O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94

12
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
qog`oz  ishlab chiqarish  yo`nalishi  bo`yicha kasb egalari haqida umumiy
tushunchalarni, qog`oz turlaridan foydalanib, geometrik shakllar asosida
qirqish, yelimlash, buklash usullarida turli o`yinchoqlar, hayvon va
parrandalar, manzara, kompozitsiya hamda tabriknomalar tayyorlash
malakasini egallash.
Gazlama va tolali materiallar bilan ishlashda chok turlaridan
namunalar, yumshoq o`yinchoqlar tikish  hamda turli kiyimlarni
ta`mirlash ishlarini bajarish. To`qish va uning turlari, asbob-
moslamalardan xavfsizlik texnika qoidalariga rioya qilingan holda
foydalanish. Xalq hunarmandchiligi yo`nalishi bo`yicha kashtachilikning
eng sodda elementlarini tikish.
O`quvchilarni ijodiy qobiliyatlarini texnik modellashtirish orqali
rivojlantirish. Sodda turli texnikaviy moslamalarni yasash.
O`quvchilarni loy yoki plastilin bilan ishlash ko`nikmalarini o`stirish.
Plastilin va loydan turli o`yinchoqlar, haykalchalar yasash
ko`nikmalarini egallash.
Tabiiy materiallar bilan ishlash jarayonida o`quvchilarning tasavvuri,
ijodiy qobiliyatini o`stirish, chiqindi va badiiy materiallardan turli qirqish,
yelimlash, qo`zg`aluvchan va qo`zg`almas biriktirish usullari orqali
hayvonlar, parranda, qushlar, uy-ro`zg`or buyumlari, qiziqarli
o`yinchoqlar yasash ko`nikmasini egallash.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarida milliy badiiy qurish-yasash
san`atining sodda elementlari asosida applikatsiya, mozaika usullaridan
foydalanib, manzara,  buyumlardan kompozitsiya qurish-yasash
malakasini egallash.
1-sinf
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari
kerak:  mehnat ta`limi fani haqida umumiy ma`lumotni bilish. Qog`ozlar
va kartonlar haqida umumiy ma`lumotlarni, qog`ozni buklash usullarini,
"Qish" manzarasini applikatsiya usulida ishlashni, archaga osiladigan
turli o`yinchoqlar, quti, shapka, xo`tikcha, stakan, buzoqcha yasashni,
turli bayramlar uchun niqoblarni yasashni, maydalangan rangli
qog`ozlardan mozaika usulida  mevalar shaklini yasashni, rangli
qog`ozlardan qirqilgan geometrik shakllar bilan ishlashni, rangli
qog`ozdan qirqilgan geometrik shakllarni bir-biriga óelimlashni,
bayramlarga tabriknomalar tayyorlashni, meva va sabzavot urug`laridan


13
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
applikatsiya usulida  yo`lsimon naqsh tuzishni, tikuvchilik haqida
ma`lumotni, tikuvchilikda ishlatiladigan asboblarni saqlash, to`g`ri chok
tikishni;  loy va plastilin bilan ishlashni, plastilindan turli hayvonlar
shaklini  yasashni  bilish;  pazandachilik  haqida umumiy ma`lumotni;
pazandachilik asbob-uskunalari haqida ma`lumotlarni; qishloq xo`jaligi
mehnati turlari, o`simliklar va gullarni parvarishlashni bilish; tabiiy
materiallar haqida umumiy ma`lumotni, maktab yer uchastkasidagi
gullarni parvarishlashni, tabiiy, chiqindi materiallardan o`yinchoqlarni
hamda turli  maketlarni qurish-yasashni bilish.
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega
bo`lishlari kerak: qog`ozni buklash usulidan foydalanib, quticha; chiqindi
materiallar uchun quti, xo`tikcha, soyabonli shapka, stakan, buzoqcha,
kitob uchun xat cho`p, archaga osiladigan turli o`yinchoqlar,
maydalangan rangli  qog`ozlardan mozaika usulida mevalar shaklini,
turli bayramlar uchun niqoblar, plastilindan mevalar, tort maketini,
chiqindi va tabiiy materiallardan turli o`yinchoqlar  yasay olish. Sabzavot
va mevalarning urug`idan applikatsiya usulida yo`lsimon naqsh tuza olish.
Tikuvchilikda ishlatiladigan asboblardan foydalanib, to`g`ri chok  tika
olish. Maktab yer uchastkasidagi gullarni parvarishlay olish.
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega
bo`lishlari kerak: ish qurollardan to`g`ri foydalanish. Qish faslini
applikatsiya usulida ishlash. Archaga osiladigan turli o`yinchoqlarni, rangli
qog`ozlardan mozaika usulida mevalar shaklini yasash. Sabzavot va
mevalarning urug`idan applikatsiya usulida  yo`lsimon naqsh tuzish.
"Navro`z" bayramiga tabriknoma tayyorlash. Plastilindan jo`ja yasash.
Qirqilgan geometrik shakllarni bir-biriga yelimlash.
2-sinf
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari
kerak:  qog`ozni buklash, qirqish orqali manzarali gullar shaklini,
kitobcha uchun muqova tayyorlashni, rangli qog`ozlardan archa
bezaklarini, o`yinchoq quyon, oq qush, baliq, qayiq, pingvin,
samolyot, pirpirak, ikkiga buklangan qog`ozlarni qirqish usullarini,
applikatsiya usulida  naqsh  tuzishni, "Bahorgi guldasta" mavzusida
kompozitsiya va tabriknomalar tayyorlashni, uchiriladigan qog`oz qush,
turli o`yinchoqlar, to`g`ri chokda igna uchun yostiqcha, gul tikishni
bilish, plastilindan turli shakllarga ega bo`lgan o`yinchoqlar, xalq


14
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
hunarmand ustalari ishlagan ish namunalariga qarab loy va plastilindan
o`yinchoqlarni,   uy   jihozlaridan   namunalar    yasashni bilish;
svetofor maketini qurish-yasashni bilish; tabiiy turli sabzavot va
mevalarning urug`lardan yo`lsimon va kvadrat ichida applikatsiya usulida
naqsh tuzishni, mozaika usulida qo`qongul shaklini, tuxum
po`choqlaridan hajmdor o`yinchoqlar, quritilgan barglardan hayvonlar,
o`yinchoqlar yasashni bilish; maktab yer uchastkasida bahorgi dala
ishlarini bajarishni bilish.
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega
bo`lishlari kerak: qog`ozni qirqish va buklash orqali manzarali gullardan
kompozitsiya,  archa bezaklarini, o`yinchoq pirpirakni, ikkiga buklangan
qog`ozlardan qirqib,   applikatsiya    usulida   naqsh   yasay   olish.
Qog`ozdan   applikatsiya usulida tabriknoma tayyorlay olish. Igna uchun
yostiqcha tika olish. Harakatlanadigan o`yinchoqlar yasay olish.
Plastilindan turli shakllarga ega bo`lgan o`yinchoqlar, uy jihozlaridan
namunalar yasay olish. Tabiiy urug`lardan applikatsiya usulida naqsh
tuza olish. Tuxum po`choqlaridan hajmdor o`yinchoqlar yasay olish.
Quritilgan barglardan hayvonlar shaklini yasay olish. Chiqindi
materiallardan o`yinchoqlar yasash ishlarini bajara olish. Maktab yer
uchastkasida bahorgi dala ishlarini bajarish ko`nikmalarini shakllantirish.
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega
bo`lishlari kerak: qog`ozni qirqish va buklash orqali manzarali gullardan
kompozitsiya,  archa bezaklarini, o`yinchoq pirpirakni, ikkiga buklangan
qog`ozlardan qirqib, applikatsiya usulida  naqsh  tuzish. Qog`ozdan
applikatsiya usulida tabriknoma tayyorlash. To`g`ri chokda igna uchun
yostiqcha tikish. Plastilindan uy jihozlarini yasash. Tabiiy urug`lardan
applikatsiya usulida naqsh tuzish. Quritilgan barglardan hayvonlar shaklini
yasash. Chiqindi materiallardan modellar yasash.
3-sinf
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari
kerak:  qog`ozdan turli parrandalar yasash usulini, pape-mashe usulida
idishlar tayyorlash va bezash usulini, mozaika usulida archa bezaklarini,
lola, qo`ziqorin, sichqon; qog`ozdan hajmdor gul tayyorlash usulini
hamda bayramlarga tabriknomalar tayyorlashni, bezak chok turlari,
kartondan guldon, chovgum ushlagich, yumshoq o`yinchoq tikishni
bilish. To`qish  haqida ma`lumotni, to`qishda ishlatiladigan asbob-


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə