JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
WSRJournal.com
Volume-10_ Issue-3_August_2022
53
TARIX FANINI O`QITISHDA TA`LIM TIZIMIDAGI MUAMMOLAR
HAMDA ULARNING YECHIMLARI
Karimova Firuza Zoirovna
Navoiy viloyati Navbahor tumani 8-umumiy o'rta ta'lim maktabi
Tarix va huquq fani o'qituvchisi
Annotatsiya
: Ushbu maqolada hozirgi kunda tarix fanini o`qitishda ta`lim
tizimidagi muammolar hamda ularning yechimlari haqida so`z yuritilgan.
Kalit so`zlar
:
tarix fani, ilmiy-tarixiy haqiqat, pedagog kadrlar, ta’lim tizimi,
tarix o‘qitish metodikasi, MOI, metodologiya.
Bugungi kunda tarix fani sohasida ta’lim olayotgan talabalar tarixga oid
asarlardan foydalanish, ularni tahlil etish kabi o‘zlashtirish uslublari, ulardan
foydalanish samaradorligini bilish haqidagi tarixiy tadqiqot uslublari va ilmiy-tarixiy
haqiqatga erishish yo‘llarini anglashi lozim.
Hozirgi vaqtda tarixchi mutaxassislarni tayyorlashda va ularning ilmiy tadqiqot
malakasini shakllantirishda tarix fanining turli tadqiqot uslublari va yondashuvlari
haqida yetarli bilim berish va ularning tarixiy tadqiqotlar jarayonida to‘g‘ri va ilmiy,
tarixiylikka asoslangan xulosalarni chiqarishga yo‘naltirish bugungi kun tarix
o‘qitishning asosiy vazifalaridan biriga aylandi. Bu borada 0 ‘zbekiston
Respublikasining Birinchi Prezidenti LA.Karimovning quyidagi fikrlari alohida
ahamiyat kasb etadi: «Yomon tomoni shundaki, subyektiv fikr yuquvchan bo‘ladi.
Chuqur tahlil, mantiqqa asoslanmagan biryoqlama fikr odamlarni, eng avvalo, tarix
o‘qituvchilarini chalg‘itadi. Ular eshitganlarini haqiqat shu ekan, deb o‘quvchilarga
ham yetkazishadi. Faqat bahs, munozara, tahlil mevasi bo‘lgan xulosalargina bizga
to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishi mumkin.
Bugungi kunda O‘zbekistonda ta’lim bosqichlari, qolaversa, ta’lim va ishlab
chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning yo‘qligi dolzarb muammoga aylanib
ulgurgan. Mazkur muammoning ildizi ayni masalada yetarlicha tadqiqot ishlari olib
|