Mahsulotlari tovarshunosligi


Qandolatchilik mahsulotlarining turlari. Meva va rezavor mevali qandolat mahsulotlari



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə55/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

Qandolatchilik mahsulotlarining turlari. Meva va rezavor mevali qandolat mahsulotlari


Meva-rezavor mevali qandolat mahsulotlari yangi mevalar va ularni qayta ishlash natijasida olinadigan, ya’ni meva suvlari, sharbatlari, bo‘tqalaridan qand, xushbo ‘ylantiruvchi va bo‘yoq moddalari, organik kislotalar qo‘shib ishlab chiqa- riladigan mahsulotlardir. Bunday mahsulotlarning assortimenti juda xilma-xil. Ularga marmelad, pastila, murabbo, povidlo, jem, sukat va jele mahsulotlari kiradi. Qandli qandolat mahsulotlari orasida bu mahsulotlar yuqori biologik qimmatga ega ekanligi bilan ajralib turadi, chunki ularni ishlab chiqarishda darmondori, mineral moddalar, pektinlar, fermentlarga boy bo‘lgan xomashyolar ishlatiladi.
Meva-rezavor mevali qandolat mahsulotlarining yuqori energiya berish qobiliyati ularning tarkibida qand moddalarining miqdori juda yuqoriligi bilan tavsiflanadi. 100 g meva-rezavor mevali qandolat mahsulotlarining energiya berish xususiyati 1100—1500 kJ ga tengdir.

Karamel mahsulotlari


Karamel qandolat mahsulotlarining eng ko‘p tarqalgan turlaridan biri hisoblanadi.
Karamellar turiga qarab faqat karamel massasidan yoki karamel massasi hamda nachinkadan tashkil topgan bo‘lishi mumkin.
Shakar va patoka karamel massasini tayyorlash uchun asosiy xomashyolar hisoblanadi. Ko‘pchilik hollarda 100 qism shakarga 50 qism patoka olinadi. Patoka, asosan, kristallanishga yo‘l qo‘ymaydigan vosita hisoblanadi. Patokasiz amorf holidagi karamel massasini olib bo‘lmaydi. Karamel massasining xususiyatlariga patoka miqdori katta ta’sir ko‘rsatadi. Karamel massasida patoka miqdori kam bo‘lsa, mahsulot kristallashib qoladi, ko‘p bo‘lganda esa massaning gigroskopiklik xususiyati oshib, karamel ochiq havoda erib ketadigan bo‘lib qoladi. Bunday karamellarni esa uzoq saqlab bo‘lmaydi. Karamel massasini olish uchun, avvalo, shakar suvda eritilib, sharbat tayyorlanadi. Karamel sharbati tarkibida shakarning miqdori 85% ga yaqin bo‘ladi.
So‘ngra sharbat maxsus vakuum jihozlarda quruq modda- ning miqdori 96— 97% ga yetguncha qaynatiladi. Patoka shakar sharbatiga qaynatish jarayonining oxirida qo‘shilishi maqsadga muvofiq.


Shokolad. Shokolad kakao dukkaklaridan tayyorlangan xom- ashyoga shakar, har xil xushbo‘y va lazzatli moddalar qo‘shib yoki qo‘shmasdan ishlab olinadigan mahsulotdir. Shokoladda
30— 37% yog‘, 6—8% oqsil, 47—63% qand, 2—4% kraxmal, 1,0—1,5% mineral moddalar, 0,6% organik kislotalar, 0,4% teobromin va birmuncha B1, B6, E darmondorilari bo‘ladi. Suv miqdori juda kam (1,0—1,5%) bo‘lganligi uchun yuqori to‘yimli mahsulot hisoblanadi. 100 g shokoladning kaloriyasi o‘rtacha 2260—2330 kJ ni tashkil etadi.

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə