Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
27
boshqalardan eshitish bilan tug‘iladi.
Kishi falsafa keng tarqalgan, odamlari turli
bid’atlarni so‘zlaydigan shaharga borib qolsa, Haqni zikr etish bilan o‘zini himoya qilishi
lozim. Agar uning qalbiga botil fikr-qarashlardan birortasi tushib qolsa, uni qalbidan
ketkazish farz bo‘ladi. Ko‘pincha bu ish qiyin kechadi. Masalan, ribo, sudxo‘rlik keng
tarqalgan bir shaharda musulmon kishi savdogarlik qilsa, unga
ribodan saqlanish ilmini
o‘rganish farzdir.
Bu aytayotganlarimiz farzi ayn bo‘lgan ilm haqida. Farzi aynning ma’nosi farz amalning
kayfiyati haqidagi ilmni egallash demakdir. Kim farz ilmini va uning farz bo‘lish vaqtini
o‘rgansa, farzi aynni o‘rgangan sanaladi.
So‘fiylarning: «Dushman-shayton vasvasasi bilan malak – farishta ilhomini bir-biridan
ayirish farzi ayn», degan so‘zlari ham haqdir. Lekin bu narsa hammaga emas, balki
qalbida bu haqda shubhasi bo‘lgan kishiga farzi ayndir.
Inson qabohat, riyo, hasad kabi yomonliklardan o‘zini saqlay olmasa, u narsalarning
ilmini bilishi lozim bo‘ladi. Zero, Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam)
marhamat
qilganlarki: «Uch narsa insonni halok etadi: o‘ta baxillik, ortidan ergashtirib ketadigan
xohish, takabburlik bilan nafsiga ortiqcha baho berish».
61
Inson tabiati bu uch narsadan
xoli emas. Boshqa yomonliklar ham shu uch sifatdan paydo bo‘ladi. Shuning uchun
ularni muolaja qilish farzi ayndir. Muolaja qilish ular chegarasini, sabab va alomatlarini
o‘rganish bilan bo‘ladi. Zero,
yomonlikni bilmagan kishi, albatta, unga tushadi. Muolaja
esa, kasallik kelib chiqish sababining ziddiga muqobil bo‘lishdir. Sabab bilan natijani
bilmasdan turib, muolaja qilish mumkin emas.
Biz zikr qilib o‘tgan halokatga eltuvchi ko‘pgina ishlarning ilmini bilish farzi ayndir.
Ko‘pchilik insonlar foydasiz narsalar bilan mashg‘ul bo‘lib, mazkur farzi ayn bo‘lgan
ilmlarni tashlab qo‘ygan.
61. Bazzor, Tabaroniy, Abu Nu’aym, Bayhaqiylar Anas (r.a.) dan zaif isnod bilan qilgan rivoyatlari. Alboniy bu hadisni hasan dedilar.
Islomga kirgan kishiga do‘zax, qayta tirilish va qiyomatda hisob-kitob bo‘lishini tasdiq
etishni tezda o‘rgatish kerak. Bu narsa ikki shahodat kalimasini to‘ldiradi. U
Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) payg‘ambarliklarini tasdiqlaganidan so‘ng, u
zot keltirgan risolatni ham yaxshi tushunib olishi, Alloh va Uning rasuliga itoat etgan
kishiga jannat,
osiylarga esa, do‘zax bo‘lishini bilishi lozimdir.
Agar sen ilm o‘rganishning ushbu darajasidan yaxshi xabardor bo‘lsang, bu yo‘l haq
ekanini anglaysan. Shuningdek, har bir banda kecha-kunduzda ibodatu muomalalarida
bilishi lozim bo‘lgan zaruriyatlarni ham tushunib yetasan.
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): «Ilm o‘rganish har bir musulmonga
farzdir», degan hadislaridagi «al-ilmu» so‘zidagi aniqlikni ifoda etuvchi artikli «alif-
lom»dan ko‘zlangan maqsad farz amalning ilmini o‘rganish ekani senga ravshan bo‘ladi.
O‘rganish farzi kifoya bo‘lgan ilmning bayoni
Bilgilki, ilmlarning turlarini bilmasdan turib, ularning farz bo‘lgani va bo‘lmaganini
ajratish mumkin emas. Bizning maqsadga ko‘ra, ilmlar shar’iy va noshar’iy qismlarga
Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
28
bo‘linadi. Shar’iy ilmlardan maqsad payg‘ambarlardan o‘rganilgan, hisob kabi aql bilan
bilinmaydigan, tibbiyot kabi tajriba bilan hosil bo‘lmaydigan,
til kabi eshitish bilan
vujudga kelmaydigan ilmlar nazarda tutiladi.
Shar’iy bo‘lmagan ilmlar mahmud (maqtalgan), mazmum (qoralangan), mubohga
bo‘linadi.
Mahmud ilmlar dunyo manfaatlari ularga bog‘langan ilmlardir. Masalan, hisob-kitob,
tibbiyot. Bu qism ilmlarning o‘rganish farzi kifoya bo‘lganlari bor, farz bo‘lmasdan, fazilat
sanalganlari bor. Farzi kifoya ilmlar dunyo ishlarini qoyim qilishga kerak bo‘ladigan
ilmlardir. Masalan, tib ilmi inson jismining sog‘lom turishi uchun zarur, hisob-kitob ilmi
esa, muomalalarda, merosu vasiyatlarning taqsimotida kerak bo‘ladi.
Bu ilmlardan
birortasi biror shaharda bo‘lmay qolsa, shahar ahlining barchasi gunohkor bo‘ladi. Agar
uni bir kishi o‘rgansa, kifoya qilib, uni o‘rganish farzi qolganlardan soqit bo‘ladi. Tibbiyot
va hisob-kitobni farzi kifoya degan so‘zimizdan ajablanmaslik kerak. Aslida, sanoatning
boshqa sohalari - dehqonchilik, to‘qimachilik, siyosat ilmi, hattoki, qon olish kasbi va
tikuvchilik ham farzi kifoyadir. Zero, bir mamlakatda qon oluvchi do‘xtir topilmasa, ular
kasallikka yuz tutishlari turgan gap. Bu kasb yo‘qligi tufayli odamlar halok bo‘lsa,
ularning barchalari gunohkor bo‘ladi. Zero, kasallikni bergan Zot uning da’vosini ham
bergan va muolaja yo‘lini ko‘rsatgan, sabablarni hozirlab qo‘ygan. Bunga e’tibor qilmay,
halokatga ro‘baro‘ bo‘lish joiz emas.
Fazilat sanalgan ilmlarga hisob-kitobning
daqiq jihatlari, tibbiyotning nozik qirralarini
chuqur o‘rganish kiradi. Chunki farzi kifoya bo‘lgan ilmlarni nozik jihatlari bilan chuqur
o‘rganish zarur ilmni ziyodasi bilan bilish, demakdir.
Mazmum ilmlar sehr, tilsimot, ko‘z bog‘lash va talbis (bir narsani haqiqatidan boshqacha
qilib ko‘rsatish) kabilardir.
Muboh bo‘lgan ilmlarga esa, mubolag‘asiz yozilgan she’rlarni bilish,
qadim tarix bilan
shug‘ullanish va shu kabilar kiradi.
Shar’iy ilmlarning barchasi mahmud-maqtalgandir. Gohida asli qoralangan, lekin shar’iy
deb gumon qilingan ba’zi ilmlar shar’iy ilmlarga aralashib ketishi mumkin. Shuning
uchun shar’iy ilmlarni ham maqtalgan va qoralangan qismlarga bo‘lamiz.
Mahmud bo‘lgan shar’iy ilmlarning
asoslari, qo‘shimchalari, muqaddimalari va
to‘ldiruvchilari bor.
Asos bo‘lgan ilmlar to‘rttadir:
1. Alloh taoloning kitobi.
2. Payg‘ambarning (sollallohu alayhi vasallam) sunnatlari.
3. Ummatning ijmo’si.
4. Sahobiylar asarlari.
Ijmo’ sunnatga dalolat qilgani uchun asos ilm sanaladi. U uchinchi darajadagi asosdir.
Sahobalarning so‘zlari ham sunnatga dalolat qilgani uchun asos ilmdir. Chunki sahobalar
Qur’on nozil bo‘lishini ko‘zlari bilan ko‘rib turishgan,
boshqalar idrok etmagan
holatlarning shohidi bo‘lishgan. Ba’zan ko‘rish bilan idrok etilgan narsani so‘z bilan
anglash mumkin bo‘lmaydi. Shu sababdan ulamolar sahobalarga iqtido qilish, ularning