Mundarija


Mustamlaka boshqaruv tizimining maqsadi va hususiyatlari



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə13/36
tarix14.06.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#48925
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36

Mustamlaka boshqaruv tizimining maqsadi va hususiyatlari


Rossiya imperiyasi hokimiyati o`rta Osiyoni o`z ichki mustamlakasiga aylantira oladigan ma'muriy va siyosiy tizimni yaratishga zamin hozirlagan edi. Bu tizim o`zining to`liq harbiy hukmronligini qaror toptirishni, o`lka iqtisodiy va siyosiy hayoti ustidan yalpi nazorat o`rnatishni anglatar edi.

Bu tizimning boshqa bir jihati Turkiston o`lkasi — Xiva, Buxoro va Qo`qonni tashqi dunyodan tamomila yakkalab qo`yishda, Rossiya imperiyasi tashqi davlat chegaralarini barpo etish yo`li bilan har qanday iqtisodiy, madaniy va siyosiy aloqalarni to`xtatishdan iborat edi.

Ingliz imperialistlari bilan imzolangan shartnomaga ko`ra 1869— 1872-yillarda Panj daryosi bo`ylab mahalliy xalqni ikkiga ajratib tashlab, surfiy chegara o`rnatildi. 1881-yilda Skobelev Turkmanistonni bosib olishi natijasida Eron bilan hozirgi chegaralar belgilandi. Xuddi shu yili Sharqiy Turkistonning Ili o`lkasidagi qo`zg`alon chor qo`shinlari tomonidan bostirilgandan so`ng Rossiya va Xitoy imperatori hozirgi (Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston va Xitoy o`rtasidagi) chegaralarni belgilab, shartnoma imzoladilar.

Rossiya mustamlakachilik siyosati maqsadi, bu — mintaqada rus aholisining ma'lum bir foizini joylashtirish edi. Markaziy Rossiyadan ochlik va yersizlikdan qochgan rus dehqonlarini ko`chirib keltira boshladilar, ammo shaharlarda rus aholisini shakllantirish siyosati muhim ahamiyatga ega edi.

XIX asrning ikkinchi yarmida Toshkent shahri Rossiyadan ko`chib kelgan aholi hisobiga zudlik bilan kengayib bordi. Bu aholining katta qismi iste'foga chiqqandan keyin shaharda yashash uchun qolgan askarlar, davlat amaldorlari, Rossiya armiyasi amaldorlari, Rossiya firmalari xizmatchilari, jazo manziliga jo`natilib, jarimaga tortilgan xizmatchilar, xizmatdan bo`shatib yuborilgan harbiy xizmatchilar edi.

Anhor shaharni qoq ikki qismga ajratgan bo`lib, eski shaharda mahalliy aholi, yangi shaharda esa rus aholisi yashardi. Shaharning bu ikki qismi birbiri bilan kamdan-kam aralashgan holda o`z iqtisodiy va ma'naviy hayotini boshdan kechirar edi.

Mustamlakachilikning plantatsion modeli ishga oid barcha hujjatlarni rus tilida yuritishni nazarda tutardi, buyruqlar va farmoyishlar ham rus tilida berilardi, ularning mohiyatini mahalliy aholiga mahalliy amaldorlar tushuntirib berar edi. Ishlab chiqarishdagi ichki qoidalar ham rus tilida yozib qo`yilar va ijro etilar edi. Bu narsa o`ziga xos shaharlashtirishni rag`batlantirdi, aholi savodxonlik darajasining pastligi saqlanib qoldi. Mahalliy aholi asosan yordamchi ishlarda mehnat qilardi, ishchilar, texnik ziyolilar qatlami esa Rossiyadan yollash hisobiga to`ldirib borilardi.

Boshqaruv tizimi va ma`muriy-hududining joylashuvi


Rossiya imperiyasi olib borgan tinimsiz urushlar uning cheklangan moliyaviy zaxiralarini kasodga uchratdi. 1874-yilda Rossiya Sharqiy Turkistondagi Yoqubbek qo`zg`alonini bostirish uchun katta qo`shin jo`natdi. Ayniqsa, 1877— 1878-yillarda Turkiya bilan olib borgan urush SanStefan sulh shartnomasi bilan yakunlanishi imperiyaga juda qimmatga tushdi. 1878—1880-yillarda ingliz-afg`on urushi tufayli Afg`onistonga yurish qilishga mo`ljallangan rus armiyasi askarlari soni Turkiston o`lkasida qariyb 40 mingga yetgandi. Rossiyaning harbiy xarajatlari yangi mustamlaka mamlakatlarni ezish hisobiga qoplandi.

1877-yildaToshkentda "Shahar nizomi")ony etilgan bo`lib, unga muvofiq shahar boshqaruvi Dumaga o`tgan edi. Duma a'zolarining 1/3 qismi shaharning "Osiyo" qismidan, 2/3 qismi esa "yangi Toshkent" qismidan saylangan edi. Natijada shaharning 80 ming mahalliy aholisidan 21 deputat, 3900 nafar yevropalik aholidan esa 48 deputat qatnashadigan bo`ldi. Shahar xo`jaligini yuritishga oid barcha ishlar ana shu Duma qo`liga o`tdi. Duma ustidan rahbarlik qiluvchi shahar boshlig`ini general-gubernator taqdimiga ko`ra Harbiy vazirning o`zi tasdiqlar edi.

Joylarda boshqaruv apparati vazifalarining bir qismi mahalliy rus ma'muriyati nazorati ostida ish yuritgan mahalliy oqsoqollar va volostnoylarga o`tkazildi. Ular aholidan "soliqlarni qurutday sanab olar edi".

1886-yil 12-iyulda imperator Aleksandr III tasdiqlagan "Turkiston o`lkasini idora qilish to`g`risidagi yangi Nizom" arzimas o`zgarishlar bilan 1917-yilga qadar amal qildi. Nizom to`rtta asosiy bo`limdan iborat bo`lgan: 1) o`lkaning ma'muriy tuzilishi; 2) sud tuzilishi; 3) yer tuzilishi; 4) soliqlar va yig`imlar. Bu Nizom general-gubernatorlik hududiy birliklari nomlarini o`zgartirishni va ularni bundan keyin ham bir xillashtirib borishni nazarda tutar edi.

Zarafshon okrugi Samarqand viloyatiga aylantirildi. Xo`jand, Jizzax, Kattaqo`rg`on, Samarqand uyezdlari uning tarkibiga kiritildi. Amudaryo bo`limining bir qismi Sirdaryo viloyatiga o`tkazib yuborildi, Qurama uyezdining nomi Toshkent uyezdi deb qayta nomlandi. Farg`ona viloyati o`zgarmasdan qoldi.

Turkiston general-gubernatorligining umumiy yer maydoni 1,7 million kv. km bo`lib, bu Fransiya va Germaniya hududini birga qo`shib hisoblaganda ham ikki baravar ko`p, ayni mahalda aholisi esa jami 5,2 million kishini tashkil etar edi. o`zbeklar va boshqa tub millatlar 1897-yilda 5 millionni, 1911-yilda esa qariyb 6 millionni tashkil etgan.

Rus aholisining umumiy soni ukrainlar va beloruslarni ham qo`shib hisoblaganda 1897-yilda 197 ming kishini, 1911-yilda esa 400 ming kishini tashkil etgan, ya'ni 14 yil davomida mahalliy aholi soni 20 foizga, rus aholisi soni 100 foizga ortgan. Bu Rossiya mustamlakachiligi "plantatsion tizimi"ning aniq natijasi edi. Rus aholisi mustamlakachilik boshqaruvining jonli kuchini tashkil etgan. Rossiya imperiyasi armiyasi rus aholisining o`lkada hukmron mavqei kafolati edi.

1886-yilgi "Nizom"ga muvofiq Turkiston general-gubernatorligining ma'muriy boshqaruvi yangi idora — Turkiston general-gubernatori Kengashi bilan to`ldirilgan edi. Viloyatlar harbiy gubernatorlari, general-gubernator devoni boshqaruvchisi, Turkiston harbiy okrugi shtabi boshlig`i bu Kengashning doimiy a'zolari bo`lishgan. Bu idoradan ko`zlangan maqsad hokimiyat qonunchilik asoslarini yaratish bo`lgan. Kengash o`lkani idora qilishga taalluqli masalalarda qonun chigarish huquqiga ega edi.

1886-yilgi "Nizom" asosida Buxoroda Rossiya siyosiy agentligi ta'sis etildi, uning ruxsati va roziligisiz Buxoro amiri na tashqi, na ichki siyosat masalalarida biror ishni mustaqil hal qila olar edi. Siyosiy agent shu yerda istiqomat qiluvchi nasroniylar manfaatlarini himoya qilar edi.

Yakunlarni chiqaramiz

-1865-yil 6-avgust — "Turkiston viloyatini idora qilish to`g`risidagi Muvaqqat Nizom" qabul qilindi;

-1867-yil — Rossiya imperiyasi tarkibida Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi;

-1868-yil — Markazi Samarqand shahri bo`lgan Zarafshon okrugi tuzildi;

-1873-yil — Markazi Petro-Aleksandrovsk (hozirgi To'rtko'1) shahri bo`lgan Amudaryo okrugi tuzildi;

-1876-yil — Markazi Yangi Marg`ilon (hozirgi Farg`ona shahri) bo`lgan Farg`ona viloyati tashkil etildi;

-mustamlakachilik tizimining maqsadi — o`rta Osiyoni Rossiyaning ichki mustamlakasiga aylantirish edi;

-1886-yil — Zarafshon okrugi — Samarqand viloyati deb, Qurama uyezdi – Toshkent viloyati deb qayta nomlandi;

-1886-yil — Buxoroda Rossiya siyosiy agentligi tashkil etildi;

-mustamlaka tizimining maqsadi — o`lka ustidan nazoratni ta'minlash, tashqi dunyodan tamomila ajratib qo`yish edi;

-Rossiyadan aholini ko`chirib keltirish hisobiga mavjud tuzum uchun tayanch yaratildi.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə