Ызбек диалектологияси



Yüklə 441,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/75
tarix26.04.2023
ölçüsü441,53 Kb.
#107062
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   75
ozbek dialektologiyasi

Nazorat topshiriqlari
1.1.»O’zbek dialektologiyasi» darsligidan o’zbek shevalariaro farqlovchi so’zlarni
aniqlash va amaliy mashg’ulot darslarida ishlab chiqish.
1.2.Shevalararo farqlanuvchi so’zlarni adabiy normadagi so’zlar bilan solishtirish.
1.3.Adabiy tilga kiritish lozim deb topilgan so’zlar turkumini aniqlab, kartotekalarga
tushirish.
1.4.O’zbek shevalari leksikasiga aloqador adabiyotlar bilan tanishish va ular
ro’yxatini to’plash.
2-asosiy savol:
O’zbek shevalaridagi leksik qatlamlar.
O’qituvchining maqsadi
:O’zbek xalq shevalarida mavjud so’zlarni tarkibiy jihatdan
aniqlab, undagi so’zlarni umumturkiy, o’zbek tilining o’ziga xos so’zlardan iborat
ekanligini talabalar ongiga dalillar orqali singdirish.
Identiv o’quv maqsad:
2.1.O’zbek shevalarida mavjud keng qatlamga kiruvchi so’zlarni isbotlaydi.
2.2.O’rta va tor qatlamga mansub so’zlar chegarasini biladi.
2.3.Adabiy normaga yaqin so’zlarni adabiy tilga qabul qilish kriteriyasini isbotlaydi.
Sheva va dialektlar leksikasi leksik materiallarning ommaviyligiga ko’ra uch
qatlamga bo’linadi:


57
A) keng qatlam. bu qatlamga kiruvchi so’zlar shevalar uchun ham umumiy bo’lgan
so’zlardir;
B) O’rta qatlam. Ushbu qatlamga mansub so’zlar asosan dialektlarga xos bo’lib,
adabiy tilda ham ma’lum darajada uchrab turadigan, tilga olinadigan so’zlardir;
V) Tor qatlam. Bu qatlamga kirgan so’zlar faqat katta yoki kichik territoriyada
yashovchi xalqlar, territorial shevada, dialektda ishlatilib ularning o’zlarigagina
tushunarli bo’ladi.
O’zbek shevalarida dialektal so’zlarning fonetik, morfologik, leksik-morfologik
leksik-semantik tiplari uchraydi. Masalan adabiy orfografik soch so’zi Toshkent
choch, Andijonda va qipchoq shevalarida chech, adab.orfog. tuxum qorluq lahjasiga
oid sheva va dialektlarning deyarli hammasida tuxum, qipchoq lahjasida mayek,
o’g’izlarda yimirte kabi…
Keltirilgan misollarning strukturasi butunlay boshqa-boshqa bo’lishiga qaramay,
mazkur shevalararo birgina predmet, narsa va hodisani bildiradi, bu dialektal so’zlar
to’liq munosabatdosh bo’ladi. Ularning vazifasi ham bir xil. Bu munosabatdoshlik
nisbiy bo’lishi ham mumkin. Masalan, Samarqand gruppa shevalarida qo’llanadigan
nonper // nomper so’zi Toshkent gruppa shevalarida uchraydigan chekch-chekich
so’ziga munosabatdoshdek ko’rinadi. Lekin bu ikki predmet vazifa jihatdan o’xshash
bo’lsada, shakl jihatdan boshqa – boshqadir. Nonper- patdan yasaladi, chekich
yog’och va simdan yasaladi. Keyinchalik nonper so’zi yog’ochga sim qadab
yasalganpredmetga nisbatan ham qo’llanadi.
O’zbek shevalarida shunday so’zlar ham borki, shakl jihatdan bir xil bo’lsa-da
shevalararo boshqa - boshqa ma’nolarni anglatadi.
Toshkent - aravaning qismi
Shet
Farg’ona – a) narvon, b)arava qismi;
Toshkent pashsha (muxa)
Pashsha
Farg’ona chivin (komar).

Yüklə 441,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə