Ызбек диалектологияси



Yüklə 441,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/75
tarix26.04.2023
ölçüsü441,53 Kb.
#107062
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   75
ozbek dialektologiyasi

4-mavzu.Qorluq lahjasi
Asosiy savollar
:
1.Qorluq lahjasining fonetik xususiyatlari.
2.Qorluq lahjasining leksikasi.
3.Qorluq lahjasining morfologik xususiyatlari.
Tayanch tushuncha va iboralar:
Qorluq-chigil-uyg’ur, chig’atoy, turk-barlos, o’rta-o’zbek, Toshkent shevasi,
Farg’ona shevasi, Andijon shevasi, Namangan shevasi, Jizzax shevasi, Buxoro
shevasi, Qarshi shevasi, Qarluq lahjasining fonetik xususiyatlari, qarluq lahjasi
leksikasi, Qarluq lahjasining morfologik xususiyatlari, qorluq lahjasidagi so’zlarning
o’z shevangizga munosabati, hozirgi adabiy tilga munosabati.
1-asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi:
Qorluq guruh shevalari haqida
ma’lumot berish. Ularning fonetik xususiyatlarini sharhlash. Boshqa lahjalar va
o’zbek adabiy tili bilan qorluq lahjasining munosabatini belgilash.
Identiv o’quv maqsadlari
1.1.Qarluq lahjasi haqida qisqacha ma’lumot beradi.
1.2.Qorluq guruq shevalarining unlilar tizimini sharhlaydi.
1.3.Qorluq guruh shevalarining undoshlar tizimini izohlaydi.
1.4.Qorluq guruh shevalarining o’zbek adabiy tili bilan fonetik munosabatini
belgilaydi.
1-asosiy savolning bayoni:
Qorluq lahjasi (Sh.Shoabdurahmonov bo’yicha, V.V.Reshetov bo’yicha
«Qorluq - chigil-uyg’ur», E.D.Polivanov bo’yicha «chig’atoy», G’.O.Yunusov
bo’yicha «turk-barlos», A.K.Borovkov bo’yicha «o’rta o’zbek» atamalari
qo’llaniladi). Qipchoq va o’g’uz lahjalari bilan birga o’zbek tilining shakllanishida
muhim o’rin tutadi.
Qarluq lahjasini bir qancha guruhlarga ajratib ko’rsatish mumkin.
1.Farg’ona guruhi - Namangan dialekti (Namangan, Uychi, Chortoq shevalari kirib,
ular uyg’ur tiliga yaqin), Andijon-Shahrixon dialekti (Andijon shahar shevasi,
Shahrixon shevasi kiradi), O’sh-O’zgan dialekti, Marg’ilon- Qo’qon dialektlarini o’z
ichiga oladi.
2.Toshkent guruhi – Toshkent (Pskent, Parkent, Qoraxitoy shevalari kiradi), Jizzax
dialektlarini o’z ichiga oladi.
3.Qarshi guruhi -Qarshi dialekti (Qarshi, Shahrisabz, U Kitob, Yakkabog’ shevalari
), Samarqand-Buxoro dialekti (Samarqand-Buxoro, Xo’jand, Chust, Koson shevalari
)ning o’z ichiga oladi.


39
Qorluq lahjasining unlilar tizimi qipchoq va o’g’uz lahjalarining unlilar tizimini
birmuncha farqi ko’zga tashlanadi. Buni quyidagi jadvallardan aniq ilg’ash mumkin.
Toshkent dialekti unlilar tizimi
Til oldi
Indifferent
Til orqa
Tor ‘
(O’) U
U
Yarim tor e
ö
o
Keng ə.
e
Farg’ona dialekti unlilar tizimi
Til oldi
Indifferent
Til orqa
Tor ÿ
<ъ>(ь)
U
Yarim tor e
O
Keng
ə
a e
Andijon dialekti unlilar tizimi
Til oldi
Indifferent
Til orqa
Tor ÿ
<ъ>
u
Yarim tor e ə
o
Keng ə
a e
Namangan dialekti unlilar tizimi
Til oldi
Indifferent
Til orqa
Tor ÿ
<ъ>
u
Yarim tor е (θ )
O
Keng ə
a e
Bu unlilarni hozirgi o’zbek adabiy tilidagi unlilar bilan qiyoslaydigan bo’lsak,
mazkur shevalarda unlilar adabiy tildagidan kamroq. Chunki hozirgi o’zbek adabiy
tilida xuddi eski o’zbek tilidagidek 9 unli tovush mavjud. Ammo ular 6 ta harf bilan
ifodalanadi.
O’zbek shevalari undosh tovushlar tizimi jihatidan ham o’zaro farqlanadi.
Chunonchi, Toshkent va Farg’ona guruh lahjalarda lab-tish f va v, til oldi
sirg’aluvchi j, affrikat ts, bo’g’iz h undoshlari yo’q.
Bu undoshlar tabiatan o’ziga yaqin bo’lgan boshqa tovushlar bilan almashadi:
foyda>pəydə, vagon>vvəgən, tsirk>serk, hozir>xəzir.
Lab-lab jarangsiz (p) undoshi so’zning barcha holatida kela oladi: pəxta- paxta, ipək-
’pak, qəp-qop. Farg’ona lahjasida so’z o’rtasida ba’zan jarangsiz p undoshi jarangli v
undoshiga o’tishi mumkin: tepa>tθvə.
Lab-lab, portlovchi, jarangli (b) undoshi adabiy tilda so’zning barcha holatida
kela olgani holda, lahjada so’z oxirida uchramaydi. So’z oxirida va so’z boshida
ko’pincha b>v fonetik jarayoni yuz beradi: toshbaqa>təshvəqə, ləb>ləv…
Toshkent, Farg’ona, Andijon shevalarida b>m fonetik jarayoni
mavjud:bun’>mun’, burun>murun.


40
Toshkent- Farg’ona guruh shevalarida (f) tovushi (p) tovushiga o’tadi: k’ft>k’pt,
kasofat> kəsəpət.
Shahar guruh shevalarida lab-lab, sirg’aluvchi, jarangli (v) undoshi adabiy
tildagi ushbu tovushdan deyarli farq qilmaydi: vədj - vadj, savug’-savuq, ikov-ikkav.
Andijon shevasida m>n jarayonini ham uchratish mumkin:
momaguldrak>naməguldrək.
Til oldi, jarangli, affrikat (j) undoshi so’zning barcha o’rnida kela oladi: jəg’ - jaq,
pənjə .
Til oldi, sirg’aluvchi, jarangsiz (sh) undoshi so’zning barcha o’rinlarida qatnashadi:
shəmol (Toshkent), shə mal (Farg’ona) shamol (Buxoro) bəsh.
Toshkent shevasida bir bo’g’inli so’zlarning oxirida (xususan fe’llarda) (l) undoshi
qat’iy emas: masalan: el>o, bol>bo…
Toshkent shevasida ko’plik qo’shimchasidagi (r) ning tushish holati uchraydi:
bələlər>bələlə - bəllə .
Til o’rta, sirg’aluvchi, jarangli (y) ndoshi so’zning hamma holatida kela oladi:yəsh -
yəsh, suyug’ - suyu, soy.
Jarangsiz, portlovchi, til orqa (k) undoshi so’zning hamma holatida kela oladi: kθk,
ikki - ekki.
Bo’g’iz, sirg’aluvchi jarangsiz (h) undoshi Toshkent shevasida ko’proq (x)ga
moyilroq talaffuz etiladi.
Lahjadagi undoshlar jadvali
Lab undoshlari: P, B, (F), V, M.
Til oldi: T, D, Ch, J, S, Z, Sh,(J),N,L,R.
TIl o’rta: Y.
Til orqa: K, G, N.
Chuqur til orqa: Q, G’, X.
Bo’g’iz: H, (X)

Yüklə 441,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə