Kimyoviy texnologiya


Bunda  m 0  – ajralib chiqqan modda massasi;  J



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/60
tarix26.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#130863
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   60
Uslubiy qollanma Lab Kimyoviy texnologiya fanidan Ximiklar uchun

 
Bunda 
m
0
 –
ajralib chiqqan modda massasi; 

–tok kuchi, Amper; 
𝝉 −
tokni o`tish vaqti, soat; 
Ce 
–metallning ekvivalent og`irligi. 
Mavzu yuzasidan nazorat savollari: 
1.
Elektrokimyoviy jarayonlar va ular asosida ishlab chiqarish 
jarayonlari. 
2.
Faraday qonunlari, Faradey soni, elektrokimyoviy ekvivalent. 
3.
Elektrokimyoviy ishlab chiqarishning iqtisodiy jihatdan afzalligi. 
4.
Xlor va ishqorning osh tuzining suvli eritmasi elektroliz usuli bilan 
olish. Jarayonning fizik –kimyoviy asoslarini tushuntiring. 
5.
Osh tuzining suvli eritmasini elektrolizi uchun qurilmalar sxemasini 
tushuntiring. 
6.
NaCl suvli eritmasini qattiq katodli elektrolizyorda elektroliz 
qilishning optimal sharoitlari. 
7.
Suyuqlanmalar elektrolizining eritmalar elrtroliziga nisbatan afzalligi. 
8.
Tuzlar suyuqlanmalarini elektroliz qilib metallar olish. 
9.
Noorganik vaorganik kimyo sanoati uchun eritmalar elektrolizi xom 
ashyo sifatida. 
10.
Gasparyan usuli bo`yicha xlorovodorod absorbsiyasi. 
11.
Nima uchun metall maxsulotari nikellanadi. 
12.
Nikellashni qaysi usullarda olib boorish mumkin. 
13.
Nikellashning kimyoviy usullari. Uning afzalligi va kamchiligi. 
14.
Nikellashning elektrokimyoviy usuli. Nikellashda boradigan elektrod 
jarayonlari. 
15.
Nikellash uchun ishlatiladigan elektrolitlarning tarkibi. 
16.
Tok bo`yicha unum. Ularga bog`liq bo`lgan amallar. 
17.
Nikelli qoplamaning sifati. Sifatli qoplamani olish sharoitlari.


48 
YOQILG`I TURLARI, ULARNI QAYTA ISHLAH TEXNOLOGIYASI 
Yoqilg`i deb ichida sodir bo`ladigan jarayonlar tufayli energiya manbaiga 
aylangan bir –yoki ko`p komponentli sistemaga aytiladi.Yoqilg`ini ishlatish 
vaqtida unda sodir bo`ladigan jarayonlarning tabiatiga qarab yadroviy va kimyoviy 
turlarga bo`linadi. 
Yodro yoqilg`ilarida energiya og`ir elementlarning yadrolarini bo`linishi 
natijasida, yengil elementlarning yadrolari o`rtasida boradigan termoyadroviy 
sintez vaqtida ajraladi. 
Kimyoviy yoqilg`ilarda energiya, ularda sodir bo`ladigan ekzotermik oksidlalanish 
–qaytarilish reaktsiyalar natijasida ajralib chiqadi. 
Kimyoviy yoqilg`ilar: 
1.
Kelib chiqishiga qarab tabiiy (toshko`mir, neft, tabiiy va yo`ldosh gazlar, 
torf, yonuvchi soletslar), sun`iy yoki sintetik (koks,motor yoqilg`isi, texnologik 
gazlar). 
2.
Agregat xolatiga qarab qattiq, suyuq, gazsimonga bo`linadi. 
3.
Tarkibiga qarab unitary (bir kompanentli), ular yoqilg`i va oksidlovchi vir 
fazali bo`ladi (ballistitli porox) va ko`p komponentli, ularda yoqilg`I va 
oksidlovchi, texnologik gazlar). 
4.
Vazifaiga qarab yoqilg`i energetic (issiqlik stansiyalarida issiqlik va elektr 
energiya ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan) va texnologik yoqilg`iga 
(texnologik jarayonlarni yaratish uchun ishlatiladigan) bo`linadi. 
Barcha tabiiy kimyoviy yoqilg`ilar yonuvchan massadan, mineral moddalardan va 
suvdan tashkil topgan. Undagi namlik yo`qotilganidan so`ng suvsizlantirilgan 
yoqilg`i olinadi. Yoqilg`ining yonuvchan qismitarkibida uglerod va vodorod 
(organic massa) va oltingugurtning oksidlovchi birikmalri( organic va noorganik 
sulfidlari) bo`ladi. Yoqilg`ining mineral moddalariga yondirilganda ul hosil 
qiladigan metallarning turli tuzlari (karbonatlar, silikatlar,sulfatlar va b.) kiradi. 
Neft deb Yerning litosfera qatlamida keng tarqalgan qazib olinadigan suyuq 
yoqilg`iga aytiladi.tarkibidagi uglevodorodlarning sinfiga qarab neft parafinli, 
paraffin-neftenli, neftelli, paraffin-naften-aramotik, naften-aromatik, aromatikka 
bo`linadi. 
Neftning uglevodorodsiz qismiga turli kislorodli (fenollar, naften kislotlar
geterotsiklar), azotli (piridin va xinolin hosilalari, aminlar) va oltingugurt (tiofen, 
tiospirtlar, tiofirlar) birikmalar kiradi. Tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab 
neft: 


49 
-oltingugurti kam bo`lgan (0,5% gacha): 
-oltingugurtli (0,5-2,0% gacha): 
-mo`l miqdordagi oltingugurtli (2,0 %dan ko`p) turlarga bo`linadi. 
Neftdagi mineral aralashmalar tarkibida turli tuzlar, qum va loyning mexanik 
aralashmalari, emulgurlangan suv bo`ladi. Oz miqdorda vanadiy, nikel, titan, 
germaniy va b. bo`lishi mumkin. 
Detonatsiya deb dvigateldagi yoqilg`ini yonish rejimiga aytiladi. Bunda 
alanga fronti oldida turgan yoqilg`i bir lag`zada alangalanadi, natijada alangani 
tarqalish tezligi 1500-2500 m/s etadi. Bu tsilindrdagi bosimning keskin ortib 
ketishiga va zarbali detonatsion to`lqinni paydo bo`lshiga sabab bo`ladi. 
Detonatsiya rejimida dvigatel quvvati pasayadi, yoqilg`I sarfi ortadi, detallar tez 
yemiriladi. Detonatsiyaga chidamlilik o`lchovi sifatida oktan soni olingan. 
Oktan soni deb izooktanni (2,2,4 –trimetilpentan) n-geptan bilan 
aralashmasidagi hajmiy foizlarda olingan ulushning miqdoriga teng shartli o`lchov 
birligiga aytiladi. Bunda izooktanning oktan soni 100 ga, n-geptanniki 0 ga teng. 
Neftni birlamchi qayta ishlash, uni uglevodorodlar aralashmasidan iborat 
bo`lgan alohida fraktsiyalarga ajratishdan iborat (distillyatar). 
Neftni ikkilamchi qayta ishlash vaqtida neft maxsulotlari tarkibidagi 
uglevodorodlarda destruktiv o`zgarishlar sodir bo`ladi, natijada ularning tabiati 
o`zgaradi, ya`ni kimyoviy jarayonlar sodir bo`ladi. 
Neftni ikkilamchi qayta ishlash usullariga kreking (oson qaynovchi 
fraksiyalarni unumini oshirish jarayonlar), reforming (xom ashyoni uglevodorodli 
tarkibini o`zgartirish jarayonlar), alkillash (individual uglevodorodlar sintez qilish), 
gidrotozalash (neft maxsulotlaridan aralashmalarni yo`qotish) usullarini misol qilib 
ko`rsatish mumkin. 
Yer ostidan qizib olingan xom neft tarkibi yo`ldosh gazlar (50-100 m
3
/t), suv 
(200-300 kg/t), suvda erigan mineral tuzlar (10-15 kg/t) bo`ladi, ular neftni tashish, 
saqlash, qayta ishlash vaqtida salbiy ta`sir ko`rsatadi. Shuning uchun neftni qayta 
ishlashga tayyorlash jarayoni quyidagi operatsiyalardan iborat: 
Yo`ldosh gazlarni yo`qotish yoki neft stabillashtirish; 
- Neftni tuzsizlantirish; 
- neftni suvsizlantirish, 


50 
Neftni birlamchi, ya`ni to`g`ridan to`g`ri hadash tarkibidagi uglevodorodlar 
aralashmasini ajratishga asoslangan bo`lib, rektifikatsiya usulida qaynash 
xaroratlari farq qiladigan alohida distilyatlarga ajratish usuliga asoslangan. Qazib 
olingan neftning hammasi rektifikarsiya qilinadi. To`g`ridan to`g`ri haydash 
natijasida olingan mahsulotlarning tarkibi va unumi jaryon turiga va neftning 
tarkibiga bog`liq bo`ladi. Jadvalda neftni rektifikatsiya qilish natijasida olingan 
ditillyatlarning jarayonning yoqilg`i-moy variantiga qarab chiqqan unumi 
keltirilgan. 
14-jadval 

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə