9. Mikroorganizmlar hujayrasida energiya qanday shaklda qo‘llaniladi
va uning zarurati
nimada?
5-MAVZU: UGLEROD BRIKMALARINING MIKROORGANIZMLAR
TOMONIDAN BOShQA MODDALARGA O‘ZGARTIRILIShI.
Reja:
1. Karbonat angidrid va kislorod aylanishi
2. Spirtli bijgish va uning ahamiyati
3. Sut kislotali bijgishi va uning ahamiyati
4. Moy kislotasi bijgish
5. Tarkibida uglerod saqlovchi ba’zi moddalarni oksidlanishi.
6. Sellyuloza gemisellyuloza lignin va pektinni parchalanishi
7. Xulosalar.
Adabiyotlar 2,3,4,6,7
1. Karbonat angidrid va kislorodning aylanishi.
Tabiatda barcha
biologik ahamiyati elementlarning shu jumladan uglerod va kislorodning
aylanishida mikroorganizmlarning ahamiyati juda kattadir. Uglerod
aylanishining ikki tomoni mavjuddir. Bu kislorodning chiqishi va birikishi bilan
ham bogliq.
Karbonat angidridning fotosintezda o‘zlashtirilishi va kislorod ajralib
chiqishi. 2. Organik moddaning minerallashuvi va kislorodning uglerod bilan
birikib karbonat angidrid ajralib chiqishidir. Birinchi jarayon yuksak o‘simliklar,
suv o‘tlari va fotosintezlovchi bakteriyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Ikkinchi jarayonni mikroorganizmlar amalga oshiradi, bunda kislorod
o‘zlashtirilib yana fitosintez uchun substratlar karbonat angidrid va suv ajralib
chiqadi. Havoda xajm bo‘yicha 0,03% SO
2
mavjud. Agar mikroorganizmlar
faoliyati, inson va hayvonlar nafas olish va faoliyati natijasida uning o‘rni
to‘latilmasa 20 yilda fotosintez uchun sarf bo‘lib tugaydi. Organik moddaning
planetamizda yillik hosil bo‘lishi taxminan 33
10
11
tonna bo‘lsa, shuning
asosiy qismi o‘simliklar dunyosiga tegishli. Shuning uchun o‘simliklarning turli-
tuman qoldiqlari ham ko‘p bo‘ladi. Shu qoldiqlar tarkibida xilma-xil murakkab
organik moddalar oqsillar, aminokischlotalar, kletchatkalar, lignin, sellyuloza,
yoglar, mumlar va x.zo ko‘p bo‘ladi. O‘simliklar o‘lgach uning qoldiqlaridagi
organik moddalarning parchalanishi sodir bo‘ladi. Bu parchalanishni tuban va
takomillashgan zamburuglar, bakteriyalar aktinomisetlar amalga oshirsa
fitogen parchalanishi deyiladi. Umurtqasiz hayvonlar (sodda hayvonlar,
chuvalchanglar, malyuskalar amalga oshirsa zoogen parchalanishi deyiladi.
Tuproqda har ikkala parchalanish ham sodir bo‘ladi ammo, fitogen
parchalanish asosiy hisoblanadi. O‘simlik qoldiqlarining parchalanishi
bosqichma-bosqich amalga oshadi. Dastlab odiiy va kam polimerlashgan
uglevodlar parchalandi. Polisaxaridlar (kraxmal, gemisellyuloza, pektin va x.k.
yoglar, mumlar sekin parchalanadilar. Kletchatka ayniqsa lignin juda chidamli
bo‘lib, mikroorganizmlar ta’sirida qiyin parchalanadilar shuning uchun ular
tuproqda ko‘proq to‘planib qoladilar. Muhit sharoitiga qarab organik moddalar
aerob va anaerob mikroorganizmlar ta’sirida parchalandi. Anaerob
mikroorganizmlar ta’sirida organik moddalar parchalanganda oxirgi
maxsulotlar organik kislotalar va spirtlar bo‘lsa, aeroblar ta’sirida SO
2
va N
2
O
bo‘ladi. Endi ana shu parchalanishlardan ba’zilarini ko‘rib chiqamiz.
2. Spirtli bijgish va uning ahamiyati.
Spirtli bijgish ba’zi achitqilar
asosan saxarmukos avlodi vakillari ishtirokida sodir bo‘ladi. Ba’zi bakteriyalar
(sarsina) va mogor zamburugning alohida vakillari ham sodir etadilar. Muhit
kuchsiz kislotalik rN – 4 – bo‘lganda ular yaxshi rivojlanadilar va eritmada 15-
17% gacha spirt to‘planadi. Trushlar geksozlarni etil spirti va karbonat
angidridgacha parchalaydi. S
6
N
12
O
6
q2SN
3
SN
2
ONQ2SO
2
Q 25 kal. Bu ikki
fazada iborat bo‘ladi. 1. Induksion 2.Stasionar. Induksion fazada sirouzu
kislotadan hosil bo‘lgan sirka aldegid vodorod akseptori siatida foydalanilmay
qoladi. Natijada vodorod giliserin aldegid biriktirib oladi va eritmada gliserin,
sirka aldegid va SS to‘planadi. Ikkinchi fazada vodorodni sirka aldegid
biriktiradi va spirt hosil bo‘laveradi.
2SN
3
SNO Q 2 (2N)q 2 SN
3
SN
2
ON
Spirtli bijgish nonvoychilikda, galla donlari va kartoshka kraxmalidan aroq
ishlab chiqarishda, pivo pishirishda ham ahamiyatlidir.
3. Sut kislotali bijgish va uning ahamiyati.
Qadimda ma’lum bo‘lgan
uglevodlar bijgishning ancha oddiy xili bo‘lib, uni amalga oshiruvchi
mikroorganizmni o‘tgan asrning 60-yillarida Lui Paster qatiqdan ajratib oldi.
Buni streptokoknus laktus deb ataldi. S
2
N
12
O
6
– 2SN
3
SNON SOON hosil
bo‘ladi. Bu faqatgina sut kislota hosil bo‘lganligi uchun gomofermentativ sut
kislotali bijgish deyiladi.
Agarda glyukozada sut kislota va etil spirt hosil bo‘lsa, SO
2
ajralib
chiqsa bunday bijgish geterofermentativ sut kislotali bijgish deyiladi.
Bakteriumlaktis aerogenez amalga oshirsa
S
6
N
12
O
6
qSN
3
SNONSOONQSN
3
SN
2
ONQSO
2
shunday bijgish sodir bo‘ladi.
Bifidobakteriyalar sirka kislota va sut kislota hosil qiladilar,
bunday bijgish
bifidobijgish deyiladi. Bunda 2SN
6
N
12
O
6
q3SN
3
SOONQ2SN
3
SNONSOON hosil
bo‘ladi. Sut kislotali bijgish ahamiyati katta. Silos tayyorlashda, karam
tuzlaganda, katiq pishloq tayyorlashda shu jarayon amalga oshadi.
4. Moy kislotali bijgish.
Moy kislotali bijgishni klastridium buturikum
bakteriyasi amalga oshiradi. Umuman klastridium avlodiga ko‘p bakteriyalar
kiradi va ular eruvchan uglevodlarni, aminokislotalarni, azot saqlovchi siklik
birikmalarni, etil spirti va sirka kislotasi aralashmalarini bijgitib turli maxsulotlar
hosil qiladilar. Moy kislotali bijgish umumiy reaksiyasini tubandagicha izoxlash
mumkin.
4S
6
N
12
O
6
q 3SN
3
SN
2
SN
2
SOON Q 2SN
3
SOON Q 8 SO
2
Q 8N
2
:
Moy kislotali bijgish sodir bo‘lsa silos, tuzlangan
karamlarda yoqimsiz
xid paydo bo‘ladi. Ammo, moy kislotasini ximiyaviy usullar bilan tozalab olinib
sanoat ishlab chiqarishda ba’zi maqsadlarda foydalaniladi. Moy kislotasining
bijgituvchisi sof kulturasidan foydalanib zavodlarda moy kislotasi olinadi.
5. Tarkibida uglerod saqlovchi ba’zi moddalarni oksidlanishi.
Uglerod saqlovchi moddalar faqatgina bijgimasdan mikroorganizmlar