Ызбек диалектологияси



Yüklə 441,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/75
tarix26.04.2023
ölçüsü441,53 Kb.
#107062
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75
ozbek dialektologiyasi

Nazorat topshiriqlari
1.Olimlar tomonidan qilingan tasniflarni o’rganish va ularning bir-biridan farqlarini
bilib olish.
2.G’ozi Olim tasnifini amaliy jihatdan o’rganish va uning qismlarini farqlay bilish.
G’ozi Olim tasnifidagi turk-barlos shevalari va qipchoq shevalari o’rtasidagi
tafovutni daftarga yozib amaliy soatda so’zlab berish.
3.Tasniflar yuzasidan kartotekalar tayyorlash va 5 ta ko’rgazmali qurol ishlashni
talabalarga vazifa qilib topshirish.
4.O’zingiz yashab turgan qishloq, shahar, tuman shevasi tasnif bo’yicha qaysi biriga
aloqadorligini isbotlang.
3-asosiy savol
O’zbek dialektologiyasining XX asrning 60 yillaridan keyingi yutuqlari. Milliy
istiqlol va xalq shevalari ravnaqi masalalari.
O’qituvchining maqsadi
: O’zbek xalq shevalarining o’rganilish bosqichlari,
ayniqsa, XX asrning 60- yillaridan so’ng xalq shevalarining o’rganilishi bilan bog’liq
masalalarni talabalar ongiga singdirish. Turli davrdagi tilshunos-dialektologlar
asarlariga sharh berish orqali talabalarni xabardor qilish. Milliy istiqlol sharofati
bilan xalq shevalarining istiqbollarini belgilash, muammolarni talabalarga etkazish.
Identiv o’quv maqsadi
3.1.XX asrning 60-yillaridan so’ng o’zbek shevalarining o’rganilish ahvolini biladi.


35
3.2.Dialektolog olimlarning asarlari orqali o’zbek xalq shevalarining tarqalish
hududini aniqlaydi.
3.3.Sho’rolar davridagi xalq shevalarining o’rganilishini milliy istiqlol davri bilan
taqqoslaydi, yutuqlarini isbotlaydi.
60- yillar o’zbek dialektologiyasi taraqqiyotida muhim o’rin tutgan, ko’plab
dialektologik kadrlar etishtirib bergan Rossiya va O’zbekiston Fanlar
Akademiyasining muxbir a’zosi A.K.Borovkovdir. U faqat o’zbek dialektologiyasida
emas, umuman, o’zbek tilshunosligi fanining taraqqiyotida muhim o’rin tutadi.
Chunki o’zbek tilshunosligining hamma sohalari bo’yicha chuqur ilmiy asosga
qurilgan asarlar yaratdi.
Olim o’zbek dialektologiyasining ulkan mutaxassisi sifatida ko’pgina asarlar
yaratdi, o’zbek shevalarini tasnif qildi. Uning sof dialektologik asarlariga
«Voprosnik dlya sobiraniya materialov po uzbekskim govoram» da esa birinchi
tajriba sifatida savol-javoblardan iborat anketa usulini qo’llab ko’rdi. Bu bilan olim
o’zbek shevalarini lingvo-geografik usulda o’rganish ishiga ham asos qo’ydi.
A.K.Borovkov o’z qarashlarida o’rta o’zbek dialekti vakillari bilan qipchoq lahjasi
vakillarining qadimgi vaqtlardayoq aralashuvi jarayoniga o’tganiga ishora qildi.
30-yillardan boshlab professorlar E.D.Polivanov,G’.Olim, K.K.Yudaxin,
A.K.Borovkov bilan birga o’zbek shevalarini o’rganishda juda katta ishlarni
bajarishgan. Rossiya Pedagogika Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi,
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, professor V.V.Reshetovdir.
V.V.Reshetov olib borgan ilmiy dialektologik tadqiqotlar Vatan urushidan keyingi
davrning xarakterli xususiyatlaridan bo’lib, ko’plab dialektologik kadrlarni
tayyorladi.
V.V.Reshetov xilma-xil o’zbek shevalarining fonetik, morfologik, leksik
xususiyatlarini yoritadigan ishlarini ikkinchi jahon urushi arafasida boshlagan edi.
Uning «Nekotoro’e zamechaniya po konsonantizmu i morfologii margelanskogo
govore uzbekskogo yazo’ka», «K voprosu o termine «Kurama» i o «kuraminax»,
«Klassifikatsiya uzbekskix govorov Angrenskoy dolinu», «K voprosu ob izuchenii
uzbekskix govorov narodno’x govorov», «O dialektnoy osnove uzbekskogo
literaturnogo yazo’ka», «O’zbek dialektologiyasi va navbatdagi vazifalar», «O’zbek
shahar shevalari tasnifi», «O’zbek shevalarida leksik moslik va ularning adabiy tilda
normasini belgilash», «O’zbek tilining dialektologik atlasi» kabi muhim ilmiy
maqolalari bilan dialektologiya fanining keyingi taraqqiyoti yo’nalishini belgilashga
ulkan hissa qo’shmoqda.
Hududiy dialektlarni atroflicha o’rganish ishlarini amalga oshirishda professorlar
F.A.Abdullayev, M.Mirzayev, A.Aliyev, A.Shermatov, B.Jo’rayev bajargan ishlar
g’oyat muhim ahamiyatga egadir. O’zbek shevalari leksikasini o’rganishning
yo’nalishini belgilashda S.I.Ibrohimovning ishlari etakchi rol o’ynaydi.
O’zbek dialektologiyasida qipchoq lahjasi o’zining dialektal va hududiy
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Qipchoq dialektlari bo’yicha yirik ilmiy-tadqiqot
ishlarini olib borgan olim X.Doniyorov va N.Rajabovlardir.
Hozirgi vaqtda o’zbek dialektologiyasining turli sohalari bo’yicha ish olib
borayotgan dialektologlardan N.Rajabov, Q.Muhammadjonov, O.Madrahimov,
A.Jo’rayev, Sh.Nosirov, Y.Ibrohimov kabi olimlarni ham alohida ta’kidlab
o’tmoqchimiz, chunki nomlari qayd etilgan kishilar Toshkent, Qo’qon, Qashqadaryo,


36
Xorazm (o’g’uz), Qo’shni Qozog’iston, Qirg’iziston va Qoraqalpog’iston
respublikasidagi o’zbek shevalarining fonetik, morfologik, strukturasi, leksikasi,
dialektal leksikasining ayrim qatlamlarini qiyosiy-tarixiy usulda yoritish bo’yicha ish
olib bordilar va bormoqdalar.
Shu bilan birga, o’zbek tilining dialektologik atlasini tuzish bo’yicha ham jiddiy
tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

Yüklə 441,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə