Ызбек диалектологияси



Yüklə 441,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/75
tarix26.04.2023
ölçüsü441,53 Kb.
#107062
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   75
ozbek dialektologiyasi

V.V.Reshetov tasnifi
V.V.Reshetov o’zbek shevalarining tarixiy lingvistik xususiyatlarini va ayrim
dialektlarga qardosh tillar (tojik, qozoq, qoraqalpoq, turkman) munosabatini hisobga
olgan holda o’zbek shevalarining tasnif sistemasini tuzdi.
O’zbek xalq tarkibida tarixiy-lingvistik jihatdan bir-biridan ajraladigan (farq
qiladigan) uch dialekt borligi mavjud (bu birlik o’zbek, qozoq, uyg’ur, turkman,
qoraqalpoqlar sostavidagi turk qabilalarining migratsiyasi tufayli ham paydo
bo’lgan).
Bu dialekt birliklari o’z navbatida o’zbek tili tarkibida uch lahjani, ya’ni
qipchoq,o’g’uz, qorluq-chigil-uyg’ur lahjalarini vujudga keltirdi. Bular hozirgi kunda
ham o’zbek tilining alohida lahjasi sifatida davom etib kelmoqda. Demak, o’zbek tili
uch turkiy komponentning birikishi natijasida vujudga kelgan:
1.Qorluq-chigil-uyg’ur lahjasi hozirgi qardosh uyg’ur tiliga yaqin bo’lib, tojik tili
bilan yaqin etnolingvistik munosabatda bo’lgan.
2.Qipchoq lahjasi qardosh qozoq va qoraqalpoq tillari bilan yaqin.
3.O’g’uz lahjasi qardosh turkman tili bilan yaqin.
V.V.Reshetov o’zining tasnifida har bir lahjaning o’ziga xos tor dialektal
xususiyatlari borligi ularni o’rganish o’zbek dialektologiyasining asosiy vazifalaridan


34
ekanini va bu shevalarning paydo bo’lishi va rivojini o’rganishga yordam berishini
alohida ta’kidlab o’tadi. Bu uch lahjaning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan
iborat.
O’zbek tilining qorluq-chigil –uyg’ur lahjasi. Bu lahjaga Toshkent,
Namangan,Andijon, Farg’ona, Samarqand-Buxoro, Qarshi, Termiz, Jizzax,
Kattaqo’rg’on kabi shahar va shahar tipidagi boshqa shevalar kiritiladi.
Uning asosiy spetsifik xususiyatlari quyidagilardan iborat:
-ch G’t ning almashinishi ch’shle, tushti- chusht kabi.
-o’zak va affikslarda so’z oxiridagi k-q // g-g’ undoshlarining saqlanishi: tэrъk//
tэrъk, sэr’k//sэrъk…
Turli holatda ham k//x undoshlarining almashinishi, saqlanishi: toqqsan//toxsan.
-l//n undoshlarining almashinishi: koynek//koylek//koyney.
To’liq progressiv assimilyatsiya: tuzzъUyg’ur tilining asosiy fonetik xususiyatlaridan biri «umlaut» bo’lib, birinchi
bo’g’inda kelgan quyi ko’tarilish a / e unlilarining ikkinchi bo’g’inda kelgan yuqori
ko’tarilish ъ unlisi ta’sirida a ga o’tishidir: at>atъ kabi.
-Qorluq-chigil-uyg’ur lahjasiga kirgan ko’pchilik shevalarda qaratqich va tushum
kelishigi qo’shimchasining bitta: -ni,-nъ, -tъ, -dъ,-li,-shъ variantlari bilan kelishidir.
V.V.Reshetov tasnifida qorluq - chigil-uyg’ur lahjasi quyidagi guruhga bo’lingan.
Farg’ona guruhi: Namangan dialekti; Andijon-Shahrixon dialekti; O’sh-O’zgan
dialekti; Marg’ilon - Qo’qon dialekti.
Toshkent guruhi: Toshkent dialekti; Jizzax dialekti.
Qarshi guruhi: Qarshi dialekti; Samarqand-Buxoro dialekti
-Shimoliy o’zbek guruhi: Iqon - Qorabuloq dialekti; Turkiston-Chimkent dialekti.

Yüklə 441,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə