O’. A. Farmanov


 Mashg’ulotning asosiy vositalari va metodlari



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

 
3.2. Mashg’ulotning asosiy vositalari va metodlari 
 
O’rgatish metodi yangi o’quv materialini o’rganishda qo’llaniladi. 
Bunga harakat malakalarini va nazariy bilimlarni egallash kerak. Mashq 
metodi asosan foydalaniladi. 
Texnika, taktika va hokazolarga bo’lgan, mashg’ulotga bo’lgan 
chiniqishni egallash va uni oshirish jismoniy mashqlar vositasini tizimli 
ravishda bajarish orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun jismoniy 
mashqlar mashg’ulotning asosiy vositasidir. Ular uchta asosiy gruppaga 
bo’linadi: 
1.
Basketbol o’yini bilan bevosita bog’liq mashqlar; ikki yoqlama 
o’yinning hamma variantlari, 1ta shchitga o’ynaladigan 5x5 dan to 1x1 
gacha bo’lgan o’yinlar. Adabiyotda bu mashqlar asosiy mashqlar nomi 
bilan yuritiladi, ba’zi bir avtorlar, bularni musobaqa mashqlari deb 
ataydilar (L.P.Matveev). 
2.
Ikkita guruhdan iborat umumrivojlanish mashqlari: 
a) yengil-atletikaning turlari, og’ir atletika, futbol, qo’l to’pi va 
boshqalari. 
b) umumrivojlantiruvchi tayyorlov mashqlari har xil predmetlar va 
ularsiz. Mashq egilishlar, burilishlar, siltanishlar va boshqalardan iborat. 
Basketbolga taalluqli jsmoniy va irodaviy sifatlarni rivojlantirish 
hamda 
basketbol 
texnika, 
taktikasini 
o’rganish 
maqsadida 
qo’llaniladigan maxsus mashqlar. Sport mashg’ulotida maxsus 
mashqlarni qo’llash ayrim muskul guruhlarini kuchini rivojlantirganligi 
uchun ko’p qo’llanilyapti. 
Jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan maxsus mashqlar 
yordami bilan birga, basketbolni hujum va himoyasini ba’zi bir texnika 
elementlarini o’rganish mumkin va aksincha. Texnikani egallash uchun 


32 
bajariladigan mashqlarni ko’p marta qaytarilishi ham o’z o’rnida 
jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Odatda maxsus 
mashqlar, basketbolni bir qismini yoki bir necha harakatlar bog’lamini 
tashkil qilgan bo’ladi. Shunga binoan bu mashqlar o’z turiga yaqin yoki 
shu turdan bo’lishi lozim. Ruxiy tayyorgarlik, irodaviy sifatlarni 
tarbiyalash va jismoniy sifatlar darajasini oshirish maqsadida, maxsus 
ataylab tashkil qilingan og’ir, qiyin tashqi muhit yaratiladi. Bir jismoniy 
mashqning o’zi qay shaklda va qanday sharoitda bajarilayotganligiga 
qarab, uning ta’siri sportchida har xil bo’ladi. Sportchining 
tayyorgarligida muhim ahamiyatga ega shartlardan biri, bu gigienik reja 
va tabiatning tabiiy omillaridir. 
Bu omillar markaziy tizimsi holatini yaxshilash uchun hamda 
sog’liqni mustahkamlash va chiniqish uchun juda yaxshi vositadir. 
Bularning hammasi sportchini hayot faoliyatini oshiradi va unga ko’p 
va samarali mashg’ulot qilish kerak. Yuqori sport natijalariga erishish, 
mashg’ulotlardan keyin o’z kuchini tez tiklashga imkon beradi. 
Mashg’ulot tizimda qo’llaniladigan vositalarning turli tuman 
bo’lishligi ya’ni basketbol taktika va texnikasini o’rgatish va 
takomillashtirish, irodaviy sifatlarini tarbiyalash, jismoniy mashqlarni 
bajarish metodlari juda muhimdir. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə