Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


«Ey Abu Zar, har bir masjidning salomi bor, u ikki rakat nafl namoz o‘qimoqdir. Bor, ikki rakat



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/217
tarix28.11.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#136939
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   217
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

«Ey Abu Zar, har bir masjidning salomi bor, u ikki rakat nafl namoz o‘qimoqdir. Bor, ikki rakat 
namoz o‘qib ol!» 
- dedilar. Men namozni o‘qib, yana Rasulullohning yonlariga o‘tirib so‘radim: «Ey Allohning 
Rasuli, siz meni namozga buyurdingiz, namozning o‘zi nima?». Rasululloh (s.a.v) dedilar: 
«Oz o‘qisang ham, ko‘p o‘qisang ham eng yaxshi mavzu’ namozdir».
Shu yerda men Rasulullohdan so‘radim: «Payg‘ambarlarning soni nechta?». Rasululloh (s.a.v) dedilar: 
«Bir 
yuz yigirma to‘rt ming».
«Qanchasi mursal payg‘ambarlar?». Rasululloh (s.a.v) dedilar: 
«Uch yuz o‘n 
uchtasi».
«Eng avvali kim?». Rasululloh (s.a.v): 
«Odam (a.s.) birinchi mursal payg‘ambar, Alloh uni qo‘li bilan yasadi, unga ruh kiritdi va go‘zal 
inson qilib yaratdi».
Abu Zar (r.a.)dan qilingan boshqa bir rivoyatda shunday deyiladi: «Men Rasululloh (s.a.v)dan: «Ey 
Allohning Rasuli, Odam payg‘ambarlardan edimi?» - deb so‘radim. Rasululloh (s.a.v): 
«Albatta, Odam birinchi bo‘lib Alloh bilan bevosita gaplashgan payg‘ambar edilar» - deb javob 
berdilar».(Tarixi Tabariy, 1-j. 102-bet.)
 
 
Unga o‘n sahifalik dastur nozil etildi. Bu dasturda Allohga imon keltirish va uning buyruqlariga itoat etish 
(ibodat) yozilgan edi. 
«Ba’zi olimlarning aytishlaricha, Odam (a.s.)ga o‘limtik, qon, to‘ng‘iz go‘shti va birovlarning hayvonlarini 
yeyish harom qilingan yigirma bir varaqlik kitob nozil etilgan».
(O’sha manba va sahifa.)
 
Odam (a.s.)ning farzandlari buni yaxshi qabul qildilar va amal qildilar. 
Odam (a.s.) ming yil umr ko‘rdilar. Imom Ahmad Ibn Abbos (r.a.)dan, Imom Termiziy Abu Hurayra (r.a.), Ibn 
Xuzayma(r.a.) va Ibn Habbondan rivoyat qilgan hadisda aytilishicha, Odam (a.s.) zurriyotlarining ruhlari 
ko‘rsatildi. Odam (a.s.) ularning orasidagi chiroyli ruhni ko‘rib: «Ey Rabbim, bu kim?» - deb so‘radilar. Alloh 
taolo: «Bu o‘g‘ling Dovuddir» - dedi. Odam (a.s.) uning umrini so‘radilar. Alloh taolo: «Oltmish yil» - deb javob 
berdi. Odam (a.s.) uning umrini ziyoda qilishni Allohdan so‘radilar. Alloh taolo: «Uning umri faqat sizning 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
19
umringiz hisobiga ziyoda bo‘lishi mumkin» - dedi. Odam (a.s.)ning umrlari ming yil edi. Undan qirq yilini olib
Dovudga berildi. 
Odam (a.s.)ning vafotlari yaqinlashganda, yana qirq yil umrlari bor ekanligini aytdilar. Uni Dovudga 
berganlarini unutdilar. Shundan so‘ng, Allohning karami bilan Odamning umrlari ming yil, Dovudning umrlari 
esa yuz yil komil bo‘ldi. 
Odam (a.s.)ning qabrlarini ba’zilar Sarandib
(Seylon)
dagi Buz tog‘ida, ba’zilar Makkadagi Abu Qubays tog‘idagi g‘orda, 
deydilar. Ba’zi rivoyatlarga ko‘ra esa Nuh To‘fonidan keyin Baytul muqaddasga dafn etilganlar.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə