O’. A. Farmanov



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

 
 
 


36 
3.5. Texnik tayyorgarlik 
 
Xohlagan sport turida muvaffaqqiyatga erishish maxsus ishlab 
chiqilgan texnika usullarini egallash bilan aniqlanadi. Katta 
muvaffaqiyatga erishish uchun texnikani mukammal egallab olish 
darkor. 
Basketbol bilan ilk shug’ullanayotganlardan tortib sport ustasi 
bo’lgungacha texnika o’rgatish jarayonida bevosita bo’ladi. 
Odatda bu jarayon ikki - o’rgatish va takomillashtirish boqichiga 
bo’linadi. 
Bunday bo’linish o’rgatish jarayonini rejalashtirishni yaxshilab, 
sportchilar oldiga aniq vazifa qilib qo’yadi. 
O’rgatish bosqichida, asosan texnikani to’g’ri egallash (harakatni 
to’g’ri tuzilishi, ortiqcha harakatlarning yo’qligi, etarlicha kuch ishlata 
bilish, koordinatsiyaga oid jarayonni avtomatlashtirish) vazifalari hal 
etiladi. 
Takomillashtirish bosqichida texnikani ba’zi bir qismlarini 
yaxshilash, ba’zi harakatlarni qayta-qayta mohirlik bilan bajarish, 
jismoniy va irodaviy sifatlarni yanada rivojlantirish vazifalari echilib
shu asosda texnik takomillashtirish amalga oshiriladi. Texnikani 
egallashning birinchi bosqichini yaxshi jismoniy tayyorgarlik ko’rganlar 
o’rta hisobda uch yilda egallaydilar. Bu muddat ichiga qator maxsus 
mashqlarni va yordamchi sport turlarini egallash ham kiradi. 
Ikkinchi bosqichni davom etish muddati belgilanmaydi, negaki 
sportchi qolgan butun yillar mashg’ulotlar mobaynida o’z texnikasini 
takomillashtira boraveradi. Texnikani o’rgatish va takomillashtirish 
o’quv-mashg’ulotlarida asosan amalga oshiriladi. Texnik tayyorgarlik 
jarayonida, 
texnikani 
o’rgatish 
va 
takomillashtirish 
uchun 
mashg’ulotning bir qismi yoki hammasi ajratilgan bo’lishi mumkin. 
Ko’p hollarda buning uchun mashg’ulotlarning bir qismi ajratiladi. 
O’rganishning boshlang’ich qismida u uchun ko’p vaqt talab qilinadi. 
Ilk shug’ullanayotganlar bilan birinchi mashg’ulotlar paytida asosan 
o’rgatishga bag’ishlangan bo’ladi. O’rganilayotgan texnik malakaga 
aylanmaguncha mashg’ulotni ko’p qismini o’rgatish egallaydi. 
Texnikani o’rganishni shug’ullanuvchilar bo’sh vaqtda o’zlari ham 
o’zlaricha bajarishlari mumkin. Buning uchun murabbiy uyga vazifa 
beradi. Sport texnikasini asta-sekin egallash uchun shug’ullanuvchilar 
avval u haqida tushunchani egallaydilar, so’ngra uni malakaga 
aylantiradilar, bu o’rgatishning asosiy yunalishidir. 


37 
Texnikani yanada yaxshi egallab olishga kuch, tezkorlik, 
chidamlilik etarli darajada rivojlanmaganligi hamda bu qismlarning kam 
harakatchanliligi halaqit beradi. 
Ma’lum malakani egallash va mustahkamlash o’rniga uni 
etishmayotgan sifatlarini rivojlantirish bilan almashtirish mumkin. Shu 
bilan birga bu vazifalarni mashg’ulot boshida texnikaga rivojlantirish 
bilan parallel echish mumkin. Buni har xil darslarda amalga oshirish 
mumkin. Mashqlarni shunday tiklash lozimki, shug’ullanayotgan 
sportchi shu harakatlar yordamida ham jismoniy, ham ruhiy rivojlantira 
olsin. 
Texnikani o’yin sharoitiga juda yaqin keltirilgan sharoitaarda 
taatika biaan aog’lagan holda o’rganilsa, u yaxshi samara beradi. 
Basketbolchini texnik tayyorgarligi jaryonida quyidagi metodlar 
qo’llaniladi: materialni so’z metodi bilan bayon qilish, o’rganilayotgan 
harakatni - usulni namunali bajarish metodi yo’li, harakatni qismlarga 
bo’lib o’rganish metodi, mashq metodi va h.k. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə