91
lar, gullar, qushlar, hayvonlar va hokazolarni ishlatishga o‘rgatiladi; ta-
nish buyumlarni guruhlashga va ularni tasniflashga (idish tovoqlar, choy
idishlar, ovqat suzadigan idishlar, oshxonada ishlatiladigan idishlar, oyoq
kiyimlar, qishki va yozgi kiyimlar) o‘rgatiladi.
4–5 yoshli bolalar jamiyat hayotining ayrim hodisalari bilan ta-
nishtiriladi, kishilar mehnati, ularning kasblari, mehnat qurollari
hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirilib boriladi va
buning natijasida ularning lug‘atlariga mehnat faoliyatining xususi-
yatlarini, ishchilar (mehnatkashlar) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatla-
rini bildiruvchi so‘zlar kiritib boriladi.
O‘rta
guruhda ona shahriga, qishlog‘iga bo‘lgan qiziqish va mu-
habbatni tarbiyalash davom ettiriladi. Ularning nutqida jamoat bino-
larining nomlarini bildiruvchi so‘zlar faollashtirib boriladi: pochta,
maktab, do‘kon, kinoteatr va hokazolar, faollashtirib boriladi hamda
shahar va qishloqlarni, obodonlashtirish bo‘yicha olib boriladigan
mehnat faoliyatlarini bildiruvchi so‘zlar hisobiga (yangi ko‘prik qu-
rishyapti, shahar bog‘i tashkil qilindi) lug‘atlari boyitib boriladi. Bola
tilining lug‘at tarkibini egallash bilan birga uning grammatik quri-
lishini ham egallay boshlaydi.
O‘rta guruh yoshdagi bola nutqi uchun quyidagi xususiyatlar xosdir:
Bola besh yoshga yetganda uning faol lug‘ati boyib, munosabat doirasi
kengayib, oddiy yoyiq gaplardan foydalana boshlaydi. So‘z turkum-
laridan otni tez o‘zlashtiradi, vaqt, son shaxs
kabi kategoriyalardan foy-
dalanadi, sodda va murakkab jumlalar tuzadi. To‘rt yoshli bolalar o‘z
nutqlarida bog‘lovchilarni ishlata boshlaydilar, otlarni ko‘plik, birlik,
bo‘lishli, bo‘lishsiz shakllarda va turli kelishiklarda to‘g‘ri ishlata oladi-
gan bo‘ladilar. Otlardan so‘ng so‘z turkumlaridan fe’llarni va sifatlarni
o‘zlashtira boshlaydilar. Lekin yangi o‘zlashtirilgan so‘zlarni hamma
vaqt ham yangi grammatik shaklda eslab qola olmaydi,
yoyiq gapdan
foydalangan vaqtda uning mazmuni va shaklini tekshirib ulgira olmay-
di. Fe’llarning zamonga qarab o‘zgarishini (hozirgi, o‘tgan va kelasi
zamon) tezda to‘g‘ri o‘zlashtirib ololmaydilar, nutqlarida fe’llarning
zamon qo‘shimchalarini almashtirib yuboradilar. Ayrim bolalar nutqida
gaplaridagi so‘zlar bir-biriga to‘g‘ri bog‘lanmaydi, ayrim so‘z turkum-
larini tushirib qoldiradilar.
92
To‘rt yoshli bolalarni so‘zlashuv (dialog) nutqiga o‘rgatishda
bolalarga berilgan savollarga
bitta-bittadan javob berishga, jamoa
bo‘lib so‘zlashishga, suhbatda qatnashishga, o‘rtog‘ining javobini
qunt bilan tinglashga va savollar berishga o‘rgatiladi. O‘rta guruhda
bog‘lanishli nutqni rivojlantirishda yangi vazifa, ya’ni hikoya qilish-
ga o‘rgatish kiritiladi. 4–5 yoshli bolalarni buyumlarni tasvirlashga
(o‘yinchoqlarni, o‘simliklarni, kiyimlarni), ularning o‘ziga
xos bel-
gilarini aytishga, bolalarga tanish bo‘lgan qisqa ertaklarni (masa-
lan: «Echki bolalari bilan»), mashg‘ulotlarda birinchi martda o‘qib
berilgan uncha katta bo‘lmagan hikoyalarni qayta hikoya qilishga
o‘rgatiladi.
4–5 yoshli bolalar nutqning tovush tomoni ayrim xususiyatlari bi-
lan ajralib turadi: birinchi xususiyati shundan iboratki, ular boshqa
kishilar nutqidagi tovushlarni tez idrok etadilar, ikkinchi xususiyati
esa tovush talaffuzidagi kamchiliklarni sezish
qobiliyati yetarli rivoj-
lanmagan bo‘ladi va uchinchi xususiyati hali bolalarda artikulatsiya
apparati yetarli darajada rivojlanmagan bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar-
da nutq, tovush madaniyatini tarbiyalash asosan fonematik eshitishni
va ona tilidagi hamma tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishni shakllanti-
rishga qaratilgandir.
Nutqning mazmundorligi, intonatsion ifodaliligi, ovoz kuchi,
tempi, so‘zlarda urg‘ularni to‘g‘ri ishlatish, gapirganda to‘g‘ri nafas
olish, va chiqarishni ham tarbiyalash zarur. Ayniqsa, hushtakli (s-z),
shovqinli (sh, j, ch) va sonor tovushlarni (l, r) to‘g‘ri
talaffuz etili-
shiga alohida ahamiyat berish kerak.
O‘rta guruhda bolalarning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishi ri-
vojlantirib boriladi. Ularga kitob o‘qib beriladi, hikoy qilinadi, kitob-
dagi rasmlarni ko‘rib chiqish, uni to‘g‘ri idrok qilish o‘rgatiladi. Tar-
biyachi bolalarga asar mazmunini tushunib olishiga, qahramonlarning
xatti-harakatlarini baholay olishga yordam beradi, badiiy so‘z
joziba-
sini his eta olish qobiliyatini tarbiyalaydi. Bolalarni qisqa she’rlarni
badiiy aytishga va xotirada saqlab qolishga (yod olishga) o‘rgatadi.
Dostları ilə paylaş: