Ызбек диалектологияси



Yüklə 441,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/75
tarix26.04.2023
ölçüsü441,53 Kb.
#107062
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   75
ozbek dialektologiyasi

Nazorat topshiriqlari:
2.1.O’zbek lahjashunosligiga tegishli o’quv darsliklari va qo’llanmalarda keng
qatlamga mansub so’zlarni aniqlash va uni dalillar asosida isbotlash.
2.2.Amaliy mashg’ulotlar uchun keng qatlamga aloqador so’zlar kartotekasini (100)
so’zdan iborat) tuzib ko’rsatish.
2.3.O’rta qatlam va tor leksik qatlamga mansub so’zlarni leksikografik
adabiyotlardan aniqlash.
2.4. «O’zbek tilining izohli lug’ati» dan tor leksik qatlamga mansub so’zlarni
kartochkalarga tushurish.
2.5.Har bir talaba o’zi yashayotgan hududdan imkon darajasida tor qatlamga mansub
so’zlarni kartochkalarga yozib kelishni tavsiya etish.
3-asosiy savol:
O’zbek shevalaridagi o’zlashgan leksik qatlamlar.


58
O’qituvchining maqsadi:
O’zbek shevalaridagi fors-tojik, arab va rus tilidan
o’zlashgan so’zlarning kirib kelishi sabablarini dalillar orqali talabalarga tushuntirish.
Identiv o’quv maqsadi:
3.1.Fors-tojik tilidan o’zlashgan so’zlarni bilib oladi.
3.2.Arabcha so’zlarning o’zbek tiliga kirib kelishi tarixiy sabablarini o’rganadi.
3.3.O’zbek tiliga forscha-tojikcha va arabcha so’zlarning inqilobdan oldingi davr
bilan hozirgi holatini manbaalar asosida taqqoslab tahlil etadi.
3.4.Rus tili orqali o’zlashgan so’zlarni izohlaydi va semantik guruhlarga bo’ladi.
O’zbek shevalari leksikasining etimologik sostavida tub turkiy so’zlar bilan birga
ma’lum darajada arab va tojik tillaridan o’zlashgan so’zlar, ko’plab miqdorda ruscha
va rus tili orqali g’arbiy Ovropa tillaridan o’zlashgan so’zlar mavjud. Ana shunga
ko’ra, o’zbek shevalari leksik sostavida, asosan ikki leksik qatlam bor:
1)turkiy leksik qatlam;
2)o’zlashtirilgan leksik qatlam.
O’zbek shevalarida turkimy leksik qatlam o’zlashtirilgan leksik qatlamga nisbatan
ko’pchilikni tashkil qiladi. 55-60 % 30-45%
O’zlashtirilgan leksik qatlam. O’zbek tili shevalarida boshqa tillardan o’zlashtirilgan
so’zlar ham bor. Bu so’zlar o’zbek shevalariga leksik material sifatida qabul qilinib,
shu til sistemasida yangi shakl oladi. Ko’pincha bunday so’zlarning asl grammatik
formalari boshqa ( qabul qiluvchi til, sheva ) grammatik formalar bilan almashadi.
Masalan arab tilidan kirgan ahvol (birligi hol), fuqaro (faqirlar, birligi faqir), asbob
(qurol ma’nosini bildiradi, aslida sabab so’zining ko’pligi ), ayyom (hayit, bayram
ma’nosini bildiradi, aslida ar. kunlar, vaqtlar, birligi yum), alvon (qizil mato yoki
turli –tuman degan ma’noni bildiradi, aslida ar. Tuslar, ranglar, birligi lavn ) kabi
so’zlar arab tilidagi kabi ko’plikni bildirmaydi va ayrim morfemalarga ajralmaydi,
birlikni bildiradi. O’zbek tilida bu so’zlardan ko’plikni hosil qilish uchun ko’plik
affiksi (-lar) qo’shiladi: ahvol(birlik) – ahvollar (ko’plik), asbob (birlik) – asboblar
(ko’plik), ayyom (birlik) – ayyomlar (ko’plik), alvon (birlik) – alvonlar (ko’plik).
Tojik xalqi bilan o’zbek xalqining asrlar mobaynida birga yashab, yaqin do’stona
munosabatda bo’lganliklari natijasida o’zbek shevalari lug’at sostavida ko’pgina
tojikcha so’zlar o’zlashgan. Keyingi vaqtlarda o’zbek shevalari leksikasi rus tili va u
orqali boshqa tillardan kirgan so’zlar hisobiga yanada boyib bormoqda.
O’zlashtirilgan arabcha so’zlar. O’zbek adabiy tilida arab tilidan kirgan
so’zlarning ko’pini ot, sifat, ravish, yordamchi so’zlar, va fe’llar tashkil qilsa,
shevalarda esa asosiy o’rinni ot turkumiga xos so’zlar egallaydi. Shuni ham aytish
kerakki, arabcha so’zlar miqdori j-lovchi qishloq shevalariga nisbatan shahar
shevalarida ko’p: əq’l-aql, əməl-amal, opət-ofat, vəs’yat-vasiyat, qudrət-qudrat,
dunyo- dunyo,’mon-imon, shər’m-sharm, sh’po-shifo kabi.
O’zbek xalq shevalariga o’zak-affiks (asos-an kabi) tipidagi so’zlar qabul
qilinmagan. Lekin bunday tip yasama so’zlarning ba’zilari adabiy til ta’sirida
shevalarga kirmoqda: lъy, əsosъy (əsos’y məsələ). Hozirgi kunda o’zbek
shevalaridagi arabcha so’zlar sof o’zbek so’zlari kabi o’qiladi va yangi so’zlar
yasashga asos bo’ladi, masalan, mъhnətchъ kabi.
Hozirgi kunda o’zbek shevalaridagi arabcha so’zlar sof o’zbek so’zlari kabi o’qiladi
va yangi so’zlar yasashga asos bo’ladi. Masalan, devletl, xuquqsъz, rozly, aniqle
kabi.


59
Tojikcha so’zlar. Tojik xalqi bilan o’zbek xalqining asrlar mobaynida birga yashab,
yaqin do’stona munosabatda bo’lganliklari natijasida o’zbek shevalari lug’at
sostavida ko’pgina tojikcha so’zlar o’zlashgan. O’zlashgan tojikcha so’zlarning
ko’pchiligini ot, sifat, ravish va yordamchi so’zlar tashkil etadi. Masalan: ogox,
belen, desh, derex, zerdob, elvolъ, zerdolъ kabi. O’zbek shevalarida –mand, parast, -
bop, -boz,-bon,-duz,-paz,-hur,-parvar,-furush kabi affikslashgan tojikcha so’zlar va -
be, -ba,-ser kabi affikslar yordamida yangi so’zlar yasaladi: ъshqъvoz, nesъxetgoy,
etъydoz, oshpez kabi.
Ruscha va rus tili orqali kirib kelgan so’zlar. O’zbek shevalariga kirib kelagan ruscha
so’zlarning qabul qilinishi O’rta Osiyoning Rossiyaga ixtiyoriy qo’shilishi bilan
bog’liqdir. Ulug’ Oktyabr sotsialistik revolyutsiyasidan keyin o’zbek tilida,
shuningdek, o’zbek shevalarida sovet-internatsional so’zlarining miqdori ortdi. Bu
yangi predmet, yangi tushunchalarning paydo bo’lishi va atamalarning o’zbek tiliga
kirib kelishi, arxaik arab-fors so’zlarining sovet-internatsional so’zlari bilan
almashtirilishi orqali sodir bo’ldi. Natijada, o’zbek tili va uning shevalariga turli
sohaga oid so’z va terminlar o’zlashdi:
1.Ijtimoiy-siyosiy so’z va terminlar: setsiyelizm, sъez, sevit, kemmunizm.
2.Fan, texnika va sanoatga xos: institut, poezd, mashina, zavod, fabrika.
3.Qishloq-xo’jaligiga xos so’zlar: traktr, selka, kombayn, xalq, sovxoz, brigada,
uchastka.
4.San’at va adabiyot, madaniyat va maorifga xos so’z va terminlar: kontsert, artist,
teatr, klub, gazeta, ruchka.
5.Savdo-sotiqqa xos so’z va terminlar: magazin, yarmarka, bank.
6.Obodonchilikka xos so’zlar: park, vodoprovod, kanal.
7.Oziq-ovqat va ro’zg’or buyumlariga xos so’zlar: shkolad, konfet, kofe, palto,
jemper, botinka, stol, stul, zanaviska.
8.Sport va harbiyga xos so’zlar: futbol, mayor, leytinant.
9.Sog’liqni saqlashga doir so’z va terminlar: valeydol, ukol, navakain kabi.
Dialektlarning lug’at sostavining atroflicha o’rganishning o’ziga xos ahamiyati,
zaruriyati bor. Chunki, o’zbek xalq shevalarida tilimizda iste’moldan chiqqan,
unutilib ketgan va ketayotgan, bugungi adabiy tilimizga olish zarur bo’lgan,
qadimgm-tarixiy so’zlar bor, ularni saqlab qolishimiz zarur.
Rus olimi G.G.Melnichenko o’zining «Kratkiy Yaroslavskiy slovar» nomli
asarining so’zboshisida quyidagi fikrlarni aytgan edi:
«Adabiy tilga kirmay qolgandagina emas, balki hech vaqt kirmaydigan, hatto u yoki
bu sheva vakili uchun ham zarur bo’lmagan narsani saqlab qolish nima uchun kerak?
Shu so’zlarni saqlab qolmasak biror narsa yo’qotamizmi? – Ha, yo’qotamiz.
Yo’qotganda ham masalan, juda avaylab bittama-bitta yig’ib olb muzeylarimizda,
arxivlarimizda, ilmiy kutubxonalar va boshqa muassasalarda juda ehtiyotkorona
saqlanayotgan qadimgi yodgorliklardan qolishmaydigan bir narsani yo’qotgan
bo’lamiz».

Yüklə 441,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə