Ызбек диалектологияси



Yüklə 441,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/75
tarix26.04.2023
ölçüsü441,53 Kb.
#107062
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75
ozbek dialektologiyasi

V.A Bogorodiskiy tasnifi
V.A Bogorodiskiy tasnifi 1921 yilda hozirgi turkiy tillarni geografik joylashuvi va
fonetik xususiyatlarni hisobga olib 7 guruhga bo’lgan. Keyinchalik 1934 yilda u
o’zining ushbu tasnifiga aniqliklar kiritib, uni to’ldirib quyidagicha taqdim etdi.
1.Shimoli-sharqiy guruh: yoqut, karagas, Tuva tillari.
2.Xakas va Abakan guruhi: xakas tili, Abakan lahjasi, sagay, koybal, qizil
shevalari, minusin tatarlari tili.
3.Oltoy guruhi. Bunga oltoy (shor) tili o’z shevalari bilan kiritilgan.
4.G’arbiy Sibir guruhi: chulim, Ishim, Tyumen tatarlari tili.
5.Volga bo’yi va Ural guruhi: tatar va boshqird tillari.


28
6.O’rta Osiyo guruhi: uyg’ur, qozoq, qirg’iz, o’zbek, qoraqalpoq tillari.
7.Janubi-g’arbiy guruh: turkman, ozarbayjon, qumuq, gagauz, turk tillari va
chuvash tili, qorachoy va bolqar tillari.
F.E.Korsh tasnifi
F.E.Korsh o’zining «Klassifikatsiya tyurkskix plemen po yazo’kam» asarida
turkiy tillarni fonetik xususiyatlaridan tashqari, morfologik xususiyatlarni ham
hisobga olib quyidagicha tasnif qilgan.
1.Shimoliy guruh: qirg’iz, qozoq, qo’miq, no’g’oy, qorachoy, oltoy, Volga
tatarlari, Shimoliy Kavkaz tatarlarining tillari.
2.G’arbiy guruh: ozarbayjon, turkman, turk, gagauz, qirim tatarlari tillari.
3.Sharqiy guruh: O’rxun-Yenisey yodgorliklari yozuvi tili, eski uyg’ur tili,
chig’atoy, qipchoq(polevets) kabi o’lik tillar va jonli tillardan karagas va xakas
tillari.
4.Aralash guruh: Bu guruhga yoqut va chuvash tillari va O’rta Osiyodagi ba’zi
tillar kiradi. Bu tillarning har biri o’ziga xos tasnif belgilarga egadir.
A.N.Samoylovich tasnifi
A.N.Samoylovich o’z tasnifida turkiy tillarning mavjud V.V.Radlov va
F.E.Korsh tasnifini birlashtirib, quyidagicha 5 guruhga bo’ladi.
1.Janubi - g’arbiy yoki o’g’uz guruhi. Bu guruhga turkman, ozarbayjon, turk,
gagauz tillari va qrim tatarlarining ba’zi dialektlari hamda o’zbek tilining o’g’uz
lahjasi kiradi.
2.Janubi-sharqiy yoki chig’atoy guruhi. Bu guruhga hozirgi uyg’ur tili, o’zbek
tili va uning bir qator shahar dialektlari, qumandin tili, o’lik chig’atoy tili kiradi.
3.Shimoli - g’arbiy yoki qipchoq guruhi. Bunga tatar, boshqird, oyrot, teleut,
no’g’ay, qirg’iz, qozoq, qoraqalpoq, o’zbek tilining ayrim qipchoq shevalari, qumuq,
qorachoy va qrim tatarlarining ba’zi shevalari kiradi.
4.Shimoli-sharqiy yoki Sibir guruhi. Bu guruhga qadimgi o’rxun, uyg’ur, qarluq
yozuvi yodgorliklari tillaridan tashqarii Tuva, sariq, uyg’ur, qorluq yozuvi
yodgorliklari tillaridan tashqari Tuva, sariq uyg’ur, hakas, shor, kachin, sagay va
yoqut tillari kiradi.
5.Chuvash yoki bulg’or guruhi. O’lik bulg’or va hozirgi chuvash tillari kiradi.

Yüklə 441,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə