Journal of new century innovations wsrjournal com Volume – 10 Issue-3 August 2022


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 10,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/87
tarix20.01.2023
ölçüsü10,02 Mb.
#98854
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   87
67-56-PB

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
WSRJournal.com


Volume-10_ Issue-3_August_2022 
55 
aksariyati oylar, yillar davomida birgina ma’nan eskirib ketgan ma’ruzadan foydalanib, 
o‘qituvchilarga dars o‘tib kelishmoqda. Bugun buni sir tutolmaymiz. 
Xullas, muammoni yuzaga keltiruvchi sabablar bisyor. Milliy va xalqaro ta’lim 
tajribasiga asoslangan holda ikkita yechim orqali yuqoridagi muammoni bartaraf 
etishga dastlabki qadamni qo‘yish mumkin, degan xulosaga keldik. Quyida ular bilan 
tanishishingiz mumkin: 
Avvalo, tarix o‘qitish metodikasi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda 
oliy ta’limda o‘qitiladigan o‘quv fanlari tarkibini tubdan qayta ko‘rib chiqib, faqatgina 
mutaxassislik fanlarini yangicha yondashuv asosida samarali o‘qitishni tashkil etgan 
holda o‘qish muddatini to‘rt yildan uch yilga qisqartirishga erishish mumkin. Bunda 
mutaxassislik fanlari jami o‘quv fanlari tarkibining 80 foizini tashkil etishi maqsadga 
muvofiqdir. Qolaversa, har bir fanni o‘qitishda ma’ruza mashg‘ulotlari fan uchun 
ajratilgan o‘quv soatlarining 25 foizni, amaliy mashg‘ulotlar — 25 foiz, mustaqil ta’lim 
— 25 foiz, pedagogik amaliyot — 25 foizini tashkil qilishi lozim. 
Tarix o‘qituvchilari uchun milliy metodik ta’minot manbasi yaratilishi zarur. 
Ular o‘quv qo‘llanma, xrestomatiya, elektron yoki bosma metodik vosita, veb-sayt 
ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Mazkur metodik ta’minot manbalaridan foydalanish oliy 
ta’lim muassasalarida o‘qish jarayonidayoq bo‘lajak mutaxassislar tomonidan 
o‘zlashtiriladi. Keyinchalik davriylik asosida ushbu metodik ta’minot manbalari 
yangilab boriladi. Metodik ta’minot manbalarini yaratishda har bir ta’lim (o‘qitish) 
metodini alohida tasnif asosida tavsiflashga e’tibor qaratilishi lozim (bu jarayon 
qo‘shimcha tadqiqotlarni talab etadi). Chunonchi, metodlar sodda va ravon tilda 
muayyan misollar orqali tushuntirilishi muhim. Chunki ko‘pchilikka mavhum ilmiy 
uslubda biror-bir misollarsiz, tavsiyalarsiz yoritilgan o‘qitish metodlaridan ta’lim 
jarayonida foydalanish undan ko‘zlangan samaraga erishishga to‘sqinlik qilishi 
mumkin. 
Ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga ahd qilgan ekanmiz, unga noan’anaviy 
yondashuvlarni joriy etishdan cho‘chimaslik zarurligini ta’kidlagan bo‘lar edik. Zero, 
ta’lim tizimi taraqqiyotining bugungi darajasi kelajakda mamlakat taqdiri kimlarning 
qo‘lida bo‘lishiga ishoradir . 



Yüklə 10,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə