Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/196
tarix03.06.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#88611
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   196
17.2.3. «Mirot ul-mamolik» 
«Mirot ul-mamolik» («Mamlakatlar kwzgusi») XVI asrda wtgan turk 
admirali Seydi Ali Reis asaridir. Muallifning twliq ismi Seydi Ali Husayn wg’li, 
sherlarini Kotibiy Rumiy taxallusi bilan 
ё
zgan. 
Seydi Ali Reis keng malumotli dengizchi bwlib, sultonning Mag’rib 
dengizi, Wrta Er dengizi da olib borgan barcha urushlarida, Xayruddin posho va 
Sinon posho rah’barligida ishtirok etgan. Ota-bobolari G’alatiyadagi 
dorussaloxiyi omira, qurol-yarog’ omboriga boshchilik qilganlar. 


206
Uning xavf-xatarlar bilan twla sarguzashtlari 1554 yilning fevral oyida 
Suriyaning Basra shah’ridan boshlanadi. Turli sarguzashtlarni boshdan kechirib, 
dengizchi wz h’amroh’lari bilan Hindiston, Badaxshon, Movarounnah’r, 
Xorazm, Dashti qipchoq, Xuroson va 
İ
roqi Ajam (G’arbiy Eron)da bwlgan. U 
wz yurtiga 1556 yilda qaytib borguncha wsha mamlakatlarda kwrgan-
bilganlarini bir kitobga jamlab uni «Mirot ul-mamolik» deb atadi. 
Asarda muallifning kwrgan-kechirganlari, wzi bwlgan mamlakatlarning 
XVI asr wrtalaridagi ijtimoiy-si
ё
siy ah’voli va xalqi h’aqida qimmatli 
malumotlar uchratamiz. 
Masalan, Seydi Ali Reis wsha paytlarda Movarounnah’rni egallab turgan 
Navrwz Ah’mad Baroqxon va Shayboniylar bilan Turkiya wrtasidagi 
munosabatlar h’aqida mana bu malumotlarni keltiradi; «Samarqandi beh’ishti 
monandga doh’il bwldik. Bu erda Navrwz Ah’madxon, yani Baroqxon bilan 
kwrishib, unga keltirgan faqirona tortig’imizni taqdim etdik. Xon bu faqirga bitta 
ot, bosh-o
ё
q sarupo marh’amat qildi. Bundan avval saodatli podsho (Sulton 
Muh’ammad Fotih’) shayx Abdullatif va Dodosh elchi orqali Baroqxonga bir 
miqdor miltiq otuvchilar va bir qancha qala twplari yuborgan edi. Elchilar kelgan 
paytda Samarqand podshosi Abdullatifxon vafot etib, Baroqxon Samarqandda 
xonlik taxtiga wtirgan, Balxda Pirmuh’ammadxon, Buxoroda esa sayyid Burxon 
sulton wz nomlariga xutba wqitganlar. Baroqxon shu ikki xonga qarshi biror 
chora kwrishga qodir bwlmasa-da, keyinroq ularning wzaro nizolaridan 
foydalangan. Avval Samarqandni olgach, keyin Shah’risabzga borib u erda h’am 
kwp urishgan. Bu urushda rumlik(turk)larning bir qancha boshliqlari wlgan. 
Nih’oyat, Shah’risabz uning qwliga wtgan. Yana u erdan Buxoroga borib 
shah’arni bir necha vaqt qamal qilgan. Buxoro xoni sayyid Burxon Baroqxonsha 
bardosh berolmay, Qorakwlni Balx xoni Pirmuh’ammadga bergan. 
Pirmuh’ammadxon wz inilari yuborib, Qorakwlni qwlga kirgizgan. Oxiri sayyid 
Burxon dosh berolmay, Baroqxondan omonlik tilab, wrtada sulh’ tuzilgan. 
Baroqxon Buxoroni yana sayyid Burxonga topshirib, wzi Qorakwl ustiga 
yurgan. Pirmuh’ammadxonning inilari Baroqxondan omonlik tilab, Qorakwlni 
unga topshirganlar. Baroqxon uni h’am sayyid Burxonga qaytarib, wzi 
Samarqandga qaytgan... Baroqxonning 
ё
nida atigi 150 ga yaqin rumlik nayzaboz 
qolgan. Qolganlari uning wg’illari 
ё
nida qolgan». («Mirot ul-mamolik», 101-
102- betlar). 
Seydi Ali Reisning Qazvinda Eron podshosi shoh’ Tah’mosib (1524-1576 
yy.) bilan uchrashuvi h’aqida keltirgan malumotlar wsha yillari Turkiya 
Shayboniylar davlati va Eron wrtasidagi munosabatlarini tushunishda juda 
muh’imdir. Asarda xususan mana bularni wqiymiz; «Shoh’ (Shoh’ Tah’mosib) 
ning elchisi Sobit og’a Tabriz ywli orqali podshoh’ h’azratlari (Sulton Sulaymon 
soniy qonuniy, 1520-1566 yy.) h’uzuriga bizdan oldin jwnab ketgan edi, shoh’ 
(shu sababdan) bir necha oygacha bizga ketishga ruxsat bermay, bir necha marta 
chaqirib, kwp suh’batlashdi. Bir kun suh’bat vaqtida «Rum di
ё
ri Baroqxonga 
ё
rdam bkrish uchun 300 ta yanichar
112
yuborilgan ekan»,- dedi. Men ular 
112
Яничар

ени
(
янги

черик

аслзодалар
ва
ҳарбийларнинг
болаларини
йиғиб
махсус
ўтгатилган
сипоҳий
.


207
Baroqxonga 
ё
rdam berish uchun emas, balki shayx Abdullatif h’azratlarini 
qwriqlab Rumga olib ketish uchun yuborilgan edi, chunki Ashtarxon (Astraxan) 
ywlida xoja Ah’mad Yassaviyning avlodlari Bobo shayxni cherkas shah’id 
qilgani sababli, bu ywllar 
ё
lg’iz yurishga xatarli h’isoblanib qolgan edi. Agar 
ё
rdam uchun yuborilganda, faqat 300 tagina emas, balki bir necha ming askar 
yuborilar edi»,-deb javob berdim.» («Mirot ul-mamolik», 122-bet). 
«Mirot ul-mamolik»da admiral va uning sheriklari bosib wtgan mamlakat 
va shah’arlar , ularning osori atiqalari h’aqida h’am qimmatli maxlumotlar 
keltirilgan. 
«Mirot ul-mamolik» matnini Ah’mad Javdod toshbosma usuli bilan 1895 
yili 
İ
stanbulda chrp etgan. Uni G.Vamberi ingliz tiliga tarjima qilib 1899 yili 
Londonda chop etgan. Asar Sh.Zunnunov tomonidan wzbek tiliga tarjima 
qilinib, 1963 yili Toshkentda nashr etilgan. 
4.Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèêíèíã äîëçàðá ìóàììîëàðè (èëìèé-àìàëèé àíæóìîíëàð 
ìàòåðèàëëàðè). Tuzuvchilar: A.A.Madraimov, G.S.Fuzailova-Ò.: TDPU. 2001. 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə