murakkab oqsillarni oddiy birikmalargacha parchalaydilar. Hosil bo‘lgan
birikmalar hisobiga boshqa mikroorganizmlar hayot faoliyati davom etadi.
Antibioz munosabatida mikroorganizmlar bir-biriga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Masalan: sut kislotasi bijgishni amalga oshiruvchi bakteriyalar,
boshqa ko‘pgina chirituvchi bakteriyalar uchun zararli bo‘lgan sut kislotasini
ishlab chiqaradi va ular hayot faoliyatini bo‘gib qo‘yadi.
Ko‘pgina zamburuglar mikroorganizmlarga salbiy ta’sir-etuvchi
moddalarni (antibiotiklarni) ishlab chiqaradilar. Pensillin, streptomisin,
aureomisin, xloromisin, tetrotsiklin, terramisin va x.z. antibiotiklarni misol qilib
olsak bo‘ladi.
Yana parazit yashash ham bo‘lib, bunda faqat bitta mikroorganizm
boshqa organizm hisobiga yashaydi. Boshqa organizmga foydasi tegmaydi,
aksincha zarar keltiradi.
7.Xulosa.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mikroorganizmlar ham boshqa
tirik mavjudodlar singari organik olamning bir bo‘lagi hisoblanadilar. Shuning
uchun ular o‘zlari yashab turgan muhit omillari ta’siridan chetda qololmaydilar.
Ularning havoda, suvda tuproqda, o‘simlik va hayvonlarda tarqalishi, hayot
faoliyati ana shu muhit omillari ta’siriga moslashuvidan kelib chiqadi. Aks
holda hayot kechira olmas edilar.
SAVOLLAR:
1. Mikroblar bilan suv o‘rtasida qanday boglanish bor?
2. Gipertonik va gipotonik eritma deganda nimani tushunasiz?
3. Plazmoliz va plazmotiz qanday sodir bo‘ladi?
4. Harorat ta’siriga ko‘ra mikroorganizmlar qanday guruhlarga ajratilgan?
5. Muhit reaksiyasi mikroblarga qanday ta’sir qiladi?
6. Mikroorganizmlarning kislorodga munosabati bo‘yicha qanday guruhlarni bilasiz?
7. Quyosh nuri guruxlarini bilasizmi?
8. Quyosh nuri mikroorganizmlarga qanday ta’sir qiladi. Simbioz nima? Misollar keltiring.
9. Metabioz nima?
10. Anabioz va parazitizm haqida nimalarni bilasiz?
4-MAVZU: MIKROORGANIZMLARDA MODDALAR ALMAShINUVI
Reja:
1. Katabolizm va biosintez tushunchasi.
2. Mikroorganizmlarni oziq moddalarga bo‘lgan talabi.
3. Mikroorganizmlarni oziqlanish tiplari
4. Mikroorganizmlarni nafas olishi
5. Mikroorganizmlarda modda almashinuvida fermentlarning roli
6. Fermentlar klassifikatsiyasi
7. Mikroorganizmlar hujayralarida energiya yigilishi
8. Xulosalar
Adabiyotlar: 2,4,6,7
1. Katabalizm va biosintez tushunchasi.
Mikroorganizmlar hujayrasi
ichiga kirgan ozuqa moddalar turli-tuman ximiyaviy reaksiyalar qatnashadilar.
Bu jarayonlarni umumiy bitta so‘z bilan metobolizm ya’ni moddalar
almashinuvi deymiz. Metobolizm hayotiy muhim ikki jarayondan katabolizm
va biosintezdan iborat. (Oldinlari dissimilyatsiya, assimilyatsiya deyilgan).
Katabolizm
– ozuqa moddalari uglevodlar, yoglar, oqsillar oksidlanish
natijasida parchalanish va energiya ajralib chiqishi jarayonlaridir.
Mikroorganizmlarda katabolik jarayonlar ikki yo‘l bilan aerob nafas olish va
bijgish bilan bo‘ladi. Aerob nafas olishda ozuqa moddalarining to‘liq
parchalanishi (karbonat angidrid va suvgacha) va ko‘p miqdorda energiya
hosil bo‘ladi va energiyaga boy moddalar (etil spirti, sut kislota, moy kislota va
boshqa hayotiy zarur kislotalar) hosil bo‘ladi. Ajralib chiqayotgan energiya
ATF molekulasida yigiladi.
Biosintez –
hujayrada NK, oqsil polisaxaridlar kabi makromolekulyarlar
moddalarning hosil bo‘lish jarayonidir. Bu jarayon energiya o‘zlashtirish bilan
sodir bo‘ladi. Energiya ATF shaklida o‘zlashtiriladi. ATF esa fotosintez,
xemosintez, nafas olish, bijgish jarayonlarida hosil bo‘ladi. Bu ikki jarayon bir
vaqtda sodir bo‘ladi. Ko‘pchilik oraliq maxsulotlar katabolizmda ham
biosintezda ham ishtirok etadilar.
3.Mikroorganizmlarni ozuqa moddalarga bo‘lgan talabi.
Bu talabni
mikroorganizmlar hujayrasi tarkibidagi elementlardan va shu
mikroorganizmlar faoliyati davomida ishtirok etadigan jarayonlardan kelib
chiqqan holda baholash maqsadga muvofiqdir. Mikrob hujayrasining asosiy
qismi (80-90% umumiy massadan) suvdir. Quruq moddasi umumiy ogirlikda
uglerod –50%; kislorod –20%; azot – 14%; vodorod – 8%; fosfor – 3%;
magniy – 0,5%; temir – 0,2%; boshqa elementlar – 0,3% ni tashkil etadi.
Uglerod hamma organik birikmalar tarkibiga kiradi. Ko‘pchilik
mikroorganizmlar uglerodni organik birikmalar tarkibidan, qisman oksidlangan
(SNON, SN
2
ON, SON) shakllardagisidan o‘zlashtiradilar. Fotosintezlovchi va
xemosintezlovchi mikroorganizmlar esa uglerodni SO
2
holatda
o‘zlashtiradilar. Hujayrada uglerod oksidlanib –SO va –SOON holatga o‘tib,
keyin SO
2
hosil qilsa, qaytarilgan uglerod –SN
2
va SN holatlarda
aminokislotalar va yog kislotalari hosil bo‘lishiga sarflanadi.
Azot mikroblar uchun aminogruppa hosil qilishi purin, primidin asoslar,
aminokislotalar, NK va boshqa hayotiy zarur moddalar sintezi uchun zarurdir.
Oltingugurt ham azotga kabi oqsillar sintezi uchun zarur, hujayraning asosiy
elementidir. Fosfor juda hayotiy birikmalar, AK fosfolipidlar, kofermentlar,
ATF, ADF tarkibiga kiradi. Bu moddalarsiz mikroblar hayoti yo‘q. Kaliy
mikroorganizmlarga uglevod almashinuvida ahamiyatli. Magniy
bakterioxlorofill tarkibidagi asosiy metall, kalsiy ba’zi bakteriyalar
(azotobakteriya, klostridium pasteurianit kabi) o‘sishi uchun zarurdir. Temir
almashinmaydigan ozuqa element bo‘lib, u nafas olish fermentlari tarkibiga
kiradi. Shuningdek yuqoridagilardan tashqari mikroorganizmlar uchun
mikroelementlar ham zarurdir.
3.Mikroorganizmlarning oziklanish tiplari.
Mikroorganizmlarning
oziqlanishi energiya va uglerod mansabiga qarab avtotraf va geteratrof
oziqlanishiga ajratish mumkin. Avtoref oziqlanish ham fotoreduksiya (chala
fotosintez) va xemosintez yo‘llari bilan sodir bo‘ladi. Fotoreduksiya energiya