Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/196
tarix03.06.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#88611
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   196
17.2.2. «Badoyi ul-vaqoyi»
«Badoyi ul-vaqoyi» («Nodir voqealar») nomli asar muallifi XV asrning 
oxiri va XVI asrning birinchi yarmida wtgan taniqli adib va olim Zayniddin 
Vosifiy 
ё
ki Zayniddin Mah’mud ibn Abduljamildir. U 1485 yili Hirotda 
tug’ilgan. Otasi wziga tinch va malumotli kishi bwlib, Sulton Husayn mirzo 
saroyida kichik lavozimlardan birida munshiy 
ё
ki voqeanavis bwlgan. 
Zayniddin Vosifiy yaxshi wqida, iloh’i
ё
t, tarix, adabi
ё
t va boshqa ilmlarni 
puxta egalladi. 16 
ё
shida qarindoshi va Hirotning tariqli zotlaridan biri bwlgan 
amir Soh’ibdoroning 
ё
rdami orqasida Aliger Navoiyning diqqat-etiborini 
qozonishga muyassar bwldi. U 1500-1502 yillari h’irotlik nufuzli amir Shoh’vali 


205
kwkaltoshning xonadonida muallimlik qildi, 1502-1507 yillari Sulton Husayn 
mirzoning wg’illaridan Faridun Husaynning kutubxonasida kitobdor mansabida 
ishladi. 1507-1511 yillari Vosifiy Shoh’ruh’ mirzo madrasasida Xurosonda 
kwzga kwringan iloh’i
ё
t olimi 
İ
modiddin 
İ
broh’imdan talim oldi. 
Zayniddin Vosifiy 1511 yili Xurosonda Safaviylar h’ukmronligi 
wrnatilishi va sunniy mazh’abidagi musulmonlarni taqib etish kuchayganligi 
tufayli 1512 yilning 17 aprelida bir guruh’ ruh’oniylar sayyid Shamsiddin Kurti, 
amir Husayn va boshqalar bilan birga Movarounnah’rga keldi va umrining 
oxirigacha shu mamlakatda istiqomat qildi. U Movarounnah’r va Turkistonning 
kwpgina shah’arlari Samarqand, Buxoro, Yassi, Sabron, Shoh’ruh’iya, Toshkent 
va boshqalarida istiqomat qildi va mudarris, imom, tarbiyachi, masalan, 
Suyunchxojaning kenja wg’li Navruz Axmadxonning tarbiyachisi bwlib xizmat 
qildi, Shoh’ruh’iyada bwlgan yillari esa Keldi Muh’ammadxon h’ukumatida 
qozi askar lavozimida turdi. Vosifiy 1551 yili Toshkentda vafot etdi va 
muqaddas manzilgoh’lardan shayx Xovand Tah’ur mozoriga dafn qilindi. 
Zayniddin Vosifiy wzining «Badoyi ul-vaqoyi» nomli tarixiy-memuar 
asari bilan shuh’rat qozondi. Asarda 1512-1532 yillar orasida muallifning 
Xuroson va Movarounnah’rda kwrgan-kechirganlari, wsha davrdagi ijtimoiy-
si
ё
siy vaziyat zwr mah’orat va yuksak sanat bilan ba
ё
n etiladi. «Badoyi ul-
vaqoyi»da Movarounnah’rning XV asrning oxiri va XVI asrning birinchi 
yarmidagi ijtimoiy-si
ё
siy va madaniy h’a
ё
tiga oid qimmatli malumotlar kwp. 
Asar 1538-1539 yillari 
ё
zib tamomlangan. 
«Badoyi ul-vaqoyi» asosan ikki qismdan iborat. Uning birinchi qismi II 
bob bwlib, unda Vosifiyning Hirotdan 1521 yili qochib kelishidan to uning 
Shoh’ruh’ichga, Keldi Muh’ammadxon saroyiga 1518 yili kelguniga qadar 
Xuroson va Turkistonda bwlib wtgan voqealarni wz ichiga oladi. 
İ
kkinchi qismda Vosifiyning mazkur xon saroyida tez-tez bwlib turadigan 
adabiy yig’inlar h’aqidagi esdaliklar joy olgan. 
«Badoyi ul-vaqoyi»ning qwl
ё
zma nusxalari keng tarqalgan. Birgina WzR 
FA Sharqshunoslik instituti kutubxlnasida ushbu asarning wndan ortiq nusxasi 
saqlanmoqda. Asarning tanqidiy matni Sankt-Peterbkrglik olim A.N.Boldirev 
tomonidan 1961 yili ikki jild qilib chop etilgan. U Xorazmda 1826 va 1907 
yillarda Dilovarxoja va Muh’ammad Amin twra tomonidan wzbek tiliga tarjima 
qilingan. Ayrim parchalar rus tilida A.N.Boldirev va V.P.Yudin tarafidan elon 
qilingan. «Badoyi ul-vaqoyi»ning ayrim qismlari N.Norqulov tomonidan tarjima 
qilinib, 1979 yili nashr etilgan. 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə