Ызбек диалектологияси



Yüklə 441,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/75
tarix26.04.2023
ölçüsü441,53 Kb.
#107062
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75
ozbek dialektologiyasi

I.I.Zarubin tasnifi
Professor I.I.Zarubin o’zbek shevalarini to’rt guruhga bo’lib tasnif qiladi: 1)Xiva;
2) Farg’ona; 3)Toshkent; 4)Samarqand-Buxoro shevalari.
I.I.Zarubinning bu tasnifida o’zbek shevalari orasida katta o’rin tutgan hozirgi
O’zbekistonning anchagina hududiga tarqalgan qipchoq j-lovchi shevalari va
shimoliy o’zbek shevalari hisobga olinmagan.
K.K.Yudaxin tasnifi
K.K.Yudaxin o’zbek shevalari tasnifining ikki variantini tavsiya etadi: U
o’zining dastlabki variantida o’zbek shevalarining tojik tili bilan bo’lgan munosabati
va singarmonizmni saqlash darajasiga qarab, to’rt guruhga ajratadi.
1)asl turkiy tovush tarkibi va singarmonizmni saqlagan o’zbek
shevalari;
2)o’z tovush tarkibini qisman o’zgartirgan, singarmonizmni
yo’qotgan shevalar;
3)eron tillari oilasiga mansub unlilar tarkibini saqlagan
shevalar;
4)o’zbek va tojik tillarida so’zlashadigan tojik shevalari
(Samarqand, Buxoro kabi shaharlarda).
Keyinchalik, K.K.Yudaxin o’zbek shevalarini o’ziga xos xususiyatlari bilan
mufassal tanishib, avvalgi tasnifiga tegishli aniqliklar kiritdi va o’zbek shevalarini
besh guruhga bo’ldi: Toshkent, Farg’ona, Qipchoq, Xiva, (Xiva-o’g’uz) va shimoliy
o’zbek shevalari.
E.D.Polivanov tasnifi
E.D.Polivanov tomonidan bir qator o’zbek shevalari va dialektlari o’rganib
chiqildi va shu asosda shevalarning mukammal tasnifi berildi.
E.D.Polivanov o’z tasnifida tildagi ikki holatni ko’zda tutadi: 1)metisatsiya
(qardosh tillarning chatishuvi);
2)gibridizatsiya (turli tizimdagi tillarning chatishuvi).
U shevalarda uchraydigan barcha fonetik o’zgarishlarni hisobga olib, o’zbek
shevalarini bir necha guruhga bo’ladi. Eronlashish nuqtai nazaridan, ya’ni ba’zi
o’zbek shevalarining tiklanish protsessida tojik tilining ishtirokini hisobga olib
quyidagicha guruhlashtiradi.
1.Eronlashgan shevalar.
2.Eronlashmagan shevalar.
Eronlashmagan shevalarga o’zbek-qipchoq (j-lovchi) lahjasidagi va
Farg’onaning singarmonizmli qishloq shevalarini (Saroy, Andijon, Yo’lguzar,
Mankent) kiritadi.
Toshkent, Qo’qon-Marg’ilon, Andijon-Shahrixon tilidagi shevalarda
eronlashish elementlarining mavjudligini qayd qilsa, Buxoro, Samarqand, Xo’jand,


31
O’ratepa tipidagi shevalarni maksimal eronlashgan, ya’ni tojik vokalizmini o’zida
to’la aks ettirgan shevalar deb hisoblaydi.
Eronlashgan va eronlashmagan shevalar o’rtasida eronlashishning
kuchsizlanishi,gibridizatsiya protsessida turkiy elementlarning kuchsizlanishiga ko’ra
eronlashgan shevalarni to’rt tipga ajratadi.
1.Samarqand-Buxoro shevalari. 2-tip. Toshkent tipidagi shevalar (Toshkent va
uning atrofidagi tuman shevalari). 3-tip. Qo’qon-Marg’ilon tipidagi shevalar. 4-tip.
Andijon-Shahrixon tipidagi shevalar va shu tipdagi uyg’unlashgan yoki umlautli
shevalar ham kiritilgan. (Namangan va unga yaqin Chortoq, Uychi, Shohand
shevalari).
E.D.Polivanov tasnifida yana ikki tip shevaga ajratilgan. Bular 6-tip. Shimoliy o’zbek
shahar shevalari tipi, (Turkiston, Chimkent va shu tipdagi ba’zi qishloq shevalari tipi.
(Manket, qorabuloq kabi shevalar).
E.D.Polivanov tasnifiga ko’ra ikkinchi dialekt «o’g’uz lahjasi» bo’lib, o’z
ichiga ikki tip shevani oladi.1-tip. Janubiy Xorazm guruh shevalari (Xiva, Yangi
Urganch, Shovot, G’azovot, Xozorasp, Yangi Ariiq, Xonqa shevalari); shu guruhga
Sho’raxon shevasi alohida bir tip sifatida kiritilgan. 2-tip. Shimoliy o’g’iz guruh
shevalari. (Iqon-Qorabuloq shevalari) Shu guruhga Forish tumanidagi Bog’ot shevasi
ham kiritilgan.
«Qipchoq lahjasi» uchinchi dialekt bo’lib, bu etti tip shevani o’z ichiga oladi:
1-tip. O’rta Xorazm va Shimoliy Xorazm; (Gurlan, Bog’ot, Shoabboz, Xo’jayli,
Qipchoq,Qo’ng’irot, Mang’it tumanlari shevalari).
2-tip. O-lovchi tip; (Qozoq - Nayman, Farg’ona Qoraqalpoqlari).
3-tip.Qurama shevalari; Ohangaron vodiysidagi qurama shevalari.
4-tip. Shimoliy o’zbek shevalari; Turkistondagi So’zoq, Salaqo’rg’on qipchoq
shevalari.
5-tip. O’rta o’zbek; Qirq shevalari va janubiy o’zbek laqay-shevalari va
Afg’onistondagi qipchoq o’zbeklari ham shu guruhga kiradi.
E.D.Polivanov o’zining bir qator ishlarida o’zbek shevalarining tasnifi hali
mukammal emasligini qayd qilib, o’zbek tilshunosligi shevalarning detallashtiruvchi
tasnifga zarur deb ko’rsatadi.
E.D.Polivanovning ayrim nazariy xulosalari to’g’ri emas, chunki u o’z tasnifida va
boshqa tadqiqot ishlarida o’zbek shevalaridagi taraqqiyotni faqat faktorga bog’lab
tekshiradi. O’zbek tili va uning shevalarida ro’y bergan o’zgarishlar tilning asrlar
mobaynida o’z ichki taraqqiyot jarayonining natijasi ekanligini ko’rmaydi. Lekin
uning yozib olgan daliliy materiallari, ayrim til hodisalariga bergan sharhlar juda aniq
va hech qanday e’tiroz tug’dirmaydi. Bu jihatdan E.D.Polivanovning o’zbek
shevalarini o’rganishga bag’ishlangan ko’p ishlari o’zining sifati va ilmiyligi bilan
ajralib turadi.
Uning ishlari hozirgi kunda ham o’zbek shevalarini o’rganishga katta yordam
bermoqda.

Yüklə 441,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə