Ызбек диалектологияси



Yüklə 441,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/75
tarix26.04.2023
ölçüsü441,53 Kb.
#107062
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75
ozbek dialektologiyasi

Nazorat topshiriqlari
1.Qorluq lahjasi haqida bilganlaringizni bayon qiling (kategoriya-bilish).
2.Qorluq guruh shevalarining unlilar tizimini sharhlang (kategoriya-bilish).
3.Shevalardagi unlilarni bir-biri bilan qiyoslashga harakat qiling (kategoriya-bilish).
4.Shevalardagi unlilar tizimini adabiy tildagi unlilar tizimi bilan qiyoslang
(kategoriya-bilish).
5.Lahjadagi undoshlar tizimini izohlang (kategoriya – bilish).
6.Undoshlarda yuz beradigan tovush jarayonlarini sharhlang (kategoriya –bilish).
7.Undoshlar bo’yicha shevalararo munosabatni belgilashga harakat qiling (kategoriya
– bilish).
8.Undoshlar tizimi yuzasidan lahja va adabiy til munosabatini belgilashga harakat
qiling (kategoriya – bilish).
2-asosiy savol bo’yicha o’qituvchi maqsadi
: Qorluq guruh shevalar leksik
xususiyati haqida umumiy ma’lumot berish. Qavm - qarindoshlik atamalari yuzasidan
sharh. O’z va o’zlashgan qatlamlar haqida izoh. Lahja leksikasining ba’zi o’ziga
xosliklari haqida.
Identiv o’quv maqsadlari
2.1.Qorluq lahjasi leksikasi haqida umumiy tushuncha.
2.2.Lahjadagi ba’zi atamalarni sharhlaydi.


41
2.3.Lahjadagi o’z qatlam va o’zlashgan qatlamlar haqida izoh beradi.
2.4.Lahja leksikasining o’zaro va o’zgalarga munosabatini belgilaydi.
2-asosiy savolning bayoni
:
Qorluq lahjasiga kiruvchi shevalarning leksikasi xilma-xil. Ayni paytda ularning
leksik qatlamlari ham turli-tuman. Ular turli davrlarga xos bo’lganidek, barcha
sohalarga tegishli. Chunonchi, lahjada qavm-qarindoshlik atamalari o’zbek adabiy tili
bilan ba’zan umumiylik kasb etganidek, ayrim o’ziga xosligi bilan ham ajralib turadi.
Masalan, ətə, o’zbek adabiy tilida ota, ənə-adabiy tilda ona, og’o’l-o’zbek adabiy
tilida o’g’il , q’z-o’zbek adabiy tilida qiz va boshqalar.
Shuningdek ayrim shevalarda ba’zi atamalar o’ziga xos tarzida qo’llaniladi.
Kətətə >kette: (kette ete) (And.) – buvə (Toshkent), əpeqъ, təg’ə, əməkъ, xələ, kel’n,
kuyəv, jiyən, qəynənə, qəynətə, qəyn’nъ, qəynъsngъl, qəynəg’ə, qəynəgəchъ va
boshqalar.
Turmush tarzi bilan bog’liq holda kishilarning hududlarda qaysi soha bilan
shug’ullanishlariga qarab, o’sha sohani aks ettiruvchi atamalar ko’p qo’llaniladi.
Masalan, qulun (yilqining bir yoshgacha bo’lgan bolasi), kəltətəy (bir yoshdan ikki
yoshgacha ), g’unən (ikkidan uch yoshgacha), dθnan ( uchdan to’rt yoshgacha) bota
(tuyaning bir yoshgacha bolasi), taylaq (bir yoshdan ikki yoshgacha), taylaq (bir
yoshdan ikki yoshgacha), nar (to’rt yoshgacha erkak tuya), toqlu (ikki yoshgacha
bo’lgan qo’y), h’shshək (uch yoshgacha) va boshqalar.
Farg’ona vodiysida paxtachilik rivojlanganligi sababli shu sohaga oid atamalar ko’p.
Masalan, pəxta, hθppək - lθppək(lo’ppak), g’oza, shənebərg (shonabarg), kθsak,
kθrθk, chuv’mə va boshqalar.
Lahja leksikasi turkiy so’zlar (o’z qatlam) va o’zlashgan leksik qatlamdan tashkil
topgan.
Turkiy qatlam.
Bash, yo’rək, bъr, bor (Toshkent, Andijon), mən (Toshkent),
men(Andijon). O’gъl (Toshkent), og’ul (Farg’ona, Andijon), o’chə (Toshkent), ochaq
(Farg’ona), o’pkə (Toshkent), θpkə (Farg’ona), o’rdəy (Toshkent), θrdək (Farg’ona),
chəch (Toshkent), chach - chəch (Farg’ona, Andijon), sъgъr - sъyъr (Toshkent,
Farg’ona), kepeley (Toshkent), kepelek (Farg’ona), qudu (Toshkent), qudug’
(Farg’ona) va boshqalar.
Tabiiyki, lahjadagi o’zaro yoki yodgorliklar bilan yuz bergan tafovutlar so’zlarda
fonetik o’zgarishlar, fonetik jarayonlar bilan ko’proq bog’liq. Ba’zan so’zlardagi
semantik ma’no munosabati ham o’zaro tafovutni yuzaga keltirgan.

Yüklə 441,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə