Ызбек диалектологияси


Tayanch tushunchalar va iboralar



Yüklə 441,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/75
tarix26.04.2023
ölçüsü441,53 Kb.
#107062
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75
ozbek dialektologiyasi

Tayanch tushunchalar va iboralar:
Singormanizm va uning turlari: labial garmoniya, platol garmoniya, umlaut,
birlamchi cho’ziqlik, ikkilamchi cho’ziqlik, assimilyatsiiyaning turlari: progressiv
assimilyatsiya, regressiv assimilyatsiya, to’liq va to’liqsiz assimilyatsiya,
dissimilyatsiya, metateza, so’z shakllarining torayishi: spirantizatsiya, diereza sandxi
hodisalari; birinchi bo’g’in, ikkinchi va ko’p bo’g’inli so’zlar.
1- Asosiy savol:
O’zbek xalq shevalarininig asosiy fonetik xususiyatlari: Shevalardagi y- lashish
va j- lashish; o- lashish va a- lashishi. Unli fonemalarda unlilar tarkibi.
O’qituvchining maqsadi:
O’zbek xalq shevalaridagi o’ziga xos fonetik xususiyatlar
shevalararo fonolingvistik tomondan farqlanadigan asosiy belgilar: y- lashish va j-
ashish; o- lashish va a- lashishi xususiyatlari unlilarning shevalararo farqlanuvchi
tomonlarini qiyosiy usulda tahlil etish orqali talabalar ongiga singlirish.
Indentiv o’quv maqsadi:
1.1 O’zbek xalq shevalarininig shevalararo farq qiluvchi belgilarni aniq faktlar orqali
ibotlaydi.
1.2 y- lashish va j- lashish; o- lashish va a- lashishi nima ekanligi xususida aniq hukm
chiqaradi:
1.3 O’zbek shevalarining tarkibi uch lahja asosida qurilganligi: Qorluq, o’g’iz va
qipchoq lahjalari ekanligi biladi.
O’zbek adabiy tilinig shakllanishida bevosita ishtirok qilgan ba’zi shevalarning
unlilari o’ziga xos bir qator xususiyatlarga ega. Toshkent, Farg’ona, Samarqand,
Buxoro tipidagi shahar shevalari hamda shahar shevalariga o’xshash bo’lgan qishloq
shevalari adabiy tilning shakllanishida yetakchi rol o’ynaydi. O’zbek tili
taraqqiyotining barcha davrlarida vujudga kelgan va eng progressiv xususiyatlarni
o’zida aks ettirganlagi sababli shahar shevalari yetakchi sheva hisoblanadi.
J – lovchi shevalar vokalizmida qipchoq lahjasining traditsion xususiyatlari
qat’iy saqlangan. O’zbek xalq shevalari tovush sostavi va fonetik xususiyatlariga
ko’ra ikki katta gruppaga bo’linadi. Bulardan biri j-lovchi shevalari bo’lib o’zbek


45
shevalari adabiy tilda so’z boshida keladigan (y) o’rniga (j) fonemasini ishlatadi:
yomon- jamon, yeriqroq- jarqiroq, yoldosh- joldosh kabi.
J- lovchi shevalar o’zining boshqa fonetik xususiyatlari bilan ham o’zbek adabiy
tilidan farqlanadi o> a : ote- ata yana biri o- lashdir. Bunday shevalar qatoriga
Samarqand viloyatadagi qozoq - nayman va lar singormanizmli bo’lishi bilan ham
xarakterlanadi. Qozoq tiligi yaqin bo’lgan ba’zi (J) o’rnida (J) ishlatadigan sheva
vakillari ham j – lovchi shevalarga kiradi. O’zbek shevalarining ikkinchi gruppasini
o- lovchi va a-lovchi gruppalarga bo’linuvchi y-lovchi shevalar tashkil qiladi. A -
lovchi shevalar singormanizmlidir. Y- lovchi gruppalarining a- lovchi (Shimoliy
o’zbek Turkiston, Iron, Qorabuloq, Mankent, Xorazm) shevalarida qadimgi turki
cho’ziq unlalari mustaqil fonema sifatida ishlatiladi.
Yuqorida ta`kidlaganimizdek, o’zbek xalq shevalari o’z sostavida jihatidan
nihoyatda murakkab bo’lib, uni uch lahjasi (Qorluq, o’g’iz va qiprchoq)ning har biri
o’z navbatida vokalizmi jihatida fonetik noo’xshashliklarigi ega bo’lgan shevalarga
bo’linadi.
O’zbek lahjasidagi shevalarda 9-10 va hatto undan ortiq unli fonema mavjud.
O’g’iz lahjasidagi shevalar esa tovush jihatidan ancha murakkab bo’lib, ularda ba’zi
unli fonemalar sifat jihatdangina emas, balki miqdor jihatdan ham farqlanadi. Bu
lahjadagi shevalarning o’ziga xos xususiyati shundaki, bularda ma’no farqlovchi,
semantik funktsiyaga ega bo’lgan va mustaqil fonema hisoblanadigan alohida cho’ziq
unli tovushlar mavjud. O’g’iz lahjasidagi shevalarning vokalizm sistemasi qisqa va
cho’ziq fonemalardan tashkil topib, ularni soni ba’zi shevalarda 18 taga qadar boradi.
O’zbek tilining qarluq - chigil-uyg’ur lahjasidagi shevalarda ham unli
fonemalar miqdori 8-10 tagacha boradi. O’zbek adabiy tiliga asos bo’lgan shevalarda
unli fonemalar soni 6-7 tadan oshmaydi. Toshkent va Samarqand shevalarining
vokalizmi uning variantlaridan tashqarii 6 tadir. Bu shevalardagi fonemalarning
ba’zilari sifat jihatidan farqlanadi.
Masalan, Toshkent tip shevalarda: e, e, o, u.
Samarqand tip shevalarda: ъ, e, a, o, e, u.
Qo’qon va Marg’ilon shevalarida sifat jihatidan farq qiladigan, lekin miqdor jihatidan
farqlanmaydigan 7 fonema (e, u, o, e, a, e) mavjud. Bu shevalarning unlilar
sistemasida Toshkent va Samarqand unlilar sistemasidan farq qiluvchi orqa qator,
quyi ko’tarilish (a) unlisi saqlangan. Bu shevalarda Toshkent shevasidagi (A,O)
Samarqand, Buxoro, Qarshi, Xo’jand, Chust shevalaridagi (a, o) va adabiy tildagi a, o
kabi ikki fonema o’rniga uchta keng unli fonema (a, e, o) borligini ko’ramiz.
O’zbek dialektologik kartasida bir-biriga territoriya jihatidan qarama-qarshi
joylashgan ikki shevada Shimoliy o’zbek hamda Janubiy o’zbek Xorazm shevalarida
cho’ziq unlilarning mustaqil fonema sifatida saqlanganligini ko’ramiz. O’zbek tilida
so’zlashuvchi kollektiv joylashgan
Territoriyaga nazar tashlab, shevalar bo’yicha fonemalarning munosabatini qarab
chiqsak, bir qancha shevalarni yagona bir markazga-adabiy till normalariga asos
bo’ladigan markazga qarab yo’nalishini ko’ramiz.
Adabiy tilning shakllanishida bevosita ishtirok qilgan ba’zi o’zbek shevalarining
unlilari o’ziga xos qator xususiyatlarga ega. Toshkent-Farg’ona tipidagi shahar
shevalari hamda shahar shevalarining talaffuz va leksik-grammatik xususiyatlariga
o’xshash bo’lgan qishloq shevalari adabiy tilning shakllanishida yetakchi rol


46
o’ynaydi. O’zbek tili taraqqiyotining barcha davrlarida vujudga kelgan eng
progressiv xususiyatlarni o’zida aks ettirganligi sababli shahar shevalari yetakchi
sheva hisoblanadi. O’zbek tilining j-lovchi shevalarida esa shahar shevalaridan farqli
ravishda uning vokalizmida qipchoq lahjasining traditsion xususiyatlari qat’iy
ravishda saqlangan. Yuqorida aytilgandek, o’zbek xalq shevalari tovush sostavi va
fonetik xususiyatlariga ko’ra, ikki katta gruppaga bo’linadi. Bulardan biri j- lovchi
sheva bo’lib, ular adabiy tilda so’z boshida kelganda (y) o’rniga (j) fonemasini
ishlatadi: yol- jol, yo’q -jo’q, yomon- jomon, uzum-juzum, yulduz- julduz kabilar.
J- lovchi sheva adabiy tildan boshqa fonetik xususiyatlari bilan ham farq qiladi:
ad. Orfogafik o o’rnida til orqa (a)tovushni ishlatadilar.ota-ata, ata, bola-bola, bola.
J- lovchi shevalar singarmonizmli bo’lishi bilan ham xarakterlanadi.
O’zbek shevalarining ikkinchi gruppasini o-lovchi va a-lovchi gruppalarga
bo’linuvchi y- lovchi gruppa tashkil qiladi. A-lovchi shevalar singormanizmlardir.
Y-lovchi gruppaning a-lovchi shevalarida (Shimoliy o’zbek Turkiston, Iron,
Qorabuloq, Mankent, Xorazm) qadimgi turkiy cho’ziq unlilar mustaqil fonema
sifatida ishlatiladi.
Territoriya jihatidan Marg’ilonga yaqin bo’lgan Vodil qishlog’ining shevasi
Jizzax va Toshkent oblastining atrof shevalari Toshkent shahar shevasining unlilar
sistemasiga o’xshaydi.
Andijon, Shaxrixon, Farg’ona vodiysining bir qator qishloq shevalari,
Turkiston, Qoraqalpoq dialekti (o’zbek tilining), Samarqand, Surxondaryo,
Qashqadaryo oblastlarining j-lovchi o’zbek shevalarida, Ohangaron vodiysining
qurama shevalari vokalizmi 9,10 fonemadan iborat.
O’zbek adabiy tili vokalizmi, shuningdek Toshkent tipidagi shevalar
vokalizmida unlilarning lablanish holati asta-sekin kamayib, tilning tanglayga tomon
ko’tarilish darajasiga ko’ra yuqori ko’tarilish unlilarning o’rta ko’tarilish unlilarga va
keng unli fonemalarga o’tishi asta-sekin kuchayib bormoqda.
Masalan, yuqori ko’tarilish unlilari va uning asosiy farqi ularning lablanish yoki
lablanmasligidadir.
Quyi ko’tarilish unlilarida lablanish va lablanmasligiga nisbatan tilning
gorizontal yo’nalishiga ko’ra farqlanish ustun.

Yüklə 441,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə