish
uchun muhimdir.
Shevalarni bir-biridan leksik jihtdan farqlaydigan xususiyatlar barcha so’z
turkumlarida uchraydi.
Qorluq lahjasi
O’g’iz 
lahjasi Qipchoq
lahjasi
Toshkent
shevasi
Samarqand
shevasi
Farg’ona
shevasi
Chəqəlog’
Chaqaloq
bΥvək
bθvak
Bθbək //bθvək
tuxum
tuxum
Tuxum
/məyək
yimirtə
məyək
much’chə
mus’cha
m’s’lchə
qumri
mΥsichi
//mΥchchi
gər’mdorъ
qalampur
qalampъr
burch
qalampъr
dovuchchə
davuchcha
g’ora
dΥvchə
dəvchə
qələmchə
qalamcha
ch’kəldək
qalamcha
qalamcha
ch’ttəy
-
Dj’nqarchə
Chitlo’q
-
Tuvog’
qapqoq
qapqaq
Duvaq
qapqaq-
qaqmaq
duxobə
baxmal
Barqt
baxmal
baxmal
chəchvon
Chashpan(t) ch’mmət
-
chimmət
Dialektal so’zlarning semantik gruppalari juda ko’p bo’lib ulardan ayrimlarinigina
keltiramiz:
Dehqonchilikka xos atamalar: oq arъq, shaq arъq, paxta, korek, kosek, levlegъ,
qъzъlcha, erpe, bug’doy //biydey.
Chorvochilikka xos atamalar: et-at, sъgъr-siyir-ъnek-ъney-uy, bъzogъ-gosele, qoy,
echkъ-gech, qulun, toy, ayg’ъr, biye-beytel, uloq-chΥvch.


56
Ov, baliqchilikka xos atamalar: tor, tuzoq, metrep, yeyme, qopqon, qarmoq-qalmoq,
sanchqъ, laqqa, chavak, chorton-chortan balo’q.
Binokorlikka xos atamalar: uy-oy, madang, ravaq, mor, kasava, peydevor, xerъ-xaro’,
ustun, sinch, keshek.
Uy-ro’zg’or buyumlarining atamalari: qozon-qazon, tevek-tabaq, legen-leget, og’r-
keli-so:kъ, panshaxa-beshlik, xurma-xurmeche.
Agar biz o’zbek shevalari leksikasida mavjud bo’lgan so’zlarni tarixiy-traditsion
nuqtai –nazardan qaraydigan bo’lsak, shuningdek shevalarning lug’at sostaviga kirib
kelishining manbalari nuqtai-nazaridan qaraydigan bo’lsak, ularni quyidagi leksik
qatlamlarga bo’lishimiz mumkin.
1.Turkiy tillarga xos bo’lgan leksik yoki tarixiy traditsion leksik qatlam.
2.Dialektal leksika.
3.O’zlashgan leksik qatlam:
a)fors-tojik tiliga xos so’zlar;
b)arab tilidan o’zlashgan so’zlar;
v)rus tili va rus tili orqali boshqa tillardan o’zlashgan so’zlar qatlami.
O’zbek shevalarining leksik sostavida traditsion leksika asosiy o’rinni egallaydi.
Shu bilan birga o’zbek shevalari leksikasida paydo bo’lish jihatdan turli tarixiy
davrlarga xos bo’lgan leksik qatlamlarni uchratamiz. Masalan, shevalarning
leksikasida shunday so’zlarni uchratish mumkinki, ularni ma’no xususiyatlariga ko’ra
paydo bo’lish ildizlari juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Bunday so’zlarga
avvalo, qarindosh-urug’ nomlarini bildiruvchi ete(ata), ene(ana), og’o’l /ol(o’g’il)
qo’z, aka, buvъ kabi umum dialektga, umumiste’molga oid so’zlar ba’zi fonetik
farqlar bilan qo’llanishdan qat’iy ularning ildizlari tarixan bir ekanligi uqtiriladi.
Shuni alohida qayd qilish kerakki, o’zbek shevalarida turkiy leksik qatlam
o’zlashtirilgan leksik qatlamga qaraganda ko’pchilikni tashkil etadi.

Yüklə 441,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə