o‘tlari ham ahamiyatlidirlar. Zamburuglar ko‘pchiligi
gif deb ataluvchi
shoxlangan ip shaklida o‘sadilar. Bular zamburug miseliysini (tanasini) hosil
qiladilar. Ba’zi zamburuglar giflari qisqa xjayralarga (oidiya) bo‘linishi va shu
hisobiga ko‘payishi mumkin. Achitqida shunday vazifani kurtaklanuvchi
misella bajaradi. Zamburugdarni bir qancha morfologik va fiziologik belgilariga
qarab 6 sinfga bo‘lingan.
1. Xitridiomisitlar
2. Oomisetlar
3. Zigomisetlar
4. Bazidiyamisetlar
5. Xaltachali zamburuglar
6. Takomillashmagan
zamburuglar
4.Viruslar haqida tushuncha.
Viruslar – ultramikroskopik, faqat
hujayra ichida ko‘payishiga moslashgan, obligat mikroorganizmlar bo‘lib
o‘simlik, hayvon, inson hatto sodda hayvonlar va boshqa mikroorganizmlarda
ham kasallik qo‘zgatadilar. Viruslarni 1892 yilda D.I.Ivanovskiy ochgan.
Viruslar bakteriologik filtrdan ham o‘tadi, hujayraviy tzilishiga ega emas,
o‘sishga va binar bo‘linishiga qobiliyatsiz, maxsus modda almashinuvi
sistemasiga ega emas, faqatgina bitta nuklein kislota RNK yoki DNK bor
xolos. Viruslar ham tayoqchasimon, ipsimon, sferik, kubsimon, to‘gnagich
shaklida bo‘lishi mumkin.
Mikroorganizmlarning ximiyaviy tarkibi.
ham yuksak o‘simliklar va
hayvonlarning hujayralari kabi 75-85% suv (hayvonlarda 65-70% bo‘ladi) 15-
25% hujayraning umumiy ogirligi hisobidan quruq moddalardan iborat bo‘ladi.
Mikroblar hujayrasida organogen elementlar uglerod, azot, kislorod va
vodorod 90-97% tashkil etadi. Kuruq moddasining asosiy qismi 80% ga yaqin
mikroblar hujayrasida oqsillarga to‘gri keladi. Uglevodlar ko‘proq
polisaxaridlar uchraydi. Lipidlar protoplazma yuzasida va asosan hujayra
pustida uchraydi. Tuzilishiga kelsak prokariot (bakteriyalar, ko‘k-yashil suv
o‘tlari,) aktinomisitlar va x.k) mikroorganizmlarda shakllangan yadro (magiz)
yo‘q. Bakteriyalar prokariotlarga mansub bo‘lsa ham yadrosi takomillashgan
eukariotlar hujayralari singari murakkab tuzilishiga egadirlar. Bakteriyalar
hujayra po‘sti rangsiz, uglevod, pektin, lipoid va xitin moddalaridan tashkil
topgan bo‘ladi. Hujayradan hujayra po‘sti orqali muxitga sitoplazmatik
o‘simtalar chiqadi. Bu o‘simtalar xivchinlar deyiladi. Hujayra pusti ustida
ipsimon ingichka va uzunligi 0,3-0,4 mm keladigan o‘simtalar (PILI)
sitoplazma membranalarida joylashadi. Pililar muhitdagi buyumlar va boshqa
hujayralarga yopishib turish vazifasini bajaribgina qolmasdan ba’zilari jinsiy
organ rolini bajarishda ham ishtirok etadi. Sitoplazma mayda donali, rangsiz,
yarim suyuq modda bo‘lib, uning 80% suv 20% organik va anorganik
moddalarga to‘gri keladi. Ular asosan xivchinlari yordamida xarakatlanadilar.
Ayrim mikroorganizmlarda (spiroxeta va spirillalar) xivchinlar bo‘lmaganligi
uchun siljib, sirgalib (ilonga o‘xshash) xarakatlanadilar. Xamirtrush zamburugi
bir joydan ikkinchi joyga siljimaydi, bir joyda xarakatlanib turadilar.
Bakteriyalar
ko‘payishiga kelsak asosan oddiy bo‘linish yo‘li bilan
ko‘payadilar. Agar hujayra teng ikkiga bo‘linsa izomorf bo‘linishi yangi
hujayralarning biri katta ikkinchisi kichik bo‘lib qolsa geteromorf bo‘linish deb
ataladi. Ba’zi bakteriyalar jinsiy yo‘l bilan ko‘payadilar.
Bunda ikkita yetilgan
hujayra qo‘shiladi, buni kon’yugatsiya deyiladi. Hujayralar ichida hosil bo‘lgan
konidiyalardan bo‘shab chiqqan bakteriyaning yangi hujayralari yetiladi.
Mikroblar juda tez ko‘payadi. Bakteriya hujayrasi har 20-30 minutda
bo‘linishi mumkin.
Bitta bakterial hujayra 5 soatda 1024 hujayra, 10 sotada 10485576
hujayra, 20 soatda 1099 mld 511,6 mln hujayra hosil qilish ogirligi 80 mg ga
yetishi, 25 soatda 82 gramm, 30 soatda 89,2 kg, 40 soatdan keyin esa
18841,6 tonnagacha ko‘payishligi hisobla chiqilgan.
Zamburuglar ko‘payishiga
kelsak ular vegetativ, jinsiy va jinssiz
ko‘payishiga moslashgandirlar. Mikroorganizmlarda irsiy belgilarni eukariot
hujayralarda yadro, prokariot hujayralarda nukleotidlar saqlaydilar va naslga
o‘tkazadilar. Bakteriyalar DNKsi uzun ikkita polimer zanjirdan iborat
polinukletoid bo‘lib, nukleotidlar monomerlaridan tashkil topadi. Bakteriya
hujayrasi DNKsi ipsiomn bo‘ladi va shu ipni bakteriya xromosomasi deyiladi,
o‘zida genlarni ushlaydi. Aga shu genlar yordamida irsiy informatsiyalar
nasldan naslga o‘tkaziladi.
5.Xulosalar
. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak mikroorganizmlar dunyosi
juda katta va murakkabdir. Faqatgina zamburuglarning o‘zi 70 mingdan ortiq
turga egaligi ham fikrimizning dalilidir. Ana shu mikroorganizmlar tuproqda
turli-tuman faoliyat ko‘rsatib, o‘simliklarning oziqlanishi uchun, tuproq
unumdorligi oshirilishi uchun juda katta samara beradilar.
SAVOLLAR:
1. Mikroorganizmlar organik olamdagi o‘rni nimada?
2. Bakteriyalar shakllari qanday bo‘ladi va qanday nomlanadi?
3. Bakteriyalar kattaligi qanchalik bo‘ladi?
4.
Bakteriyalar klassifikatsiyasini ayting, ularni qanday belgilariga qarab
klasssifikatsiyalanadi?
3. MAVZU: MIKROORGANIZMLAR HAYoT FAOLIYaTIGA TAShQI
OMILLARNING TA’SIRI.
Reja:
1.
Mikroorganizmlar va namlik
2. Mikroorganizmlarga xaroratni ta’siri
3. Muhit reaksiyalarning mikroorganizmlarga ta’siri
4. Mikroorganizmlarning kislorod bo‘lgan munosabati
5. Quyosh nuri reaksiyasining mikroblarga ta’siri
6. Mikroorganizmlarning o‘zaro munosabati
7. Xulosalar
Adabiyotlar 2,4,7
1.
Mikroorganizmlar va namlik
Har bir tirik organizm xaet faoliyati uni
o‘rab turga muhitning tashqi omillari bilan chambarchas boglanganidir.
Bundan turli xil mikroorganizmlar ham mustasno emas. Tashqi sharoit
qanchalik qulay bo‘lsa mikroorganizmlar hayot manbai ekanligini bilamiz.
Mikroorganizmlar sham tomchi suyuq holatdagi suv bilan hayotdir va
ko‘payishi imkoniga egadir. Mikroorganizmlar o‘sish rivojlanishiga suvda