47
Identiv o’quv maqsad:
2.1. Undosh tovushlarning shevalararo farq qiluvchi o’ziga xos tomonlarini farqlaydi.
2.2. O’zbek xalq shevalaridagi undosh tovushlarning adabiy til bilan taqqoslaydi.
2.3. O’zbek tilining uch komponenti: Qorluq, qipchoq, o’g’uz lahjalaridan iborat
ekanligi xususida chuqur tasavvurga ega bo’ladi.
Bir – biridan printsipial farq qiladigan undosh fonemalarning
miqdori va ularning
sifat jihatdan xarakteristikasiga ko’ra y-lovchi shevalar o’zbek adabiy tiliga
birmuncha yaqin turadi…
Lekin Toshkent tipli y-lovchi shevalarda mavjud bo’lmagan, j-lovchi va
singormanizmli shevalarda mavjud bo’lgan [x] fonemasi bundan mustasnodir.
Janubiy Xorazm shevalaridagi [k.g] undoshlari ham birmuncha o’ziga xos
xususiyatlarga ega. Til orqa [n] tovushi ham shevalararo bir xil emas.
Barcha j-lovchi shevalardagi undosh fonemalar sistemasini deyarli bir xil.
Chuqur til orqa [x] tovushining sifat jihatdan xarakteristika va
bu tovushning mavjud
bo’lish-bo’lmasligi bilan j-lovchi shevalar bir-biridan farq qiladi. Konsonantizm
jihatdan j-lovchi shevalar qipchoq gruppasidagi turkiy tillarga, xususan qozoq,
qirg’iz, qoraqalpoq tillariga yaqin turadi.
[y] fonemasi y-lovchi shevalarga nisbatan j-lovchi shevalarda kam qo’llaniladi,
chunki bu shevalarda qadimgi turkiy [y] lovushi so’z boshida [j] bilan almashadi.
O’zbek adabiy tili barcha shevalardan ayrim fonemalarga [f, j, k] egaligi bilan farq
qiladi. Bulardan [f] fonemasi faqat Samarqand – Buxoro shevalardagina mavjud.
[f] fonemasi ba’zan tarixan qabul qilingan so’zlarda uchrasa,
barcha sheva vakillari
talaffuzida [p] fonemasiga aylanadi, shuningdek, ruscha [j] tovushi ham,
asosan [j] (dj) tarzida talaffuz qlinadi. O’zbek shevalarida quyidagi undosh tovushlar
bor:
1. Lab undoshlari: p, b, (f), v, m.
2. Til oldi undoshlari: t, d, s, z, ch, (j), sh, j, n, l.
3. Til o’rta: y
4. Til orqa: k, g, n, q, g’, x.
5. Bo’g’iz undoshi: h.
Dostları ilə paylaş: