Mark tven tom soyerning boshidan kechirganlari qiss a



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə11/40
tarix30.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#164326
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40
TOM SOYERNING boshidan kechirganlari

QABRISTONDAGI FOJIA

Shu kecha Tom bilan Sid ikkovlari har safargidek, soat to'qqiz yarimda uxlashga ketdilar. Sid darrov uxlab qoldi, Tom esa nxlamasdan, chidamsizlik bilan signalm kutib yotdi. U bezovtalanib o'ziga joy topa olmas, uning nazarida go'yo hademay tong otib qolayotgandek tuyular edi. Biroq shu vaqt u soat o'nni ko'rsatib bong urganligini eshitdi. Uning diqqat bo'lishi ham o'rinsiz einas edi. U shu paytda dam-badam ag'dai'ilib, oyoq-qo'llarini ham qo'zg'ata olmas, chunki Sidning uyg'onib qolishidan qo'rqar edi. Shunmg uchun, u qorong'ilikda ko'zi ochiq holda tinch yotar edi. Tevarak-atrofda jimjitlik hukm surar edi. Keyin sekin-asta bir xil ohangda tovushlar eshitila boshlagandek bo'ldi. Hammadan oldhi soatning c hiqillashi, keyin eski to'sin yog'ochlarning sirli ravishda qasirlagani, zinapoyadagi ohista g'ijirlagan tovushlar eshitila boshladi. Aftidan, shu vaqt uyda jiiilar yurgandek bo'lardi. Polli holaning xonasidan xurrak tovushi kelib turardi. Undan keyin eski binolarda bo'ladigan va kishilar qo'lidan keladigan har qanday ustalik bilan ham yo'qotib bo'linaydigan chigirtkalarning tovushlari - yog'ochlar orasidagi chigirtkalarning chirillashlari va karavotning bosh tomonidagi devor orasida soatsoz-qo'ng'izning chiqillagan mash'um tovushi eshitila boshladi. Tom bir seskanib ketdi. Shunday bo'lganda, biror kishining muqarrar ravishda o’lishi kutilar edi. Keyin qayoqdandir, uzoqdan bir itning uvlagan tovushi, undan nariroqda unga javoban, yana bir itning tovushi eshitildi. Tom juda og'ir va azobli daqiqalarni kechirib turar edi. Nihoyat, u vaqt butunlay tamom bo'lib, endi abadiylik davri boshlangan, deb ishondi va ixtiyorsiz mudray boshladi. Soat o'n birni urdi, lekin Tom buni eshitmadi. Birdan uyqusi ichida ayanchli suratda miyovlagan tovushni eshitdi. Qo'shnilarining derazalari taraqlab ochilarkan, u uyg'onib ketdi. «Yo'qol nari, falokat, degan ovoz eshitilib, saroy devoriga borib tekkan bo'sh shisha jarangladi. Tom o'rnidan sakrab turib, tezgina kiyindi-da, derazadan oshib tizzasi bilan o'rmalab tomga chiqdi, haligi eshitilgan tovushga javoban bir-ikki marta mushuk bo'lib miyovlab ham qo'ydi. Keyin saroyning torniga sakrab o'tdi-da, undan yerga irg'ib tushdi. Geklberri Finn, o'lgan mushukni ko'targani holda uni kutib turar edi. Bolalarning ikkalasi ham yo'lga tushib, bir zumda qorong'ilikda ko'zdan g'oyib bo'ldilar. Yarim soatdan keyin ular endi qabristondagi qalin o'tlar orasidan yurib bormoqda edilar.


Qabriston juda eski, qadim zamondagi g'arb uslubida bo'lib, qishloqdan bir yarim mil chamasi yiroqlikdagi bir tepalik ustida edi. Atroflari taxtadan ishlangan va devorlari eskirganidan taxtalarning ba'zi yerlari ichkariga va ba'zi yerlari tashqariga tomon egilib ketgan edi. Butun qabriston yovvoyi o'tlar bilan qoplanib. qadim zamonlardagi qabrlar o'sha o'tlar orasida ko'milib yotardi. Qabristonda bironta ham haykal ko'rinmasdi: qabrlar ustida kamalak qilib egilib qo'yilgan taxtalar eskirib, chirib qolgan, o'zlariga tayanch axtarib yerga tomon engashgan, lekin tayanch topa olmay turardilar. Taxtalarning hammasida bir zamonlar o'lgan kishilar sharafiga: «Falonchining abadiy xotirasi uchun» degan yozuvlar yozilgan, lekin hozir ularning harflari shunday o'chib ketgan ediki, chirog' yoqib qaraganda ham ulardan biror narsa anglab olish mumkin emas edi.
Sekingina esgan shamol daraxtlar orasidan chiyillab eshitilgandek bo'lar, buni eshitgan Tomning yuraklari uvushib, o'zini vahimaga tushgandek his qilar edi. Uning nazarida go'yo shu yerda yotgan u o'liklarning ruhlari kelib, nima uchun tirik kishilar kelib bizlarni tinch yotgan yerimizda bezovta qiladilar, deb shikoyat qilgandek bo'lib ko'rinar edi. Bolalar o'zaro juda oz so'zlashar, har zamonda bir-ikki og'iz so'zlashsalar ham, shivirlashibgina so'zlashar edilar: bularning hozirgi turgan yerlari va o'tkazayotgan vaqtlari, tevarak-atroflarini qurshagan sukunat va tantana - bularga tovushsiz ezayotganday qattiq ta'sir qilmoqda edi. Ular o'zlari axtarib yurgan, ya'ni qazilib ko'milgan yerni topishib, qabrdan ikki qadam naridagi uchta katta daraxt yoniga borib turishdi.
Shu ravishcha, ular o'z nazarlarida ancha vaqt kutib turdilar. Uzoqdan boyo'g'lining tovushi eshitilar, tevarak-atrofdagi sukunatni buzgan birdan-bir tovush ham shu boyo'g'li edi. Tomning fikrlari uni shunchalik diqqatini tortar ediki, u qanday bo'lsa ham gapirishga zarurat sezardi.
- Shunday qilib, sen qanday deb o'ylaysan, Gek, - u shivirlab so'z boshladi, -bizning bu yerga kelishimizdan o'liklar xafa bo'lishmasmikan?
Geklberri ham shivirlab javob berdi:
- Kim biladi deysan, bilmadim! Ammo bu yerning o'zi juda vahimali ekan. To'g'rimi?
- Bo'lmasa-chi!
Ancha vaqtgacha so'zlashmay, jim bo'lib qolish-di, bolalarning ikkalasi ham faqat bir masala to'g'risida: «o’liklar bizlarning kelishimizga qanday qarasharkin?» degan masala to'g'risida o'ylar edilar. Keyin Tom shivirlab:
- Menga qara, Gek, sen qanday deb o'ylaysan, bizning so'zlashayotganimizni g'ilay Vilyams eshitayotgan- mikan? - deb so'radi.
- Albatta eshitadi. Harholda uning ruhi muqarrar eshitadi.
Yana orada jimjitlik hukm surdi.
- Men afsus qilamanki, - dedi Tom, - uni mister Vilyams demasdan, to'ppa-to'g'ri Vilyams deganman. Biroq, men buni uni ranjitish maqsadida aytganim yo'q- ku. Uni hamma g'ilay deb ataydi-da.
- Tom, o'lganlar to'g'risida so'zlaganingda, ehtiyot bo'lib so'zlashing kerak.
Gekning bu tanbehi Tomning so'zlash istagini so'n-dirdi. Shu orada u birdaniga o'rtog'ining yengini mahkam ushlab oldi:
- Tss!
- Nima gap, Tom?
Ikkovlari ham bir-birlariga mahkam yopishib olib, nima bo'lishini kutib turdilar.
- Tss! Ana, tag'in! Eshitdingmi?
- Men...

  • Ha, ha! Endi sen ham eshitding-a?

  • Tom, ular kelayotirlar! Ana ular! Endi nima qilamiz?

  • Bilmadim. Ular bizlarni ko'rib qoladilar, deb o'ylaysannii?

- Oh, Tom, ular xuddi mushukka o'xshab qorong'ilikda ham ko'ra beradilar-da. Oh, nega men bu yerga keldim-a?
- Qo'rqmasang-chi... Ular bizlarga tegmas deb o'ylayman. Biz hech qanday yomonlik qilganimiz yo'q- ku. Agar biz bekinib tursak, balki butunlay ko'rmay o'tib
ketar.

  • Ko'ramiz-da. Biroq, juda ham dalishatli ahvol. Meni qaltiroq bosib ketdi!

  • Tss... jim! Quloq solib turgin.

Bolalar zo'rg'a nafas olishib, bir-birlariga mahkam yopishib turdilar. Qabristonning narigi chekkasidan allaqanday bo'g'iq tovushlar quloqlariga chalinardi.
- Uni qara! Qarasangchi! - dedi Tom shivirlab. – Nima u?
- Bu - do'zax o'ti-ku! Oh, Tom, biz xavf ichida qoldik!
Qorong'ilik ichidan allaqanday qora sharpalar chiqib kela boshladi. Ularning oldilarida eski fonus chayqalib shu'la sochar edi.
Geklberri seskanib ketib:
- Bular jinlar bo'lsa kerak! Xuddi uchta-ya!
Jahannamga ketdik endi. Kalima keltirishni bilasanmi?

  • Urinib ko'rarman. Axir, qo'rqmasangchi - ular bizga tegmaydi. «Ey parvardigor, yomon tushlardan saqla va gunohimni kechir».

  • Tss!

  • Nima gap, Gek?

- Bular kishilar-ku! Boshqalarini bilmayman, ulardan biri muqarrar odam! Bu qari Meff Potter ekan, men uni tovushidan tanidim.

  • Rostdanmi? Yo'g'-e, bu mumkin emas!

  • Sen jim tur, nafasingni chiqarma. U bizni ko'ra olmaydi: chol har safargidek mast bo'lsa kerak. Azbaroyi xiido tanidim.

  • Durust. Men jim turaman." Ana, ular to'xtadilar. Bir narsa axtarib yurganga o'xshaydilar. Topolmayotirlar. Ana, tag'in bu yoqqa yurib kelishyapti. Ularning chopishlarini qara. Yana sekinroq yiira boshladilar. Ana tag'in tez-tez qadam tashladilar. Endi albatta shu yoqqa kelayotgan bo'lsalar kerak! Menga qara, Gek, men ikkinchisining ham tovushidan tanidim, bu - Jo degan hindi.

  • Bo'ldi, u - albatta o'sha la'nati metislardan!1" Bular o'mida jinlar bo'lsa yaxshiroq bo'lar edi. Ular bu yerda nima qilar ekanlar?

Bolalar endi shivirlashishdan ham to'xtalib qoldilar, chunki o'sha qorayib ko'ringan uchta gavda qabr yoniga kelishib, ular berkinib yotgan yerga yaqin joyda to'xtagan edilar.
- Shu yerda, - dedi ulardan uchinchisi va qo'lidagi fonusni ko'targan edi, chiroqning yorug'i uning yuziga tushdi. Bolalar uni tanidilar, u Robinzon degan yosh doktor edi.
Potter bilan hindi Jo zambil ko'tarib kelar edilar; zambilga arqon bog'langan bo'lib, ustida ikkita belkurak ham bor edi. Ular qo'llaridagi narsalarni yerga qo'yib, qabrni kavlay boshladilar.
Doktor qo'lidagi fonusini qabrning bosh tomoniga qo'ydi-da, o'zi daraxtlarning biriga suyanib yerga o'tirdi.
U shunchalik yaqin masofaga kelib qolgan ediki, bolalarga turtinib ketishi ham mumkin edi.
10 Metislar — oq tanlilar bilan hindilarmng yoki oq taulilar bilan negrlarning qoni qo'shilishidan dunyoga kelgan kishilar.

- Tezroq bo'la qolinglar, - dedi u sekingina. Hademay oy ham chiqib qolishi mumkin.


Ular bunga javoban bir narsa deb to'ng'illagan bo'ldilar-da, kavlashda davom etaverdilar. Bir necha vaqt jadallik bilan tuproqni chetga chiqarib tashlayotgan belkuraklar tovushidan boshqa hech narsa eshitilmadi. Belkuraklarning tovushi o'zining bir xilligi bilan kishini zeriktirar edi. Nihoyat belkurakning yog'ochga borib tekkan tovushi eshitildi: belkurak borib tobutga tekkan edi. Oradan bir necha minut o'tgandan keyin, yer kavlovchilar tobutni tashqariga chiqarib oldilar. O'sha belkuraklarnmg o'zi bilan tobutning qopqog'ini ochib, ichidan o'likni oldilar-da, qo'pol harakat bilan yerga irg'itib tashladilar. Shu vaqt bulutlar orasidan oy chiqib, o'likning bo'zday oqarib ketgan yuzhii yoritdi. Uni avvaldan tayyorlanib qo'yilgan zambilga solib, ustidan ko'rpa yopib, arqon bilan bog'ladilar. Potter yonidan katta pakkisini olib, tobutning ichida osilib turgan arqonni qirqar ekan:

  • Mana, sizlarning falokat ishlaringiz ham tugadi. Endi yana besh oltin berasizlar: bo'lmasa biz buni shu bo'yicha tashlab ketamiz, - dedi.

  • To'g'ri, to'g'ri! - deb qichqirdi hindi Jo.

  • To'xtang, bu qanday gap? - qarshilik ko'rsatdi doktor. - Sizlar pulni oldin so'radhigiz, men ham pulning hammasini sizlarga berib qo'ydim-ku.

  • Pulni toladingiz, lekin siz bilan yana boshqa hisob-kitobimiz bor, - dedi Jo doktorga yaqin kelib. Doktor o'rnidan turmoqchi bo'lib qo'zg'alar ekan, Jo unga qarab:

"O'sha zainonda meditsina xodimiariga kishi o'ligi ustida anatomiya ilmini o'rganish man qilingau edi. Shu sababli go'r qazuvchilarni pulga yollashar, ular yangi ko'milgan o'liklarni go'rdan bvlab olib berar edilar.
- Bundan besh yil burun ovqat so'rab otangizning oshxonasiga kirib borganimda, siz meni yomon maqsad bilan kelgan deb haydab chiqargansiz. Men buning uchun yuz yildan keyin bo'lsa ham sizdan qasos olishga qasarn ichganimda, otangiz meni ko'chada tentirab yurgan gazanda qatorida turmaga qamab qo'ydi. Bular mening esimdan chiqib ketgan, deb o'ylaysizmi? Mening tanamdagi qonim hindi qoni ekanligi bejiz emas, siz endi mening qo'limga tushdingiz, men siz bilan endi hisoblashaman, shuni bilib qo'ying! - dedi.
U mushtini doktorning tumshug'i ostiga olib borib, o'dag'aylar edi. Doktor esa to'satdan qulochini yozib bir urishdayoq uni yerga ag'darib tashladi. Potter taajjubda qolib, qo'lidagi pichog'ini tushirib yubordi-da:
- Hoy, menga qaranglar! Bu nima gap? Men o'rtog'imning kaltak yeyishiga yo'l qo'ymayman!- dedi.
Shu so'zlar bilan u doktor tomoniga qarab tashlandi, bir damda ular bir-birlariga yopishib ketib, yerdagi maysa o'tlarni tepkilab va etik poshnalari bilan yerning changini chiqarib, bor kuchlari bilan olishib yotar edilar. Hindi Jo ham o'rnidan irg'ib turdi: uning ko'zlarida g'azab o'ti yonar edi. U Potterning qo'lidan tushib ketgan pichoqni oldi-da, butun gavdasi bilan egilib-bukilib rnushukdek o'g'rincha harakat bilan qulay paytni poylab, urishayotganlar oldida aylanib yurdi. Birdan doktor dushmanining quchog'idan bo'shalib chiqib, Vilyamsning qabri ustida yotgan bir og'ir taxtani oldi-da, o'sha taxta bilan Potterni bir urib yerga ag'dardi. Shu vaqtning o'zida metis paytdan foydalanib, qo'lidagi pichoqni dastasigacha yosh yigitning ko'kragiga suqdi. U turgan yerida tebrana-tebrana Potterning ustiga yiqilib, uni o'z qoniga bo'yadi. Shu vaqt to'satdan ko'kda paydo bo'lgan qora bulutlar ixtiyorsiz ravishda tomoshabinlardan bu dahshatli manzaraning ustini bekitib qo'ydi va bularni ko'rib qo'rqib qolgan bolalar orqa-oldilariga qaramasdan qocha boshladilar.
Oy qaytadan bulutlar orasidan chiqib yorug'lik sochganida hindi Jo qo'1-oyoqlari kerilib yotgan ikkita kishiniiig gavdasi tepasida chuqur xayolga cho'mib turar edi. Doktor kishi anglayolmaslik darajada bir-ikki so'z aytgan bo'ldi-da, bir-ikki og'ir nafas olgandan keyin jirajit bo'lib, tovushi chiqmay qoldi.
- Ha, basharang qurg'ur, endi sendan o'chitnni oldim-ku, - dedi sekinlik bilan metis.
Shu so'zlar bilan u o'likning bor narsasini yig'ishtirib oldi-da, pichoqni Potterning ochiq qolgan o'ng qo'liga ushlatib qo'yib, o'zi to'ntarilib yotgan tobut ustiga borib o'tirdi.
Oradan uch, to'rt daqiqa chamasi vaqt o'tdi... Potter harakatlanib, ingradi. U qo'lidagi pichoqni mahkam siqimlab ko'zi oldiga olib bordi-da, cho'chib ketib, pichoqni qo'lidan tushirib yubordi. Keyin o'rnidan turib o'tirdi va doktorning gavdasini o'zidan nariroqqa itarib tashladi-da, unga bir tikilib qarab qo'ydi. Keyin ko'zlari xiralangan holda atrofga qararkan, ko'zi metisning ko'ziga tushdi.

  • Ey parvardigor! Bu ish qanday yuz berdi, Jo?

  • Ish pachava bo'ldi, - dedi o'rnidan qo'zg'almagani holda. - Nega sen uni bunday qilding?

  • Menini? Bunday qilishni o'ylaganim ham yo'q edi.

  • Qo'ysang-chi, qani, gapir! Nayranglaring bilan qutulolmaysan!

Potterning rangi o'chib ketib, butun tanasini qaltiroq bosdi.
- Men, mastligim tarqab ketgandir, deb o'ylagan edim. Kechqurun ichmasam bo'lar ekan. Boshimning og'rig'i bu yoqqa kelayotganimizdagidan ham yomonroq, hozirgacha bosilmadi. Hammasi chalkash bo'lib ketdi, hech narsani eslayohnayman. Menga qara, Jo, sen menga insof bilan to'g'risini aytib ber, chindan uni men o'ldirdimmi? Uni o'ldirish mening xayolimda ham yo'q edi-ku. Jo, to'g'risini aytib ber, bu ish qanday bo'ldi? Bu qanday yomori ish! U o'zi yosh va qobiliyatli kishi edi...

  • Qanday bo'ldi deysanmi? Ikkovingiz urishib ketdingiz. U taxta bilan boshingga urgan edi, sen ag'darilib tushding. Keyin o'rningdan turding-da, tebranib, turtinib-surtinib borib pichoqni olding, u qaytadan senga yopishishi bilan uning ko'kragiga pichoq bilan urib qolding. Shundan keyin sen yiqilganingcha to'nkadek qo'zg'almay shu vaqtgacha yotaverding.

  • Oh, men o'sha vaqtda o'zimning qilayotgan ishimni o'zim ham bilmaganman. Agar yolg'on so'zlasam, hozir yer yutsin shu yerda! Buning hammasi aroqning kasofati, o'sha vaqtda men mast edim, sening yoningni olib, unga yopishganman. Bo'lmasa, men pichoqni ham durustgina ushlay bilmayman. Kishilar bilan urushib, mushtlashib yurganman, lekin hech vaqt pichoq ushlagan emas edim. Bu hammaga ma'lum. Jo, chirog'im, sen endi buni hech kimga aytma, meni sharmanda qila ko'rma! Jo, birovga aytmasligingga so'z ber, men hammavaqt seni sevib, seni yoqlab yurganman. Sen o'zing yaxshi bilasan-ku, yoinki yolg'on aytayotirmanmi? Hech kimga aytmaysanmi, Jo?

Shu so'zlar bilan bechora Potter qonxo'r qotil oldida tiz cho'kib, qo'llarini cho'zib yolvordi. Qotilnmg qovog'idan qor yog'ilgani holda Potterga xo'mrayib qaradi.
- Durust, Meff Potter, sen men bilan hammavaqt insof va diyonatli ravishda munosabat qilib yurgan kishisan, men ham senga shunday yaxshilik qilayin. Xotirjam bo'l, mening so'zim bitta. Bu to'g'rida ortiqcha so'zga ham o'rin yo'q.
- Jo, azbaroyi xudo, sen farishtasan. Men seni so'nggi nafasimgacha duo qilaman. - Shu so'zlar bilan Potter yig'lab yubordi.
- Bo'ldi, endi tinchlan! Hozir g'inshib o'tirishning vaqti ernas! Tez bo'l, sen ana u yo'l bilan ketaver, men esa mana bu yo'l bilan ketaman. Ebtiyot bo'l, orqangda iz qoldirmasdan ket!
Potter juda tez yurib ketdi, keyin bora-bora kuchining boricha chopib ketdi, metis uning orqasidan qarar va o'zicha g'o'ng'irlab:
- Agarda chindan ham kaltakdan va uning ustiga ichkilikdan uning miyasi shunchalik gangib qolgan bo'lsa, pichoqni eslayolmaydi ham. Agar uzoqroqqa borib, esiga kelib qolganida ham bu yoqqa qaytib kelishga qo'rqadi! - der edi.
Oradan bir necha minut o'tgandan keyin ko'rpaga o'ralgan o'likka, qopqoqsiz tobutga va usti ochilgan qabrga faqat osmondagi oygina mo'ralab qarab turar, tevarak-atrofda esa yana jimjitlik hukm surar edi.



Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə