Oliy matematika, statistika va ekonometrika


-Misol. O’rtacha miqdor, mediana va modani taqqoslash – asosiy zilziladan



Yüklə 6,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/237
tarix28.11.2023
ölçüsü6,24 Mb.
#135537
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   237
statistika (4)

5-Misol. O’rtacha miqdor, mediana va modani taqqoslash – asosiy zilziladan 
so’ng sodir bo’luvchi zilzilalar 
Muammo. 
Seysmologlar “aftershock” terminini asosiy zilziladan keyin 
bo’luvchi zilzilalarni tasvirlash uchun ishlatadilar. Quyidagi 1994-yildagi Norsridj 
zilzilasida, Los Anjeles uch haftalik davr davomida rekord darajadagi 2929 ta kichik 
zilzilalarni boshdan kechirdi. Ushbu zilzilalarning magnitudasi (Rixter shkalasida 
o’lchanadi) va ular orasida vaqt (minutlarda) AQSh Geologiya tadqiqot xizmati 
tomonidan qayd etildi. Bugungi kunda seysmologlar ushbu ma’lumotlradan 
kelajakdagi zilzilalarning xususiyatlarini modellashtirish uchun foydalanishda davom 
etmoqdalar. Ushbu ikkita o’zgaruvchilarning har ikkalasi uchun ham o’rtacha miqdor, 
mediana va modani aniqlang hamda tushuntiring. Markaziy tendentsiyaning qaysi 
o’lchovi magnituda taqsimoti qatorini tasvirlash uchun yaxshiroq? Oraliqdagi vaqt 
bo’yicha taqsimot qatoriningchi? 
 


19 
Echish.
Ikkita o’zgaruvchi – magnituda va oraliqdagi vaqt uchun markaziy tendentsiya ko’rsatkichlari 
MINITABdan foydalangan holda ishlab chiqildi. O’rachalar, medianalar va modalar 4-rasmda ko’rsatilgan. 
 
4-rasm. 
Zilzila ma’lumotlari uchun MINITABtasviriy statistikalari 
 
Magnituda uchun o’rtacha miqdor, mediana va moda mos ravishda Rixter shkalasi bo’yicha 2.12, 2.00, va 1.8 ga 
teng. O’rtacha magnituda 2.12; magnitudalarning yarmi 2.0 dan pastda yotadi; va eng ko’p uchraydigan magnituda 1.8. 
Ushbu qiymatlar deyarli bir xil, o’rtachaning medianadan biroz kattaligini hisobga olmasa. Bu – ma’lumotlar qatorida 
bir oz o’ngga assimmetriya borlishidan dalolat beradi va u 5a-rasmda tasvirlangan magnituda uchun MINITAB 
gistogrammasida ko’rsatilgan. Taqsimot deyarli simmetrik bo’lganligi sababli, uchta ko’rsatkichdan istalgan biri 
zilziladan keyin sodir bo’luvchi zilzilalarning magnitudasini ifodalovchi taqsimotning markazini tasvirlash uchun etarli 
bo’ladi.
Zilziladan keyin sodir bo’luvchi kichik zilzilalarning vaqt oraliqlari uchun o’rtacha, mediana va moda mos 
ravishda 9.77, 6.0, va 2.0 minutga teng. Zilzilalar o’rtacha 9.77 minut farq bilan etib keladi; zilzilalarning yarmi 6 
minutdan past oraliq vaqtga ega va eng ko’p uchraydigan vaqt oralig’i 2.0 minut. E’tibor bersangiz, o’rtacha 
medianadan ancha kattaroq, bu vaqt oralig’i taqsimoti o’ng tomonlama assimmetriyaga ega. Ushbu o’ng tomonga 
assimmetriya 5b-rasmdagi gistogrammada grafikda ko’rsatilgan. Ushbu assimmetriyaga sabab ba’zi juda katta vaqt 
oraliqlaridir. Shuning uchun, zilzilalar uchun biz 6.0 minutli medianadan “oddiy” vaqt oralig’i ko’rsatkichi sifatida 
foydalanishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. 2.0 ga teng bo’lgan moda vaqt oralig’i taqsimot qatorining “markazi” 
uchun juda ham mos emasligini ko’rishingiz mumkin. 
 
5a-rasm. 
Asosiy zilziladan keyingi zilzilalar magnitudasi uchun MINITAB gistogrammasi 
 


20 

Yüklə 6,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə