O’. A. Farmanov


Psixologik (ruhiy) tayorgarlik



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

 
3.7. Psixologik (ruhiy) tayorgarlik 
 
Butun mashg’ulot jarayonida murabbiy o’quvchilarni basketbol 
o’ynashga 
o’rgatibgina 
qolmasdan, 
balki 
tarbiyalaydi 
ham. 
O’quvchilarga talabchanlik - to’g’ri tarbiyalashning ajralmas shartidir. 
Endigina shug’ullanishni boshlagan o’quvchi ko’pincha mashqni bajara 
olmaydi. U qovushimsiz bo’lib ko’rinmaslik uchun mashqni 
bajarmaslikka harakat qiladi. Buni sezgan murabbiy mashqni bajarishni 
talab qilishi lozim. O’yin sharoitida ham o’yinchi bu mashqni bajarishga 
ko’nikadi. Eng asosiy talab, mashg’ulotlarga intizom va vijdonan 
munosabatda bo’lishdir. Birinchi mashg’ulotlarni o’zidayoq BO’SM da 
qabul qilingan tartib haqida tushuncha beriladi. Ozoda kiyinish va 
mashg’ulotlarga kech qolmaslik. O’quvchini xatosini bir martagina 
kechirilsa, unda xato qilish mumkin ekan degan fikr tug’iladi. 
Bularni tarbiyalashda eng asosiysi - bu murabbiy o’zini qanday tuta 
bilishidadir. 
Murabbiyning o’zini gapiga, qilgan ishiga, o’ziga bo’lgan talab 
shug’ullanuvchilarga bo’lgan talabdan past bo’lmasligi kerak. Murabbiy 
mashg’ulotga kech qolmaslikni talab qilishi, o’zi ham o’z vaqtida 
kelishi kerak. Agar o’zi biror marta kech qolsa, bolalardan 
mashg’ulotga o’z vaqtida kelishni talab qila olmaydi. 
-Sport jamoasida shaxsiyatparastlik, man-manlikni biron-bir shakli 
yoki katta o’rtoqlariga va tengqurlariga nisbatan behurmatlikni 
ko’rinishlari sira ham namoyon bo’lmasligi kerak. 
-Murabbiyning birinchi va asosiy yordamchisi - bu yaxshi, sog’lom, 
jinslashgan basketbolchilar jamoasidir. 
-Jamoada murabbiy qo’ygan qiyin vazifalarni engil-oson bajara 
oladigan iqtidorli o’yinchilar ko’p bo’ladi. 


39 
Muvaffaqiyatga ba’zida osonlikcha etishmayotgan qobiliyatli 
bolalar jamoa bo’lib va shaxsiy mashg’ulotga ancha sezilarli ta’sir 
qilishi mumkin. O’z kuchi va imkoniyatiga yuqori baho berish, 
ustunligini namoyish qilish sezila boshlaydi. Murabbiyga bu 
muvaffaqiyatni yo’lga solish ba’zi hollarda ularni sun’iy ravishda biroz 
to’xtatish ham lozim bo’lib qoladi. G’alaba qilish lozim, bu o’quv 
mashg’ulotlarni yaxshi o’tishiga rag’batlantiradi ammo ba’zi paytlarda 
mag’lubiyat ham muhim o’rin egallaydi. Kuchli ammo juda o’ziga bino 
qo’ygan o’yinchiga ma’lum o’ziga xos sharoitlarni mashg’ulot va 
musobaqa o’yinlarida yaratish mumkin. Misol uchun: raqib jamoaning 
eng kuchli o’yinchisini ushlashni belgilash (aytish), o’yin vaziyati juda 
og’ir sharoitida u o’z mahoratini ko’rsata olmaydigan paytlarda 
maydonga tushirish. 
Biroq shunday bolalar borki, ular o’z kuchlariga ishonmaydilar, 
ular qo’llab-qo’ltig’lashga intizorlar. Bundaylarni o’yin sharoiti yaxshi 
paytlarda maydonga tushirish, mashg’ulot jarayonida ularga ko’proq 
e’tibor berish lozim. Ko’pincha, mag’lubiyatdan so’ng o’zaro janjal va 
kelishmovchiliklar bo’ladi. Bu o’yinchilarni shundoq ham yomon 
kayfiyatini undan ham yomonlashtiradi. Bunday holda, murabbiy 
o’yinchilarni bu o’yindan boshqa narsaga chalg’itgani ma’qul. 
Murabbiy ularni biron-bir narsa bilan band qilib, bolalar xursand 
bo’lishiga harakat qilishi lozim. Jismonan charchagan va ruhiy ezilgan 
bolalar kula boshlasalar, bu balkim keyingi o’yinda muvaffaqiyat 
qozonishining 
asosidir. 
Ma’naviy-irodaviy 
sifatlarni 
har 
bir 
mashg’ulotda 
texnikani, 
taktikani 
o’rganishda 
va 
jismonan 
tayyorgarlikda ham tarbiyalash, bularni bajarish o’quvchilardan ma’lum 
iroda talab qiladi. Bularni har bir mashqlarida basketbolchi unday yoki 
bunday qiyinchiliklarga duch keladi. Qiyinchiliklarni enga olish 
natijasida odamning xarakteri maqsadga chiniqib erishish uchun iroda, 
tirishqoqlik, 
qat’iyatlilik 
tarbiyalanadi. 
Shug’ullanuvchilarda 
mashg’ulotlarga ongli munosabatda bo’lishliklarini shakllantirish jamoa 
oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarga ko’p jihatdan bog’liqdir. Bu 
vazifalarni echishga qaratilgan bunday maksadga yo’naltirilgan faoliyat 
mashg’ulotlarga ongli ravishda munosabatda bo’lishni, jamoani 
birlashtiradi, shug’ullanuvchilarni e’tibori va qiziqishini oshiradi, 
natijada tarbiyalash va o’rgatish jarayoniga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 
Mashg’ulot va o’rgatish jarayonida o’rganilayotgan harakatni u 
yoki bu tomonlariga o’z e’tiborini qaratishi, to’g’ri taqsimlashi juda 


40 
muhim ahamiyatga ega. Bunday qilish shug’ullanuvchilardan iroda 
sifatini tarbiyalashni talab qiladi. 
U yoki bu engishda iroda kuchi juda ham zarur. Shuning uchun 
harakatlarni, texnik usullarni va ba’zi o’zaro harakatlarini o’rganishda 
ularni shunday tashkil qilish kerak-ki, shug’ullanuvchilar doim, ammo 
enga oladigan ma’lum qiyinchiliklarga duch kelishlari lozim. Bu 
qiyinchiliklarni engishda faqat jismoniy kuch ishlatib emas, balki har xil 
ruhiy irodaviy sifatlar: faollik, tashabbuskorlik, dadillik, qati’yatlilik 
bo’lishi zarur. Iroda kuchini namoyish qilish qobiliyatini rivojlantirish, 
o’quv-sport faoliyatini zarur yo’ldoshi bo’lib, o’yinchining irodasini 
tarbiyalaydigan omil hisoblanadi. Shug’ullanuvchilarni irodasi ayniqsa, 
musobaqa 
jarayonida 
yaqqol 
ko’zga 
tashlanadi. 
Musobaqa 
shug’ullanuvchilarda mashg’ulotlarga qiziqishni oshiradi. Shu bilan 
birga 
musobaqalarga 
tayyorlanish 
va 
musobaqalarni 
o’zi 
shug’ullanuvchilarni kuchini, tayyorgarligini va irodasini tekshiradi 
hamda safarbar qiladi.Juda og’ir holatlarda ham iroda kuchi sababli bu 
sharoitdan chiqib olish mumkinligiga ko’p misollar bor. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə