Ызбек диалектологияси



Yüklə 441,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/75
tarix26.04.2023
ölçüsü441,53 Kb.
#107062
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   75
ozbek dialektologiyasi

Rivojlantiruvchi maqsad:
Turkiy tillar orasida o’zbek tili va shevalarining tasnif
qilinish printsiplari haqida ilmiy-metodik tushuncha hosil qildirish.
Tarbiyaviy maqsad:
Turkiy tillar va uning shevalarini tavsif va tasniflash orqali
talabalarning fikrlash qobiliyatini o’stirish, talabalarda ona tiliga nisbatan mehr
uyg’otish.
Reja:
1.Turkiy tillar tasnifi: akademik V.V.Radlov, A.N Samoylovich, F.E.Korsh,
Bogorodskiy va boshqalar tomonidan qilingan tasniflar.
2.I.I.Zarubin, Ser Ali Lapin, E.D.Polivanov, G’ozi Olim, A.K.Barovkov,
K.K.Yudaxin, V.V.Reshetov tasniflari.
3.O’zbek dialektologiyasining XX asrning 60-yillardan so’nggi yutuqlari haqida.
Milliy istiqlol va o’zbek xalq shevalari ravnaqi masalalari
Tayanch tushunchalar
Etnik-lingvistik tasniflar,etno-genetik tasniflar, territorial-lingvistik tasniflar; o-
lashish masalalari; o-lovchi va a-lovchi shevalar, y-lovchi va j- lovchi shevalar,
eronlashgan va eronlashmagan shevalar,lokalizatsiya labial, lab garmoniyasi,
laqaylar, metisatsiya va gibridizatsiya, umlautli shevalar, o’zbek-qipchoq lahjasi,
qorluq lahjasi, o’g’uz lahjasi, qirq shevasi, qozoq naymanlar, cho’ziq unlilar,
undoshlar assimilyatsiyasi, turkiy komponent, progressiv va regrissiv assimilyatsiya.
1-asosiy savol
 Turkiy tillar tasnifi: akademik V.V.Radlov, A.N Samoylovich, F.E.Korsh,
Bogorodskiy va boshqalar tomonidan qilingan tasniflar.
O’qituvchining maqsadi:
V.V.Radlov, F.E.Korsh, N.A.Baskakov va boshqalar
tomonidan turkiy tillarning o’rganilishi, tasniflari, ular ichida o’zbek tilining o’rni
nufuzi masalasini talabalar ongiga singdirish. Talabalarni ijodiy fikrlashga jalb etish.
IDENTIV O’QUV MAQSADI
1.1.O’tmishda Turkiy tillarning tasnif qilinganligi akademik V.V.Radlov, Zarubin
kabi olimlar asarlarini o’rganish orqali bilib oladi.


27
1.2.Turkiy tillarni uch yo’nalish: etnik, tarixiy-genetik, lingvoterritorial asosidagi
tasniflar isbotlaydi.
1.3.Tasnifning asoslarini va eng muhim tasniflarining saviyasini o’rganadi.
Turkiy tillarning genetikasi, til xususiyati jihatidan o’zaro munosabati
masalasiga olimlar juda qadimdan qiziqib kelganlar. Turkiy tillarni (aniqrog’i turkiy
qabilalarni) birinchi bo’lib tasnif qilgan olim Mahmud Qoshg’ariydir. Turkiy tillar
tasnifi bilan qiziqish XIX asr oxiri XX asrlarda qaytadan boshlandi va ko’pdan ko’p
tasniflar vujudga keldi. Bu tasnif metodlari, oldiga qo’ygan vazifalari, maqsadlari
ham turlichadir. Ulardan ba’zilari murakkab puxta o`rganilgan va ishlangan tasniflar
bo`lsa, ayrimlari u yoki bu jihatdan kamchiliklardan holi emas.
Akademik V.V.Radlov o`zining “Shimoliy Turkiston tillarining fonetikasi”(1882-
1883) degan asarida, asosan, turkiy tillarni tasnif qiladi.
U turkiy tillarni shunday guruhlashtiradi:
1.Sharqiy guruh (oltoy, barabarin, Ob, Yenisyey turklarining tillari). Bu guruhga
kirgan tillarning xarakterli xususiyatlari quyidagicha:
1)(o) unlisi o`zidan so`nggi tor unliga juda kuchli ta’sir etadi:
2) So`z o`zaklarining boshida jarangsiz undoshlarning mavjud bo`lishi: bash-pash>
kabi;
3.Jarangsiz sh, t undoshlaridan keyin unli tovush bilan boshlanadigan qo`shimchalar
qo`shilib kelganda, bu undoshlar jaranglashadi: Masalan, oyrot tilida tishqo’-tiji,
tutqar tudar;
4)So`z oxirida kelgan jarangsiz portlovchi p, q, k undoshlari unlilardan oldin
jaranglashadi.
5) (l ) tovushi qattiq va yumshoqlikda farqlanadi: (l val)va boshqalar
2.G’arbiy guruh (G’arbiy Sibir tatarlarining tili,Qirg’iz, qozoq, boshqird, povolje
tatarlarining tillari
3.O`rta Osiyo guruhi (Yorkent, Chig’atoy tili, shimoliy o`zbek shevasi,Qo`qon
shevasi , Zarafshon vodiysidagi o`zbek shevalari, Buxoro va Xiva shevasi)
4.Janubiy guruh turkman, ozorbayjon, turk(usmonli) va qirim tatarlari tili, deb, to’rt
guruhga bo’ladi. Shunday qilib, V.V.Radlov birinchi bo’lib o’zbek shevalarini tasnif
qilgan olim hisoblanadi. Uning tasnifiga ko’ra o’zbek shevalari olti guruhga
bo’linadi. Chig’atoy, Shimoliy o’zbek, Qo’qon, Zarafshon vodiysi, Buxoro, Xiva
guruhlari.
V.V.Radlov o’zining tasnifida o’zbek shevalarini guruhlarga bo’lib ko’rsatgan bo’lsa
ham, ularning o’z xarakterli xususiyatlari bir-biridan farqi haqida ma’lumot
bermaydi.

Yüklə 441,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə