Journal of new century innovations wsrjournal com Volume – 10 Issue-3 August 2022


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 10,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/87
tarix20.01.2023
ölçüsü10,02 Mb.
#98854
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87
67-56-PB

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
WSRJournal.com


Volume-10_ Issue-3_August_2022 
58 
Tartibga soluvchi (xodim). Transport va piyodalar oqimining ko‘payishi tartibga 
soluvchiga qiyinchilik tug‘dirdi. Buning ustiga har bir chorrahaga tartibga soluvchini 
qo‘yish juda mushkul ish. Keyinchalik transport harakati juda ko‘p bo‘lgan yo‘llar 
kesishgan joylarga svetoforlar o‘rnatilgan, natijada tartibga soluvchi (shaxs)ning ishini 
ancha yengillashtirgan. 
Svetofor. «Svetofor» grekcha so‘z bo‘lib, «yorug‘lik tarqatuvchi» degan ma’noni 
anglatadi. Elektr svetoforlar 1914-yil Amerika Qo‘shma Shtatlarida, dastlab 
Klivlendda, keyin esa Nyu-York va Chikago shaharlarida paydo bo‘lgan. Ularda faqat 
ikkita yoritkich, ya’ni qizil va ko‘k yoritkichlar yonar edi. Ogohlantiruvchi sariq chiroq 
o‘rniga tartibga soluvchi shu vazifani bajarib turar va hushtak bilan haydovchilar
aravalar va piyodalarni bir yoritkichdan ikkinchisiga o‘tish to‘g‘risida ogohlantirar edi. 
1918-yildan svetoforlar Yevropa shaharlari ko‘chalarida ham paydo bo‘ldi. 
Moskvada yo‘l harakatini tartibga solish uchun mo‘ljallangan birinchi qurilma 1924-
yilda Kuznetskiy Most va Petrovka ko‘chalari kesishgan chorrahada paydo bo‘ldi. Uch 
yildan so‘ng Strastkiy (hozirgi Pushkin) maydonida temir yo‘l svetoforlariga o‘xshash 
ikkita svetofor o‘rnatildi. 
Dunyodagi birinchi avtomatik svetofor Angliyaning Lids shaharidagi Parkroy va 
Bond-strit ko‘chalari chorrahasida 1928-yilda paydo bo‘ldi. «Elektropolismen»da 
o‘sha vaqtda (u shunday nomlanardi) qizil va ko‘k ko‘rsatkich 28 sekund yonardi. 
Yo‘l belgilari. XIX asrning oxirlarida birinchi yo‘l belgilari ilk avtomobillar bilan 
birga paydo bo‘la boshladi. 1909-yilda Parijda o‘tkazilgan birinchi xalqaro 
konferensiyada harakatlanish xavfsizligining asosiy tamoyillari va avtomobillarga 
qo‘yiladigan asosiy talablar qabul qilindi. Unda yo‘l belgilariga taalluqli tavsiyalar 
ham qabul qilindi. 
Mustaqilligimizdan keyin 1968-yilgi Vena Konvensiyasi talablariga asosan «Yo‘l 
harakati qoidalari» 1994-yilda ilk bor o‘zbek tilida qabul qilindi. Keyinchalik bu qonun 
qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2000-yil 11- dekabrdagi 472-sonli Qarori bilan tasdiqlanib, 2001-yil 1-mart kunidan 
kuchga kiritildi. Qoidalarining asoslaridan biri bo‘lgan yo‘l belgilari transport 
vositalarining haydovchilariga, piyodalarga va umuman barcha 



Yüklə 10,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə