Maktabgacha ta’lim fakulteti ‘‘Himoyaga ruhsat etilsin’’


Maktabga tayyorlov guruhlarida bolalarni matematik tasavvurlarni rivojlantirishning umumlashtiruvchi bosqich natijalari



Yüklə 453,41 Kb.
səhifə24/28
tarix22.03.2024
ölçüsü453,41 Kb.
#180824
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
РАХБАРОЙ ОХИРГИ ВАРИАНТ.ДОГ. (3)

Maktabga tayyorlov guruhlarida bolalarni matematik tasavvurlarni rivojlantirishning umumlashtiruvchi bosqich natijalari
3.2.3 -jadval



Boshlang’ich matematik tushunchalarni bilish darajalari

Guruhlar

Yuqori daraja

O‘rta daraja

Past daraja

1

Sanoq va miqdor
bo‘limini tashhis qilish

Tajriba

35%

40%

25%

Nazorat

45%

35%

20%

2

Kattalik bo‘limini tashhis qilish

Tajriba

37%

30%

33%

Nazorat

50%

30%

20%

3

Geometrik shakllar
bo‘limini tashhis qilish

Tajriba

35%

38%

27%

Nazorat

45%

35%

20%

4

Fazoviy tasavvurlar
bo‘limini tashhis qilish

Tajriba

33%

35%

32%

Nazorat

50%

30%

20%

5

Vaqt bo‘yicha mo‘ljal
olish bo‘limini tashhis qilish

Tajriba

36%

38%

26%

Nazorat

45%

30%

25%




Jami

Tajriba

45%



35%

20%

Nazorat

55%

30%

15%


Yuqorida o’tkazilgan tajriba sinovi bo’yicha bolalarning natjilari.
Yuqori (86-100%) darajaga matematik faoliyatlardan ijobiy taassurotg ega faoliyt jarayonida faol, mustaqil fikrlaydigan va tog‘ri xulosa chiqaradigan bolalar kiritildi
O‘rta (71-85%) darajaga matematik faoliyatlardan qoniqarli taassurotg ega faoliyt jarayonida faolammo matematik tushunchalarni mustaqil bajarishda biroz to‘siqlarga duch keladigan bolalar kiritildi.
Past (55-70%) darajaga matematik faoliyatlarga qiziqishi sust va mustaqil bajara olmaydigan bolalar kiritildi. Tajriba sinov natijalarni quyidagi jadvalda aks etdi:

Bilim darajasi

Tajriba guruhi

Nazorat guruhi

Bolalar soni

%

Bolalar soni

%

Yuqori

9

45%

8

40%

O’rta

9

45%

7

35%

Past

2

10%

3

25%


Olib borilgan tajriba-sinov ishlari natijalari asosida bolalarning matematik tasavvurlar rivojlanish darajasi aniqlandi. Natijalarni tahlil qilganda, maktabgacha yoshdagilarning matematik tasavvurlarini turli usullar vositasida rivojlantirishdagi ijodiy dinamikasi belgilandi: yuqori daraja 15%ga ortdi va o‘rta hisobda 40%ni tashkil etdi. O‘rta daraja ulushi 10%ga kamaydi, matematikaning past darajasini ko‘rsatgan bolalar aniqlanmadi.


III BOB YUZASIDAN XULOSA
Mazkur bobda tajriba sinov ishlarini tashkil etish, o‘tkazish, olingan natijalarni matematik-statistik tahlil qilish va uni o‘tkazish ishlari tahlil etildi. Tadqiqot jarayonida hamda tajriba sinov ishlaridan olingan natijalar samarali bo‘ldi. Maktabgacha tayyorlov guruhi bolalarining matematik tasavvurlarini rivojlantirishda bir qator ta’lim texnologiyalaridan unumli foydalanildi. Natijalar uslubiy ishlanmalar asosida amaliyotga tadbiq etildi.Tajriba sinov jarayonida matematika (individualmaindividual, guruhli, jamoaviy) mashg‘ulotlarida bolalarga nafaqat muayyan vazifalarni hal etish, balki, ularni foydali imkoniyatlar bilan tanishtirish, qurishyasash va konstruksiyalashda improvizatsiya qilishga o‘rgatish orqali yaxshi natijalarga erishildi. Faoliyatlarda bolalarga turli darajadagi murakkab, oddiy usullardan tortib, xususiyati va xarakteri bo‘yicha yangi texnologik konstruksiya va arxitektur binolarining maketlari yaratish bo‘yicha ijodiy topshiriqlar berib borildi. Bolalar matematik faollikni rivojlanish darajasi natijalari ijobiy dinamikaga ega bo‘ldi, yaxlit olganda, nazorat bosqichida matematik faollikning rivojlanish darajasi sezilarli ortdi. Shubhasiz, faraz tasdiqlandi: interfaol usullar orqali matematik tasavvurlarni rivojlantirish tayyorlov guruh bolalarida matematik faollikning rivojlanishida samarali vosita bo‘ldi. Chunki, bolalarga matematik amallarni o‘rgatish bo‘yicha mashg‘ulotlar tizimli tarzda olib borildi. O‘quv yili davomida matematika mashg‘ulotlari natijaviyligining ko‘rsatkichlari maktabgacha yoshdagilarning har xil tadbirlar (faoliyat markazlarida ishlash, konkurslar, festivallar va h.k.)da ishtiroklari bo‘lishi mumkin. Tadqiqotning maqsadiga erishildi va vazifalari tugal bajarildi.
Ushbu tajriba-sinov dasturi asosida o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari maktabga tayyorlov guruhlarida bolalarni matematik tasavvurlarni, ko’nikmalarini shakllantirish muhim pedagogik muammolardan biri ekanligini asoslab beradi. Fikrlash malakalarini rivojlantirish bo’yicha qilingan tahlil rejalari va dasturlari, qilingan ishlarning xulosalari mustaqil yoritib berilgan.
1. 6-7 yoshdagi bolalarni katta hayotga tayyorlashda Maktabga tayyorlov guruhlarida bolalarni matematik tasavvurlarni rivojlantirishning sistemaliligi, aqliy faoliyatni shakllantirish va ta’lim-tarbiya faoliyati uchun kerakli tarqatma va ko’rsatma materiallar, guruh xonasida ijodiy muhit yaratishning modellari hamda tarbiyalanuvchilarda mantiqiy fikrlash jarayonlarinin rivojlantirish bo’yicha mezon ishlab chiqildi.
2. Maktabgacha ta'lim uchun yaratilgan O‘zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga tayangan holda maktabga tayyorlov guruhlarida bolalarni matematik tasavvurlarni rivojlantirish bilim, ko‘nikma va malakalari asosida yangicha ta'lim berish ishlarini yo‘lga qo‘yish.
3. Davlat talablari asosida yaratilgan takomillashtirilgan «Ilk qadam» o‘quv dasturida berilgan ko’rsatkichlarning eng kichik qismi sifatida qarab, ta’lim-tarbiya jarayoniga to’gri, soddadan murakkabga qarab berib boriladi.
Olingan natijalardan samaradorligini o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, hamda statistik hisob natijalariga ko‘ra tajriba guruhidagi o‘zlashtirish nazorat guruhidagi o‘zlashtirishdan yuqori ekanligi aniqlandi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarining samaradorligi o‘rtacha sezilarli oshganligi haqida to‘g‘risida xulosaga kelish mumkin.

UMUMIY XULOSA
Maktabga tayyorlov guruhlarida matematik ta’limni rivojlantirishning zamonaviy texnologiyalari bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba sinov natijalar asosida quyidagi xulosalar aniqlandi:
1. MTTda bolalarning bolalarda matematik ko’nikmalarini shakllantirishning hozirgi ahvoli o’rganib chiqildi, bajariladigan ishlar tahlil qilindi. Bolani katta hayotga tayyorlashning sistemaligi ko’rib chiqildi. Shu asosda ularga oid o‘quv jarayonini tashkil qiluvchi shart-sharoitlar aniqlandi.
2. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish ko’nikmalarini shakllantirishda elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish muammolariga bag’ishlangan psixologik-pedagogik tadqiqotlar tahlili mazkur jarayonning asosiy didaktik funksiyalarining umumiyligini aniqlashga imkon berdi.
3. Bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish ko’nikmalarini shakllantirishda fikrlash jarayonini faollashtiradi va tezlashtiradi, yangi ko’nikma va malakalarni o’stirishga yordam beradi.
4. Ish natijalari shuni ko‘rsatdiki, o‘yinlar va interaktiv usullar bolalarning matematik qobiliyatini rivojlantirishga, “Ilk va maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishga matematikada keng mo‘ljal olish va matematik taassurotlar zahirasining to‘planishiga sharoit yaratadi.
5. Tadqiqot jarayonida belgilangan qoidalar sinovdan o‘tkazildi va pedagogik kuzatuv, suhbatlar tashkil etildi.

Yüklə 453,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə