|
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)issn: 2181-178435 Nurulloyeva Dilfuza Jasur qizi 226-229Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(6), June, 2023
227
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Navoiygacha bo’lgan o’zbek adabiyotida qit’a namunalari Hofiz Xorazmiy
“Muhabbatnoma” (1 ta), “Bang va chog’ir munozarasi” (2 ta) mavjud bo’lsa-da, bu
janrning yuqori mavqeyga ega bo’lishi Navoiy nomi bilan bog’langan. Navoiy
qit’alari poetikasi uchun xos bo’lagn yangiliklardan biri ularning har biri maxsus
sarlavhaga ega bo’lganidadir. Qit’anavislikdagi bunday an’ana faqat forsiy
shoirlardan Anvariy (1090-1170/75) va turkiynavis shoirlardan Alisher Navoiy
devonlaridagina uchraydi. Biz bu o‘rinda Alisher Navoiy hazratlarining qit’alarini
sharh-u bayon etishni maqsad qilib, shoirning insoniy-axloqiy munosabatlarining
ulug’ligini yana bir bor anglashga urindik. Ushbu maqola orqali Alisher Navoiy
qit’alarida umuminsoniy g’oyalar aks etganini ta’kidlamoqchimiz.
YUQORI O`LTURMOQ TALASHQUCHILARKIM
HINDUI DIDBON
ALARDIN YUQORIROQ DURUR
UCHAR QO`NG`UZ ILGARIROQ
Yuqori o‘ltururni kim tilasa,
Kishilikdin ani yiroq bilgil,
O‘lturur safda yuqorilikdin
O‘lturur safda yaxshiroq bilgil.
Alisher Navoiy o’zining asarlarida hukmdorlar, mansab egalari haqida juda ko’p
yozgan. Bu o’y-xayollar orzusida juda ko’p obrazlar yaratgan. Masalan, “Hayrat ul-
abror” dostonidagi Shoh Goziy hikoyatida shohning adolatpeshaligi oldida hatto ona
ham o’z da’vosidan kechishi, yoki “Majolis un-nafois” asrining yettinchi majlisi
Salotin bobida deb nomlanishining o’zida ham sultonlar va ularning davlat ishlaridagi
amallari aytib o’tilgan.
Navoiy o’zining orzusidagi hukmdor qanday bo’lish kerakligini o’zining asarlari
orqali yaratgan obrazlari yordamida ifoda etgan.
Yuqoridagi qit’ada ham hayotda faqat amal-mansab ilinjida yurib shuning
orqasidan boylik orttirib, o’zini, o’zligini unutadigan shaxslar hozirgi zamonamizda
ham topiladi. Chunki mansab va boylik o’tkinchi bu bilan mast bo’lib qolmaslik zarur.
Orttirgan qudrat va martabasining bahosi yo‘q va umri esa vafosizdir. Demak, nafsi
pok va aqli sof kimsa bu mastliklardan o‘zini behush qilmasligi va o‘zini bunday
ishlardan yiroqda tutishi adolat so’rab kelgan har bir xalqning dardiga darmon
bo’lishi kerakligini uqtirgan. Shu sababdan ham ”yuqori o‘ltirurni» tilagandan ko‘ra
oddiy odamlar qatorida turish afzalroqdir, deydi hazrat Navoiy.
Alisher Navoiyning mazkur qit’asida ham inson va uning tabiati, fe’l-atvori
haqida fikrlarni ko’rishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |
|
|