O’. A. Farmanov


 Sport texnikasiga o’rgatish



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

 
3.9. Sport texnikasiga o’rgatish 
 
O’yin usullarini o’rganishda shug’ullanuchilarda ma’lum harakat 
malakalari shakllanadi. Bu malakalar shakllanadigan jarayonni, ya’ni 
texnik usullarini o’rganishni to’rtta o’zaro bog’liq bosqichga shartli 
ravishda, bo’lish mumkin: 
1. O’rganilayotgan usul haqida tushuncha hosil qilish. 
2. Usulni soddalashtirgan, maxsus yaratilgan sharoitlarda o’rganish. 
3. Murakkablashtirilgan sharoitda usulni o’rganish. 
4. Usulni o’yinda mustahkamlash. 
Qaysi bosqichligiga qaramasdan o’rganilayotgan harakat o’rgatish 
jarayonining butun davomida tahlil qilinadi va xatosi to’g’rilanib 
boriladi. 
O’yin jarayonining murakkabligi va uning o’ziga xosliligi har xil 
omillarni hisobga olishni talab qiladi, shu munosabat bilan o’rgatishning 
har bir bosqichida o’ziga xos ayrim pedagogik vazifalar paydo bo’ladi. 
O’rgatishni bu bosqichida shug’ullanuvchilar o’rganiladigan usul 
bilan tanishadilar, ularda harakat to’g’risida aniq tushuncha hosil 
bo’ladi. Shug’ullanuvchilar usulni aqliy yoki ko’z oldilariga keltiribgina 
qolmay, harakatni qanday bajarishlik jarayoni to’g’risida tasavvur hosil 
qilish uchun uni bajarishlari lozim. Harakatni ko’rsatib va 
tushuntirilayotganda shug’ullanuvchilar butun e’tiborlarini uni asosiy 
tomoniga qaratishlari kerak. Usul bir necha marta ko’rsatiladi: avval 
o’yinda qanday qo’llanilsa shunday ko’rsatiladi, so’ngra sekin uni 
asosiy qismlariga e’tiborini jalb qilib ko’rsatiladi. Ko’rsatish, 
shug’ullanuvchilar anglab olishlari va 
ongli ravishda ularni 
o’zlashtirishlari maqsadida yaxshi qisqa tasviriy tushuntirish yordamida 
bajariladi. 
Usul 
to’g’risida 
tushuncha 
hosil 
qilish, 
butun 
shug’ullanuvchilar mashqni bajarishlari bilan tamomlanadi. 
 
3.9.1. Soddalashtirilgan sharoitda usulni o’rgatish 
 
Texnika usullarini bevosita o’yinda o’rganish mumkin emas. 
O’rganishning 
boshlang’ich 
bosqichida 
usulni 
o’rgatish 
soddalashtirilgan sharoitlarda bajarilishi lozim: joyda hech qanday 
qarshiliksiz to’pni ilish oson bo’lgan joyga uzatayotgan o’qituvchi bilan 


43 
va h.k. Bunday sharoitda shug’ullanuvchi shoshmasdan bajarishi lozim 
bo’lgan harakatni aniq, bexato bo’lishiga o’z e’tiborini qaratadi. 
Soddalashtirilgan sharoitda mashq bajarilayotganda shug’ullanuvchilar 
xatolarga yo’l qo’yadilar: harakat strukturasini buzishlari, yoki keraksiz 
ortiqcha harakatlarni bo’lishligi, yoki harakatlarni ba’zi bir qismlari 
noto’g’ri bajariladi. Noto’g’ri harakatlar iloji boricha tez va sinchkovlik 
bilan tuzatilishi lozim. Agar xatolarga e’tibor berilmasa, u holda ko’p 
takrorlanish natijasida ular mustahkamlashib qolishi mumkin va 
keyinchalik o’rgatish jarayonini sekinlashtirishi mumkin. 
Xatoni o’z vaqtida ko’rish va uni kelib chiqish sababini aniqlab 
(dastlabki holatni noto’g’riligi, usulni noto’g’ri tushunish va h.k.) olish 
darkor. Xatoni qanday harakat eridaligiga qarab murabbiy uni 
to’g’rilash uchun har xil yo’l tutadi. 
Agar xatoni u yoki bu shug’ullanuvchi qilsa, unday holda uni 
oldiga 
borib 
xatoni 
to’g’rilash 
lozim. 
Mabodo 
ko’pchilik 
shug’ullanuvchilar u yoki bu xatoni qilsalar, unday paytlarda butun 
guruhni e’tiborini jalb qilib to’g’rilash lozim. 
Harakat (usulni) to’g’ri bajarilishida, uni qachon boshlash va 
tugatish maqsadida, har xil belgilar (stoykalar, biron bir belgi, to’p, 
to’ldirma to’p va shu kabilar)dan foydalanish yaxshi natija beradi. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə