Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
123
huzurida o‘tirgandek odobli holda bo‘lishdir. U doimo barcha amallarida boshi egik
odobli, o‘zini tiygan va odobga xilof harakatlardan saqlaydi. Botiniy    o‘y-fikrida zohiriy 
amallaridagidek bo‘ladi. Zero, Alloh taolo xalqining zohiridan xabardor bo‘lganidek, 
botinidan ham xabardor ekani unga ma’lumdir. Uning Alloh  taolo uchun botinini 
yashnatish,   poklash va ziynatlash mubolag‘asi boshqa odamlarga zohirini 
ziynatlashdagi mubolag‘asidan kuchliroqdir. Yaqiynning bu maqomi hayo, xavf, 
shikastalik, zalillik, xuzu’, xullas, mahmud axloqning barcha-barchasini yuzaga 
chiqaradi. Bu xulqlar esa, yuksak toatlarning turlarini paydo qiladi.  
 
Yaqiyn mana shu boblarning har birida xuddi daraxtga o‘xshaydi. Qalbdagi axloq esa
xuddi daraxtdagi shoxchalar kabi. Axloqdan sodir bo‘ladigan amal -toatlar meva va 
shoxlardagi gullarga o‘xshaydi. Yaqiyn asl va asosdir. Uning o‘zanlari va eshiklari biz 
sanagandan ham ko‘proq. Bu haqda, inshaalloh, «Rub’ul munjiot» (To‘rt najot beruvchi) 
bobida zikr qilamiz. Hozircha ana shu lafzning ma’nosini keltirishimiz kifoya.  
 
(Oxirat ulamolarining) yana bir sifati mahzunlik, shikasta nafslik, boshni pastlatib, sukut 
qilib, jim yurish kabilar. Qo‘rqish asari uning hay’atida, kiyinishida, siyratida, harakatida
nutqida, sukut qilishida ko‘rinib turadi. Unga biror kishi nazar solsa, Allohni eslatadi. 
Unday kishining surati amaliga dalolat qiladi. Uning ko‘zi oynalidir. Oxirat ulamolari uni 
sokinligidan, o‘zini past olishi va tavozu’sidagi siymosidan tanishadi. Aytishlaricha, Alloh 
taolo biror bandaga xushu’ va sakinat kiyimidan yaxshiroq kiyimni kiydirmaydi. U 
anbiyolar kiyimidir. Qolaversa, solih, siddiq va ulamolarning ham libosidir. 
 
Ammo kalomga sho‘ng‘ib, ko‘p gapirib, kulguga ko‘milib, harakat va nutqda qo‘pol 
bo‘lish, bularning hammasi ko‘rnamaklik asoratidir. Allohning buyuk iqobi va qattiq 
g‘azabidan xotirjam bo‘lib g‘aflatda qolish Allohdan g‘ofil dunyo bolalarining 
odatlaridandir. Oxirat ulamolari bu odatdan mustasnodirlar. 
 
Sahl Tustariy (r.a.) aytganlaridek, olimlar uch qism bo‘ladi: 
1. Allohning amrini bilib, kunlarini bilmaydiganlar. Ular halol va haromga fatvo beradilar. 
Bu ilm Allohdan qo‘rqishni meros qoldirmaydi. 
2. Alloh taoloni biladiyu, Uning amri va kunlarini bilmaydi, ular mo‘minlar ommasi. 
3. Allohni tanib, Uning amri-yu, kunlarini biluvchilar. Ular siddiqlardir. Qo‘rqish va xushu’ 
ularga g‘olib kelgandir. 
 
Allohning kunlaridan murod o‘tgan va kelasi asrlarda tushadigan har turli maxfiy 
uqubatlaru botiniy ne’matlardir. Kimning ilmi mana shu narsalarni anglashga yetsa, xavfi 
ko‘payib, xushu’si zohir bo‘ladi. 
 
Umar (r.a.) aytadilar: «Ilm olinglar. Ilm bilan birga xotirjamlik, viqor va halimlikni ham 
o‘rganinglar. Sizga ta’lim berayotgan kishiga tavoze’li bo‘linglar. Sizdan ta’lim olayotgan 
kishilar ham sizga tavoze’li bo‘lishsin. Jabr qiluvchi olimlardan bo‘lmanglar. Ilmingiz 
johilligingiz ustiga qoyim bo‘lmasin». 
 
Aytilishicha, Alloh taolo biror bandaga ilm bersa, halimlik, tavozu’, husni xulq, 
muloyimlikni ham qo‘shib beradi. Ana shu ilm foydalidir. Asarlarda kelishicha, kimga 
Alloh taolo ilm, zohidlik, tavozu’, husni xulq bersa, ana shu kishi muttaqiylar imomidir. 
Xabarda aytiladiki, Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): «Ummatimning 
yaxshilari bir qavm bo‘lib, ular Allohning rahmati kengligidan qah-qah urishadi. Allohning 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
124
azobidan xavf qilib, maxfiy yig‘lashadi. Ularning vujudlari yerda, qalblari osmonda, 
ruhlari dunyodayu qo‘llari oxiratdadir. Ular sokinlik ila yurib, vasila bilan yaqin 
bo‘ladilar»,
176
 dedilar. 
 
Hasan aytadilar: «Halimlik ilmning vaziri, muloyimlik otasi, tavozu’ esa, kiyadigan 
kiyimidir». 
 
176. Hokim va Bayhaqiylar rivoyati. Iyoz ibn Sulaymondan qilingan rivoyatni zaif deyishgan. 
 
 
Bishr ibn Horis aytadilar: «Kim ilmi bilan riyosatni (rahbarlikni) talab qilsa, Allohning 
g‘azabiga yaqin bo‘ladi. Chunki uni osmondayu yerda yomon ko‘rishadi».  
 
Isroiliyotda rivoyat qilinadi: Bir hakim uch yuz oltmishta hikmatli kitob jamladi. Hatto u 
hakim deb sifatlandi. Alloh taolo o‘sha zamondagi payg‘ambariga vahiy qilib, falon 
kishiga ayt, yerni nifoqqa to‘ldirib yubordi, chunki amali bilan Meni iroda qilmadi, Men 
uning nifoqidan biror narsani qabul qilmayman, dedi. Haligi kishi nadomat qilib, bu 
ishlarini tark etdi, ommaga aralashib, bozorlarda yurdi. Bani Isroilga ishonib, nafsini 
tavozu’li qildi. So‘ng Alloh taolo ularning nabiyiga vahiy qilib, u endi Mening roziligimga 
muvaffaq bo‘ldi, dedi. 
 
Avzoiy (rahmatullohi alayh) Bilol ibn Sa’ddan hikoya qilib aytadilar: «Sizlardan biringiz 
mirshabga qarab turib, Alloh nomi ila undan panoh tilaydi, ammo xalqqa sanoatchi
boshliqlikka talabgor bo‘lgan dunyo olimidan g‘azablanmaydi. Aslida mirshabdan ko‘ra, 
o‘sha olimlar g‘azablanishga haqliroqdir».  
 
Rivoyatda keltirilishicha, Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam): «Qaysi amal afzal?» 
deb so‘rashdi. Rasululloh: «Haromdan chetlanish va tiling Allohning zikri bilan doim nam 
bo‘lishidir», dedilar. So‘ng: «Qaysi do‘st yaxshi?» deb savol qilishdi. «Allohni zikr 
qilishda senga yordam berib, unutganingda eslatuvchi do‘st yaxshidir», deb javob 
qildilar. «Qaysi do‘st yomon?» deb so‘rashganda, «Agar unutsang, eslatmaydigan, 
eslasang ham, yordam bermaydigan do‘st», dedilar. «Qaysi odamlar biluvchiroq?» deb 
so‘rashganda, «Allohdan qattiqroq qo‘rquvchilari», dedilar Nabiy (sollallohu alayhi 
vasallam). «Bizga majlisdoshlarimizning yaxshilarini xabar bering», deyishganda, 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Allohni zikr qilayotganlarni ko‘rsanglar, o‘shalar 
yaxshilardir», deb javob berdilar. So‘ng: «Insonlarning qaysilari yomon?» deb so‘rashdi. 
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): «Allohim, mag‘firat qil» dedilar. Sahobalar yana: 
«Bizga u haqda xabar bering», deyishganida, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): 
«Ulamolar, agar fasod bo‘lishsa», dedilar. 
 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Qiyomat kuni omonlik topadigan 
insonlarning ko‘pchiligi dunyoda ko‘p fikr qilganlardir. Oxiratda kishilarning ko‘p 
kuluvchilari dunyoda ko‘p yig‘laganlaridir. Kishilarning oxiratda ko‘p xursand bo‘lganlari 
dunyoda ko‘p xafa bo‘lganlaridir». 
 
Ali (r.a.) xutbalarida quyidagilarni aytganlar: «Zimmamdagi garovdir. Men u bilan 
yo‘lboshchiman. Qavmning dehqonchilik qilishi taqvoni kuchaytiradi. Asli sho‘r yerning 
chanqog‘ini hidoyat qondirolmaydi. Kishilarning johili qadrini bilmaydiganlaridir. Alloh 
g‘azab qiladigan kishilar ilm o‘rganib, so‘ng u ilmi bilan fitnaga undaydiganlardir. U biror 
kun ham ilmda salomat yashamaydi. Shoshiladi va ko‘paytiradi. Ilmning ozgina bo‘lib, 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə