O’. A. Farmanov


Harakat sifatlarini tarbiyalash metodlari



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

3.3.1. Harakat sifatlarini tarbiyalash metodlari 
 
Zarur sifatlarni tarbiyalash maqsadida, shu sport turlariga xos vosita 
va metodlardan foydalaniladi. Amaliyotda, o’quv mashg’ulot jarayonida 
quyidagi ma’lum metodlar qo’llaniladi. 
Qaytarish metodi
- bu o’yinlarda uchraydigan uzuq-uzuq ishning 
bir ko’rinishidir. Uni bajariladigan ishga nisbatan katta quvvatliligini 
ajratib turadi. Bu metoddan tezlikni, kuchni, tezlikka bo’lgan 
chiniqishni tarbiyalashda foydalaniladi. 
Interval metodi
- bu ham uzuq-uzuq ishning bir ko’rinishi sifatida 
namoyon bo’ladi. U boshqalardan aniq chegaralangan ish va dam 
olishdan farq qiladi. Dam olish nisbatan uzoq davom etmay, organizmni 
tiklanishiga ulgurmaydi. Bu metod tezlik kuchi va chidamlilikni 
tarbiyalashda qo’l keladi. Bu anaerobik va aerob energiya ta’minlash 
mexanizmlarini takomillashtirib, kislorod qarzi katta bo’lgan paytlarda 
harakat qilishga o’rgatadi. 
Maksimal va intensiv metod
. U maksimal kuchni tarbiyalashga va 
katta kuch va quvvat bilan ishlashga qaratilgan. U yaxshi 
tayyorlanganlarga mo’ljallangan. Uning yordami bilan (tezkor-kuch) 
sifatlarini va anaerobik jarayonlarini takomillashtiriladi. 
Sopryajenniy 
(juft) 
metod

texnika, 
taktika 
harakatlarini 
takomillashtirish bilan birga harakat sifatlarini tarbiyalashga imkon 
beradi. Shu tarzda kuchni, chaqqonlikni, chidamlilikni shu metod 
yordamida tarbiyalash, o’yinchining malakaliligi esa musobaqa 
sharoitida foydalanish imkonini beradi. 
Aylanma metod
- bir vaqtning o’zida bir necha sifatlarni 
tarbiyalash, ba’zi hollarda esa maxsus malakalarni takomillashtirish 
uchun foydalaniladi. 
Aylanma mashg’ulotdan foydalanish, bu o’quv vaqtini tejash, 
hamda o’quv jarayonini intensiv o’tkazish, harakat malakalarini 
birgalikda har tomonlama rivojlantirishga sharoit yaratadi. Sport 
mashg’ulotining asosiy maqsadi - rejalashtirilgan sport natijalariga 
erishishdir. Har bir tayyorgarlik turida foydaliroq mashqlardan 
foydalaniladi. Yuqori natijalarga yaxshi tanlangan mashqlar va ularni 
o’tkazish metodlari yordamida erishish mumkin. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə