Ызбек диалектологияси


G’ozi Olim Yunusov tasnifi



Yüklə 441,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/75
tarix26.04.2023
ölçüsü441,53 Kb.
#107062
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75
ozbek dialektologiyasi

G’ozi Olim Yunusov tasnifi
Professor G’ozi Olim Yunusov o’zi to’plagan juda boy daliliy materiallarga
suyangan holda 1936 yili, E.D.Polivanovning tasnifidan keyin 1936 yilda nashr
etilgan «O’zbek lahjalarining tasnifida bir tajriba» nomli asarida o’zbek shevalarini
uch katta guruhga bo’lib tasnif qildi va shu asosda tasnif holatini ham berdi.


32
1.O’zbek - qipchoq lahjasi.
2.Turk - Barlos lahjasi.
3.Xiva - Urganch yoki o’g’uz lahjasi.
1.O’zbek - qipchoq lahjasi. Bu lahjaga O’zbekistonning Ohangaron, Mirzacho’l,
Samarqand, Zarafshon, Buxoro, Farg’ona vodiysi, Qashqadaryo, Surxondaryo va
boshqa xududlarda yashovchi j-lashgan shevalarning hammasi kiradi. O’zbek -
qipchoq lahjasi to’rt shevaga: Qirq, Jaloyir-laqay, Qipchoq, Gurlan.
2. Bunga hamma shahar va shahar tipidagi shevalarni: Toshkent, Qo’qon,
Namangan, Andijon, Marg’ilon shaharlari va shu shahar atrofida yashovchi o’zbek
shevalari kiritiladi. Bu lahja vakillari Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Zarafshon
vodiysining yuqori qismi, Chimkent, Sayram, O’sh, O’zgan shaharlari va ular
atrofida yashovchi o’zbek shevalari ham shu lahjaga kiritilgan.
G’ozi Olim bu lahjaning asosiy til xususiyatlarini hisobga olib, to’rt guruhga
bo’ladi:
1.Sayram va Chimkent shevasi. Bu lahja o’z ichiga Xiva, Honqa, G’azovot,
Shohobod, Kat, Toshovuz, Eski Urganch, Yangi Urganch, Hazorasp, To’rtko’lda
yashovchi o’zbek shevalarini o’z ichiga oladi. Bu shevaning o’ziga xos xususiyatlari
alohida berilmagan.
2.Toshkent-xos shevasi. Bu shevaning asosiy xususiyatlari: tushum kelishigi
qo’shimchasi -t bilan tugagan so’zlardan keyin -ti:tti. Shuningdek, bu qo’shimcha
so’z oxirida assimilyatsiyaga uchrab, oldidagi undoshga moslashadi: biz-bizzi, istak
fe’li yasovchi –luk: kelayluk. Hozirgi zamon davom fe’li qo’shimchasi -v tt’,
bo’lishsiz kem’y t’pt’.
Shart fe’lining ko’pligi (1 shaxs ) –vuz , -m’z, 2 shaxs -y’z: b’lsay’z. 1 shaxs
o’tgan zamon fe’lining ko’pligi –m’za, - m’z , vuza, -vuz (lduz’). 2 shaxs –’:z (ld’z)
orqali yasaladi.
3. Andijon shevasi.Bu shevaning asosiy xususiyati tushum kelishigi
qo’shimchasi -n’, -ni dan tashqari-t’, -ti, -d’, -di tarzida keladi. Hozirgi zamon
davom fe’li -yap, yep orqali yasaladi : keleyepmen .
4. Namangan shevasi. Bu shevaning asosiy xususiyati hozirgi zamon davom
fe’li qo’shimchasi –ut : kelut’man, bo’lishsizi : kelmutt’man. Bu tasnif ham
o’zbek dialektologiyasi tarixida ancha yaxshi ishlangan tasniflardan biri bo’lib
xizmat qiladi. Lekin bu tasnifda o’zbek shevalarining asosiy xususiyatlari to’la
qamrab olinmagan, shevalarning lingvistik farqlarini ko’rsatuvchi belgilar
berilmagan. Shuning uchun ham bu tasnifni olimlar o’z vaqtida tanqid qilingan.
(I.A.Batmanov tomonidan).

Yüklə 441,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə