Metodikasi” kafedrasi “Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menjment ”



Yüklə 62,61 Kb.
səhifə9/11
tarix29.11.2023
ölçüsü62,61 Kb.
#139024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mudiraning tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilishi

Rahbarlik - odamlarga maqsadli ta’sir o’tkazishga qaratilgan, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish bilan bog’liq boshqaruvning tarkibiy qismidir. Saylab qo’yilgan yoki tayinlangan rahbar qator funksiyalarni bajaradi: jamoa faoliyati maqsadlarini aniqlaydi va shakllantiradi, shu faoliyatni rejalashtiradi, rag’batlantirish vositalari va usullarini belgilaydi, uni nazorat qilishni amalga oshiradi. Rahbar xulqi, vakolatlari, faoliyat yo’nalishi turli me’yoriy hujjatlar, lavozim ko’rsatmalari (instruksiyalar) bilan belgilab qo’yiladi. Shuning uchun rahbarlik individuallikning ma’lum bir faoliyatga yoki jamoa faoliyatiga ta’siri va mansab burchini bajarish, mas’uliyat va javobgarlikni his qilish bilan bog’liq bo’lgan me’yorlar bilan belgilanadi. Rahbarlik uslubiga muvofiq shakllanadigan shaxsiy sifatlar ichida, eng avvalo qadriyatlar, ishonch va e’tiqodlarni aytib o’tish zarur. Bu sifatlar rahbarning roli haqidagi tasavvurlarni shakllantirishga imkon beradi. Ayniqsa rahbarning o’z qo’l ostidagilar haqidagi tasavvuri, ularning qiziqish va intilishlari haqidagi fikri ahamiyatli bo’lib, ularning xulq-atvori, odobi, hayoti va kelajagi oldida mas’uldir. Shaxsning jamoaga ta’siri liderlik, rahbarlik kabi tushunchalar orqali ifoda qilinishi mumkin. Lekin, rahbarlik va liderlik bir-biridan farq qiladi. Eng asosiy farqi shundaki, rahbar jamoada rasmiy munosabatlarni, lider esa jamoa ichidagi ma’lum bir guruhlarda, ma’lum bir yo’nalishlar bo’yicha norasmiy munosabatlarni muvofiqlashtiradi va boshchilik qiladi. Liderlik tabiati juda murakkab bo'lib, psixologiyada ko’pincha liderlikni ma’lum bir shaxsning guruhiy faoliyatidagi roli nuqtai nazaridan qarab kelinadi, ya’ni lider - bu ma’lum bir vaziyatda guruhiy vazifalarni bajarishda boshqalarga nisbatan faollik ko’rsata oladigan shaxs, deb qaraladi. Demak, lider guruhning shunday a’zosiki, u go’yoki barcha guruhiy jarayonlarning boshida turadi va xulqi bilan o’zgalarga ta’sir qila oladi. Lider ma’lum bir guruhda, ma’lum bir yo’nalishda shunday mavqega ega bo’ladiki, u o’zidagi ayrim ijobiy va kuchli fazilatlari tufayli kundalik mulokot va turli munosabatlar jarayonida obru orttirgan shaxsdir. U aslida rahbarlikka da’vo qilmaydi, lekin yurish-turishlari ko’pchilikka ma’qul bo’lganligi sababli, uni odamlar saylovlarda tanlashlari yoki rahbarlikka zaxira tanlashganda aynan uning nomzodini qo’yishlari mumkin.

Yüklə 62,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə