O’. A. Farmanov



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

 
3.6. Taktik tayyorgarlik 
 
Basketbol o’yini taktikasi, to’pni egallab turgan jamoa nima qilishi 
hamda to’p raqibda bo’lganda jamoa nima qilmog’i lozimligini 
belgilaydi. To’pni egallagan jamoa, o’yinchining shaxsiy harakatlari, 
guruhli yoki jamoa harakatlari yordamida hujum tashkil qiladi. 
Basketbol taktikasi ikkiga, hujum taktikasi va himoya taktikasiga 
bo’linadi. 
Bolalar basketbolida murabbiylar ayniqsa, o’yinchilarning hammasi 
jamoa bo’lib o’ynashlariga e’tibor berishliklari lozim. 
Yosh basketbolchilarga taktikani o’rgatish murabbiyning o’quv-
mashg’ulot ishida eng qiyin va ko’p mehnat talab qiladigan narsalardan 
biridir. 
Har bir murabbiy agar bola texnik tayyorgarlik jihatdan bo’sh 
tayyorlangan 
bo’lsalar, 
ularni 
taktikaning 
asoslariga 
o’rgatib 
bo’lmasligini biladi. Shuning uchun o’yin taktikasiga darrovdan 
o’rgatmasdan, balki mashg’ulotlarda yarim yilcha shug’ullangandan 
so’ng o’rgatilgani ma’qul. Shaxsiy taktik harakatlar elementlarini esa 
o’quvchilarga birinchi mashg’ulotlardanoq o’rgatsa bo’ladi. 
Shug’ullanuvchilarni taktik usullarga o’rgatishda ularni oldiga 
oddiy taktik vazifalar qo’yilsa, o’quvchilar ularni echib birinchi taktik 
malakalarni egallaydilar. Misol uchun: to’pni uzatish va ilishni 


38 
o’rganayotganda 
shug’ullanayotganlarga 
sheriklarni 
qaerda 
joylashganiga qarab u yoki bu usul bilan uzatishni ularning o’zlari 
tanlaydilar. Agar taktik vazifalar murakkabligi jihatidan asta-sekin 
qiyinlashib boradigan bo’lsa, shug’ullanuvchilar elementar taktik 
g’oyalarni qiynalmasdan o’zlashtirib, keyinchalik esa ancha murakkab 
taktik vazifalarni oson echa oladilar. Yosh shug’ullanuvchilar o’yin 
taktikasini yaxshi mustahkam faollashlari uchun ularni tizimli ravishda 
taktik tayyorgarlik haqida bilim bilan boyitib, suhbat o’tkazib borish 
lozim. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə