Ызбек диалектологияси



Yüklə 441,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/75
tarix26.04.2023
ölçüsü441,53 Kb.
#107062
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75
ozbek dialektologiyasi

 A.K.Borovkov tasnifi
A.K.Borovkov o’zbek xalq shevalarini o’rganishda o’z hissasini qo’shib, xizmat
qilgan olimlardan biri hisoblanadi. U o’zbek shevalarini ikki marta tasnif qilgan.
A.K.Borovkovning birinchi tasnifi 1940 yil «O’zbek adabiyoti va san’ati» jurnalida
«O novo’m uzbekskom alfavite» degan maqolasida e’lon qilingan.
A.K.Borovkov bu tasnifida o’zbek xalq shevalarini fonetik tomondan ikki
guruhga bo’lib ko’rsatadi.
1)o-lashgan shevalar;
2)a-lashgan shevalar.


33
O-lashgan guruh shevasiga shahar shevalari va ular atrofidagi tuman shevalarini
kiritdi (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Kattaqo’rg’on, Andijon, Qo’qon, Marg’ilon,
Qarshi, Jizzax).
A-lashgan guruh shevalariga esa singarmonizmni saqlagan shevalar kiritildi. Bu
guruh o’zbek shevalari y-lashish, va j-lashish xususiyatlariga ko’ra ikkiga ajratiladi:
1) y-lovchi shevalar;
2)j-lovchi shevalar.
O’zbek dialekt va shevalarini guruhlashtirishda A.K.Borovkovning bu tasnifi 1953
yil O’zFA axborotlarining 5-sonida e’lon qilingan. Bu tasnif birinchi tasnifga
nisbatan beqiyos darajada yaxshi tuzilgan. Chunki bunda o’zbek xalq shevalarining
tarixiy taraqqiyotini fonetik, leksik, morfologik xususiyatlari hisobga olingan.
Ana shularga ko’ra o’zbek xalq shevalarini 4 katta guruhga bo’lib ko’rsatgan:
1)O’rta o’zbek dialekti. Bu dialektga 2 guruh sheva kiritilgan:
a)O’rta O’zbekiston shevasi (Toshkent, Samarqand, Buxoro va Farg’ona tipidagi
shevalar); unlilar miqdori 6-7 tadan iborat. So’zlarning birinchi va keyingi
bo’g’inlarida ochiq o fonemasi ishlatiladi.
b)shimoliy o’zbek shevasi (Chimkent, Sayram, Jambul,Marki va Janubiy
Qozog’istonning ba’zi bir o’zbek shevalari). Unlilar 8 ta fonemadan iborat. Bu guruh
shevalarda o o’rnida a qo’llanadi.
2.Shayboniy-o’zbek yoki j-lovchi dialekt. Bunga hamma j-lashgan shevalar kiradi.
Bu shevalarda unlilar 8-9 ta
3.Janubiy Xorazm dialekti. Bunga Xonqa, Hazorasp, Shovot, Yangiariq, G’ozovot,
Sho’raxon va unga yondosh bo’lgan shevalar kiritilgan. Bu shevalarda unlilar soni 9
ta.
4.Alohida guruh shevalari. Bunga yuqoridan 3 ta guruh kirmagan shevalar
(Qorabuloq, Iqon, Mankent, Bog’don) va «umlautli» (Namangan) shevalari kiritilgan.
Bu tasnif o’zbek dialektologiyasining eng yaxshi tasniflaridan biridir.

Yüklə 441,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə